Fan nomi: Elektr ta‘minoti tizimining ishonchliligi Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi


Download 1.04 Mb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1303791
  1   2   3
Bog'liq
10-MAVZU. ELEKTR TA‘MINOTI TIZIMIDA ...17.03


Fan nomi: Elektr ta‘minoti tizimining ishonchliligi
Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi: PhD, dots. R.Ch.Karimov
Ma‘lumotlari: ToshDTU “Elektr ta‘minoti” kafedrasi dotsenti
Telefon raqami: +998998115138 E-mail: raxmatillo82@mail.ru


10-MAVZU.
ELEKTR TA‘MINOTI TIZIMIDA ENERGETIK USKUNALARNING ISHDAN CHIQISH OQIBATLARI TAHLILI


Reja:
10.1. Ulanish sxemalari murakkab bo‘lgan elementlar uchun ishonchlilikni hisobiy sxemalarini tuzish va hisoblash xususiyatlari.
10.2. Elektr ta‘minoti tizimi holati ehtimolligini tahlil qilish usuli.
10.3. Elektr ta‘minoti tizimida ehtimollikni to‘liq formulasini qo‘llash usuli.
10.4. Nazorat savollari.


10.1. Ulanish sxemalari murakkab bo‘lgan elementlar uchun ishonchlilikni hisobiy sxemalarini tuzish va hisoblash xususiyatlari
Zamonaviy elektr ta‘minot sxemalari murakkab hisoblanib, elementlarning soni ko‘pligidan tashqari, qismlar orasidagi funksional va mantiqiy aloqalar ham murakkabdir. Hisoblashdan oldin prinsipial sxemadan farq qiluvchi mantiqiy hisob-lash sxemasi tuziladi.
Masalan, elektr stansiyasidagi quvvat ishlab chiqarish ishonchliligini baholash-ga to‘g‘ri kelsa, parallel ulangan generatorlar ishonchlilikni hisoblash sxemasida ketma-ket ulangan deb hisoblanadi.
Ketma-ket ulangan (liniya, o‘chirgich, transformator va h.k.) elektr zanjiridan tashqari hisoblash sxemasida ko‘rilayotgan zanjirni ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi-gan chegaradosh o‘chirgichlar ham ko‘rsatiladi (masalan, tahlil qilinayotgan zanjir ulangan shinadagi seksiyalararo o‘chirgich).
Agar avtomatik o‘chirgichlar bilan jihozlanmagan tarmoqlangan magistral liniya tahlil qilinayotgan bo‘lsa, u holda ketma-ket zanjirga liniya tarmoqlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlari ham kiritiladi. Lekin ularning ishdan chiqish ehtimoli tarmoq ishdan chiqishlari oqimini uzib-yoqishlarning o‘rtacha vaqtiga ko‘paytirib aniqlanadi (tarmoqlar (ajratkichlar (raz’yedinitel) bilan jihozlangan deb hisoblanadi).
Bu hol tahlil qilinayotgan yuklamali tugun uchun to‘g‘ri keladi. Agar yuklama-li tugun magistraldan tarmoqlangan bo‘lsa, unda bu tarmoq o‘rtacha tiklash vaqti bilan hisoblanadi.
Yuklamali tugunga nisbatan ishonchlilikni hisobiy sxemasi berilgan elektr sxemani mantiqiy ishlashini aks ettirishi kerak.
Shuning uchun elektr ta‘minot sxemasi qanchalik xilma-xil bo‘lsa, hisoblash sxemasini tuzish ham turlicha bo‘ladi.
Elektr ta‘minot sxemalarida avtomatik ravishda alohida uchastkalarni o‘chirish qo‘lda uzib-yoqish bilan birga olib borilsa (1000 Voltgacha bo‘lgan halqasimon tar-moqlar), hisobiy elementlarning ishdan chiqish ehtimoli liniya uchastkalarini o‘rtacha tiklash vaqti va zaxiradagi manbaga ulashining o‘rtacha vaqti orqali aniqlanadi.
Odatda hisoblashdan maqsad, bu – yuklamali tugunga yoki ma‘lum iste‘mol-chilarga nisbatan ishonchlilikni asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashdir. Shuning uchun tizim ishonchlilik xarakteristikalari oson aniqlanadigan alohida elementlarga ajrati-ladi.
Keyingi bosqichda butun tizim va alohida elementlar uchun ishdan chiqish tushunchasi ifodalanadi.
Ishdan chiqish deb, iste‘molchilar quvvatining chegaralanishi yoki ayrim iste‘molchilar uchun shina bir necha daqiqa (agar zaxira manbasi avtomatik ravishda ulansa) kuchlanishsiz qolishiga aytiladi.
Qo‘yilgan aniq masalaga bog‘liq holda ishonchlilikni hisoblash usuli tanlanadi. Hisoblash o‘rtacha ko‘rsatkich yoki elementlarni dastlabki holatlari asosida olib boriladi.
Sxemaning mumkin bo‘lgan mantiqiy ishini ko‘rib chiqamiz.
Elektr sxemasi tugun va tarmoqlardan iborat. Qoida bo‘yicha yig‘ma shinalar, uch chulg‘amli transformator yoki shinalar seksiyasi tugunli tashkil etadi. Tarmoq bir necha elementlardan tashkil topishi mumkin: liniya, transformator, o‘chirgich va boshqalar.
Tarmoqqa tegishli elementning ishdan chiqishi tarmoqning va unga bog‘langan tugunning ish faoliyatiga har xil ta‘sir qilishi mumkin.
Ishdan chiqqan elementli tarmoq o‘sha elementni tiklashga ketadigan vaqt tv davomida elektr energiyani uzatib berish qobiliyatini yo‘qotadi. Bu tarmoqqa bog‘langan tugunlar ham ish qobiliyatini quyidagi davrlarda yo‘qotadi:
a) agar tugun va shu element orasida releli himoyaning ta‘sirida harakatga keluvchi kommutatsiya apparati bo‘lsa, elementni avtomatik ravishda o‘chirilish vaqtida (ta);
b) agar tugun va ishdan chiqqan element orasida ajratgich (raz‘yedinitel) yoki releli himoya bilan ta‘minlanmagan kommutatsion apparat bo‘lsa, qo‘lda uzib-yoqish vaqtida (tqol);
v) agar ishdan chiqqan element tugun bilan bevosita bog‘langan bo‘lsa, elementni tiklash vaqtida (tt).
Ko‘rinib turibdiki, birinchi holda tugun ish holatida qoladi, ikkinchi va uchin-chi holatlarda esa – ma‘lum bir vaqtgacha ishdan chiqqan bo‘ladi. Shuning uchun hisoblash sxemasida tugunga bog‘langan «b» va «v» shartlariga mos keladigan elementlar tugun bilan ketma-ket ulanib ko‘rsatilishi kerak. Tugun orqali o‘tayotgan barcha yo‘llarda bu sxema bu elementlar ishtirok etishi kerak.
Murakkab sxemalar ishonchliligi baholashda ikkita asosiy har xil usul qo‘llani-lishi mumkin:
1. Murakkab tizimning har xil holati ehtimoli va iste‘molchilarga elektr energiyasini to‘liq yetkazib berolmaslik ehtimoli yoki ba‘zi bir iste‘molchilarni butunlay ta‘minlanmasligi ehtimolini aniqlash.
Bu masalani echish murakkab sxemadagi alohida elementlarni ish holatini tahlil qilish bilan elementdagi yuklamaning ehtimollik xarakteristikasini topish, sxemadagi ko‘p yuklangan element yoki guruhlarni ajratish bilan bog‘liq.
Ulangan va o‘chirilgan elementlarning har xil kombinatsiyalarida sxema holati ehtimolini va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosiy holatlar ehtimolini tahlil qilish usuli bilan amalga oshiriladi.
Bunda alohida zanjirlardagi avariyaviy o‘chirishlar bilan oldindan mo‘ljallan-gan o‘chirishlar bir vaqtda bo‘lib qolishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ko‘pmanbali va ko‘ptugunli tizimlardagi quvvat va energiyani chegaralanishini avariyadan keyingi holatda elementlar o‘tkazish qobiliyatini cheklanishini hisoblashda bu usul asosiydir. Usulning kamchiligi – bu hisoblashning ko‘pligida.
Misol uchun, agar murakkab sxemada hisobiy elementlar soni n bo‘lsa, tahlil qilinishi kerak bo‘lgan holatlar soni:



(10.1)

2. Ehtimollikni to‘liq formulasi yordamida ishonchlilik ko‘rsatgichlari ketma-ketravishda har qaysi tugun uchun yoki sxemani ketma-ket-parallel yoki parallel-ketma-ket strukturaviy ko‘rinishga keltirib baholash.
Murakkab sxemada elementlar soni ko‘paygan sari iste‘molchilar quvvat va energiyasi qisman cheklanishni aniqlash qiyinlashadi.
Shu maqsadda masalani o‘lchovini qisqartirish uchun dastlabki murakkab sxema kichik nimsxemalarga tugunlar bo‘yicha (tugunli nimstansiyalar, yig‘ma shinalar, energiya transformatsiyalash punktlari va h.k.) bo‘linadi.
Nimsxemalarga bo‘lishni har bir sxemada elementlar soni 130-450 dan oshmasligini nazarda tutib bajarish kerak. Nimsxemalar hisobi aniq sharoitga mos ravishda yoki holat ehtimolini tahlili yoki sxemani strukturaviy ko‘rinishida olib keladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling