Fan nomi: Elektr ta„minoti tizimining ishonchliligi Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi


- elektr energetika tizimining generatsiya qiluvchi, tarmoq va boshqaruv  qismlaridagi mavjud zaxiraga;  -


Download 224.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana31.03.2023
Hajmi224.97 Kb.
#1314288
1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU. ENERGETIKA VA ...

- elektr energetika tizimining generatsiya qiluvchi, tarmoq va boshqaruv 
qismlaridagi mavjud zaxiraga; 
- elektr stansiyalarning energetik resurslar bilan ta„minlanishiga; 
- uskunalarni sifatli ta‟mirlash bilan birga ularni ishlatish darajasiga; 
- elektr va issiqlik iste„moli rejimiga; 



- elektr energetika tizimiga tashqi ta„sir va boshqalarga. 
1.3. Elektr ta‘minoti tizimining ishonchliligi 
Elektr ta„minotini ishonchliligi deganda, elektr texnik uskunaning elektr 
tarmoq va energetika tizimi qismlarining normal holatda elektr iste„molchilarini 
kerakli miqdorda sifatli elektr energiya bilan uzluksiz ta„minlay olishi tushuniladi. 
Elektr ta„minotini ishonchliligi quyidagilarga asosan aniqlanadi: 
- qabul qilingan elektr ta„minoti sxemasiga; 
- ishlatilayotgan uskunalar va texnik jihozlarning ishonchliligiga; 
- ishlatilish darajasiga.
Elektr ta„minotini ishonchliligi quyidagicha baholanadi: 
- iste„molchilarni elektr energiya bilan ta„minlashda buzilishning o„rtacha 
davomiyligi va tezligi bilan; 
- shikastlanish zahirasining nisbiy miqdori bilan. 
Ushbu baholash elektr energetika tizimini rejalashtirishda, loyihalashda va 
ishlatilish jarayonida amalga oshiriladi. Hatto yuqori sifatli uskunalar avaylab 
ishlatilganda ham to„satdan ro„y beradigan ob„ektiv sabablarga ko„ra ishlamay qolishi 
mumkin. Bunga sabab, ishlatish sharoitida uskunalar hisoblanmagan ta„sir ostida 
bo„ladi, uni hisobi esa o„zini oqlamaydigan katta zaxira talab qilardi. Elektr 
ta„minotini ishonchliligi tekshirish uchun quyidagi uchta masalani ko„rib chiqamiz: 
1. Ishlatilayotgan va qurilayotgan jihozlar yoki uskunalarni ishonchliligini 
baholash. 
2. Jihoz va uskunalarni kerakli ishonchlilik bilan ta„minlash. 
3. Elektr ta„minoti tizimining ishonchlilik darajasini optimallashtirish va texnik 
qaror qabul qilish. 
Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashdagi xarajatlar bilan 
elektr energiyani yetkazib berolmaganlikdan kelib chiqadigan texnik-iqtisodiy 
natijalarning o„zaro optimal bog„liqligi elektr ta„minoti tizimining ishonchliligini 
asosiy vazifalarini hal qilishda ko„rib chiqiladi. Buning uchun elektr tizimlari va 
elektr iste„mol tugunlarini ishonchlilik ko„rsatgichlarini oldindan aniq ko„ra olish 
kerak. 



1.4. Nazorat savollari 
1. Elektr ta„minoti tizimining xususiyatiga moslashtirishni tushuntiring. 
2. Ishonchlilik vazifasi va ekspluatatsiya shartlari bo„yicha qanday xossalarni 
o„z ichiga oladi? 
3. Ishonchlilikni ta„minlovchi vositalarni ta„riflang. 
4. Ob„ektlarning inkorlilik sabablari va xarakteri bo„yicha izohlang. 
5. Ishonchlilikni kompleks xossalarini sanab o„ting. 

Download 224.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling