Fan nomi: Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar


Download 91.81 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi91.81 Kb.
#1775403
Bog'liq
Grunt slayd

FAN NOMI:Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar

XUDOYQULOV RAVSHANJON

618-21 B VA IQ

MAVZU:ZO’RIQISHNING TEKISLIKDAGI MASALASI.

  • Umumiy qoidalar. Poydevorlar va inshootlar zamin gruntlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishganida tutashuv yuzasida zo‘riqishlar yuzaga keladi. Tutashgan yuzadagi zo‘riqishlarni bilish inshoot yuki ostida zaminda yuzaga keluvchi zo‘riqishlarni hisoblash uchun ham, konstruksiyalarning o‘zini hisoblash uchun ham zarur. Shuni ta’kidlash lozimki, inshootlarga tutashgan yuzadagi zo‘riqishlar ta’sirini hisoblash odatda qurilish mexanikasi kursida ko‘rib chiqiladi. Tutashgan yuzadagi zo‘riqishlarning taqsimlanish xususiyati poydevor yoki inshootning qattiqligi, shakli va o‘lchamlariga yoki zamin gruntlarining qattiqligi (qayishqoqligi)ga bog‘liq bo‘ladi. Inshoot va zaminning birgalikda deformatsiyalanish qobiliyatini aks ettiruvchi uch holat farqlanadi:
  • 1) mutlaqo bikir inshootlar. Bunda inshootning deformatsiyalanuvchanligi zaminning deformatsiyalanuvchanligidan ahamiyatsiz darajada kam bo‘lib, inshootning tutashgan yuzadagi zo‘riqishlarini aniqlashda deformatsiyalanmaydigan deb qaralishi mumkin; 2) mutlaqo egiluvchan inshootlar. Bunda inshootning deformatsiyalanuvchanligi shu darajada kattaki, u zamin deformatsiyalariga erkin ergashadi; 3) pirovard bikirli inshootlar. Bunda inshootning deformatsiyalanuvchanlik darajasi zaminning deformatsiyalanuvchanlik darajasiga teng bo‘ladi; bu holda ular birga deformatsiyalanadi va bu tutashgan yuzadagi zo‘riqishlar qayta taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. Mutlaqo bikir qurilmalarga ko‘prik ustunlari ostidagi massiv poydevorlar, mo‘rilar, og‘ir presslar, temirchi bolg‘alari va hokazolar, mutlaqo egiluvchan qurilmalarga esa – tuproq to‘kmalar, temir rezervuarlarning tublari va shu kabilar misol bo‘ladi.
  • . Aksariyat inshootlar (plitali poydevorlar, to‘sinlar, tasmasimon poydevorlar) qurilmalarining ish sharoitlariga ko‘ra pirovard bikirlilikka ega bo‘ladi. Inshootning bikirlilik darajasiga baho berish mezoni bo‘lib M.I.Gorbunov-Posadov taklif qilgan egiluvchanlik ko‘rsatkichi 3 3 10 hE Et t к  (3.1) xizmat qilishi mumkin bo‘lib, bu yerda E va Ek – zamin grunti va konstruksiya materialining deformatsiya modullari; l va h– konstruksiya uzunligi va qalinligi. Agar t1 bo‘lsa, inshoot yoki poydevor konstruksiyasi mutlaqo bikir hisoblanadi. Birinchi yaqinlashishda konstruksiyaning bikirlilik darajasiga uning qalinligi va uzunligi nisbatidan kelib chiqib baho berish mumkin. hl >13 bo‘lgan holda konstruksiya mutlaqo bikir deb qaralishi mumkin. Inshoot uzunligi l va kengligi b ning o‘zaro nisbati ham muhim ahamiyat kasb etadi. lb10 bo‘lsa, tutashgan yuzadagi zo‘riqishlarning taqsimlanishi tekislikda zo‘riqish holatiga, lb
  • Muhandislik amaliyotida zaminning mahalliy elastik deformatsiyalar va elastik yarim maydon modellari ayniqsa keng tarqalgan. Tekis zo‘riqish holati uchun tutashgan yuzadagi zo‘riqishlarni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilardan iborat. To‘sindan (3.2-rasm, a) uzunligi 1 m bo‘lgan tasma qirqib olinadi (3.2-rasm, b) va bu tasma zamin bilan x o‘q bo‘ylab tutashuvining turli nuqtalarida zo‘riqishlarning taqsimlanishi ko‘rib chiqiladi. Inshoot (tasma) va zaminning birgalikdagi deformatsiyasi uzluksiz yuz beradi, ya’ni tutashuvning har bir nuqtasida tasmaning egilishi va zaminning cho‘kishi teng bo‘lib, w(x) kattalik bilan belgilanadi, deb olinadi. Tekis kesimlar gipotezasi o‘rinli deb hisoblanib, tasmaning egilgan o‘qi tenglamasi quyidagicha yoziladi: ()( ), )( 4 4 xpxf dx xwd D  (3.2)
  • bu yerda: /( )1 2 кк к  vIED - tasmaning silindrsimon bikirligi; xf )( - tasmaga tushirilgan yukning intensivligi; xp )( - tutashgan yuzadagi zo‘riqishlar noma’lum epyurasining intensivligi. Ma’lumki, «k» indeksi konstruksiyaga tegishli; binobarin, Eк va к v - tegishli ravishda tasma materialining elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyenti; к I - uning ko‘ndalang kesimi inersiya momenti. (3.2) tenglamada ikki noma’lum kattalik: xw )( va xp )( mavjud. Binobarin, masalani yechish uchun qo‘shimcha shart kiritilishi lozim. Bu shart u yoki bu model: mahalliy elastik deformatsiyalar yoki elastik yarim maydon modeli qabul qilinishiga qarab belgilanadi.
    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.

Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling