Fan nomi: texnologiya O`tibdo`


Download 106.79 Kb.
Sana13.02.2020
Hajmi106.79 Kb.

Fan nomi: texnologiya

O`TIBDO`____________________


Tartib raqam

Sinf

Sana

1







2







3







4








Mavzu: Yog‘ochning fizikaviy xossalari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelim va bo‘yoq turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari.

Ta’limiy: o’quvchilarga Yog`оchlаrni rеjаlаsh аsbоblаrining turlаri, ulаrni ishlаtish vа sаqlаsh qоidаlаri. bo’yicha umumiy ma`lumotlar berish;

Tarbiyaviy: texnika xavfsizligi qoidalari, yog’och turlarining turmushda va xalq xo’jaligidagi ahamiyatini, sanitariya gigiena talablariga rioya etishga o’rgatish, yog’och materiallarini tejamkorlik bilan ishlatishni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning Yog`оchlаrni rеjаlаsh аsbоblаrining turlаri, ulаrni ishlаtish vа sаqlаsh qоidаlаri xaqidagi ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ilmiy izlanishga, ijodkorlikka yo’naltirish.

Dars turi: bilimlarni shakllantiruvchi

Dars usuli: munоzаrа, sаvоl-jаvоb.

Dars jihozi: mаvzugа оid buklеt, slаydlаr, kompyuter

Dars jarayoni

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Uslub

Vaqt

I-bosqich

Tashkiliy qism



Darsni tashkil etish. O`quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish

suhbat

5 daqiqa

II-bosqich

O`tilgan mavzuni takrorlash



Uyga vazifani tekshirish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash



Savol-javob

15 daqiqa

III.-bosqich

Yangi mavzu bayoni



Yangi mavzu ustida ishlash

Tushuntirish

50 daqiqa

IV-bosqich

Mustahkamlash



Har bir berilgan savol asosida mavzuni mustahkamlash

Og`zaki

15 daqiqa

V-bosqich

Baholash



O`quvchilarning darsga ishtiroki hisobiga olinib baholanadi

Rag`bat kartochkalari

2 daqiqa

VI-bosqich

Uyga vazifa



Mavzuni mukammal o`rganish

Tushuntirish

3 daqiqa

I.Tаshkiliy qism. O‘quvchilаr bilаn sаlоmlаshish, dаvоmаtni аniqlаsh, nаvbаtchilаrni tаyinlаsh. O‘quvchilаrning dаrsgа tаyyorgаrlik dаrаjаsini nаzоrаt qilish.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

1. Siz qanday duradgorlik yelimlarini bilasiz va ularning tarkibi qanday?

2. Duradgorlik yelimini tayyorlash usullarini ayting.

3.Tirnoqli birikmalarni yelimlashga tayyorlash va yelimlash jarayonlarini tushuntiring.

4. Tirnoqli birikmali buyumlar sifatini tekshirish yo`lini tushuntiring.

5. Tirnoqli birikmalarni yelimlashdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini ayting



III.Yangi mavzu bayoni.

Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo‘kishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush


o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat.
Yog‘och rangi. yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini
aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biri uning rangi hisoblanadi.
Yog‘ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Qayin,
tol, arg‘uvon, terak, archadan olinadigan yog‘ochlar oqish rangli bo‘lib,
nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol – jigarrang; qoraqayin, akatsiya – oq
qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och qoramtir bo‘ladi.
Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘nalishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi. yog‘och tovlanishini sun’iy
ravishda orttirish uchun loklash va mumlash ishlari bajariladi.
Yog‘ochning tabiiy guli (teksturasi). randalash vaqtida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning
tabiiy guli namoyon bo‘ladi

Xavfsizlik texnikasi qoidalari:
1. tirnoq birikmali buyumlarni yig‘ish va yelimlashda foydalaniladigan asboblar hamda moslamalar sozlangan bo‘lishi kerak.
2. Ish o‘rnidagi pol va verstakning qopqog‘i
toza va duradgorlik yelimi tegmagan bo‘lishi lozim.
3. yelim qaynatkich va suvi isitiladigan idishning tubi keng, butun bo‘lishi shart.
4. Elektr plita, shnur, rozetka va shtepsel vilkasi sozlangan va elektr xavfsizligi qoidalariga
muvofiq bo‘lishi kerak

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Yog‘ochning fizikaviy xossalarini sanab bering va izohlang.
2. tirnoqli birikmalarni yelimlash jarayonining mohiyatini ayting.
3. Siz qanday duradgorlik yelimlarini bilasiz va ularning tarkibi qanday?
4. duradgorlik yelimini tayyorlash usullarini ayting.
V. O`quvchilarni baholash: o`quv qurollari bor o`quvchilar-1 ball, o`tilgan mavzudagi ishtiroki bo`yicha-2 ball, yangi mavzuni mustahkamlashdagi ishtiroki bo`yicha-2 ball. (rag’bat kartochkalarni tarqatish orqali, dars davomida hisoblanadi)

VI.Uyga vazifa: O‘quvchilаrgа mavzuni o`rganib kelishni topshirish.

__________________________O`TIBDO`



Fan nomi: texnologiya


Tartib raqam

Sinf

Sana

1







2







3







4








Mavzu: Yog‘ochni rejalash asboblarining turlari, ularni ishlatish (chizg‘ich, o‘rama metr, xatkash, guniya, shtangensirkul, sirkul) va saqlash qoidalari
.Dars maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarga Yog`оchlаrni rеjаlаsh аsbоblаrining turlаri, ulаrni ishlаtish vа sаqlаsh qоidаlаri. bo’yicha umumiy ma`lumotlar berish;

Tarbiyaviy: texnika xavfsizligi qoidalari, yog’och turlarining turmushda va xalq xo’jaligidagi ahamiyatini, sanitariya gigiena talablariga rioya etishga o’rgatish, yog’och materiallarini tejamkorlik bilan ishlatishni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning Yog`оchlаrni rеjаlаsh аsbоblаrining turlаri, ulаrni ishlаtish vа sаqlаsh qоidаlаri xaqidagi ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ilmiy izlanishga, ijodkorlikka yo’naltirish.

Dars turi: bilimlarni shakllantiruvchi

Dars usuli: munоzаrа, sаvоl-jаvоb.

Dars jihozi: mаvzugа оid buklеt, slаydlаr, kompyuter

Dars jarayoni

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Uslub

Vaqt

I-bosqich

Tashkiliy qism



Darsni tashkil etish. O`quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish

suhbat

5 daqiqa

II-bosqich

O`tilgan mavzuni takrorlash



Uyga vazifani tekshirish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash



Savol-javob

15 daqiqa

III.-bosqich

Yangi mavzu bayoni



Yangi mavzu ustida ishlash

Tushuntirish

50 daqiqa

IV-bosqich

Mustahkamlash



Har bir berilgan savol asosida mavzuni mustahkamlash

Og`zaki

15 daqiqa

V-bosqich

Baholash



O`quvchilarning darsga ishtiroki hisobiga olinib baholanadi

Rag`bat kartochkalari

2 daqiqa

VI-bosqich

Uyga vazifa



Mavzuni mukammal o`rganish

Tushuntirish

3 daqiqa

I.Tаshkiliy qism. O‘quvchilаr bilаn sаlоmlаshish, dаvоmаtni аniqlаsh, nаvbаtchilаrni tаyinlаsh. O‘quvchilаrning dаrsgа tаyyorgаrlik dаrаjаsini nаzоrаt qilish.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

1. Siz qanday duradgorlik yelimlarini bilasiz va ularning tarkibi qanday?

2. Duradgorlik yelimini tayyorlash usullarini ayting.

3.Tirnoqli birikmalarni yelimlashga tayyorlash va yelimlash jarayonlarini tushuntiring.

4. Tirnoqli birikmali buyumlar sifatini tekshirish yo`lini tushuntiring.

5. Tirnoqli birikmalarni yelimlashdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini ayting



III.Yangi mavzu bayoni.

Rejalash deganda chizmadagi shakl va o‘lchamlarni rejalash asboblari yordamida yasaladigan buyumning zagotovkasiga ko‘chirishni tushunish lozim. Qandaydir biror buyumni tayyorlashdan oldin uning zagotovkasini rejalash, ya’ni ishlov beriladigan chegaralarini chiziqlar bilan belgilab olish lozim. Duradgorlikda masshtabli lineyka, go‘niya, porsi go‘niya, xatkash kabi nazorat o‘lchov va rejalash asboblaridan foydalaniladi. Rejalashni kalamda rejalash asboblari (masshtabli chizg‘ich, duradgorlik go‘niyasi,) yordamida chizmaga, eskizga, texnik rasmlarga muvofiq bajariladi. 45-rasmda rejalash asboblaridan ayrimlarining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Duradgorlik go‘niyasi bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashadngan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchak ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchaklarni tekshirishga mo‘ljallangan. Masshtabli chizg‘ich o‘lchamlarni aniqlash va ularni zagotovkalarga qo‘yish, ishlov berilgandan keyingi o‘lchamlarni tekshirish uchun, shuningdek, to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Porsi go‘niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining burchaklari; javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya lineykasi kundaga 450 burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Xatkash -aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-teshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli, ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ri burchakli detallarni rejalashda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:

1. Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi

o‘lchash boshlanadigan chiziq ustida turishi lozim.

2. O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshla- nadigan chiziqqa nisbatan

noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Rejalash - mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan buyumning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur. Rejalashni dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya bilan bajariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart. Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyorlanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar belgilanadi. Ana shu tomonni baza tomon deyiladi yog‘ochni tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdorda detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq xisoblab chiqish lozim. Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga keltirish uchun yog‘ochning ma’lum qatlami kesuvchi asbob yordamida olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi. Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza tomondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2-3 belgi qo‘yilgan . Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib qalamda kontur chizig‘I chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish uchun esa uning asosini zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng qo‘l bilan qalamni o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi . Yog‘ochni o‘lchash va rejalash asboblariga chizg‘ichlar, matr, ruletmetr, go‘niyalar, xatkash transporti va o‘lchov andozalari kiradi. Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bo‘lingan xolda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi. Uzunligi bir metr chiziqlarni metr deb ataladi. Ruletmetr uni olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun o‘rama shaklida yasaladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. O‘lchash nima?

2. O‘lchash asboblari qaysilar ?

3. Rejalash nima?

4. Rejalash asboblari qaysilar?

5. Chiziqlar nima uchun ishlatiladi?

6. O‘lchov andozalari nima uchun ishlatiladi?

7. Rejalash andozalari nima uchun ishlatiladi?

8. Xatkash nima uchun ishlatiladi?

V. O`quvchilarni baholash: o`quv qurollari bor o`quvchilar-1 ball, o`tilgan mavzudagi ishtiroki bo`yicha-2 ball, yangi mavzuni mustahkamlashdagi ishtiroki bo`yicha-2 ball. (rag’bat kartochkalarni tarqatish orqali, dars davomida hisoblanadi)

VI.Uyga vazifa: O‘quvchilаrgа mavzuni o`rganib kelishni topshirish.

______________________O`TIBDO`


Fan nomi: texnologiya


Tartib raqam

Sinf

Sana

1







2








Mavzu Qo‘l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi, foydalanish qoidalari.Nazorat ishi-1

Dars maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarga Qo`l rаndа vа pаrmаlаsh qurilmаlаrining tuzilishi, ulаrdаn хаvfsiz fоydаlаnish qоidаlаrini o’rganish.

Tarbiyaviy: o’quvchilarda o’lchash va rejalash asboblaridan foydalanishda sanitariya gigiena qoidalariga amal qilishga o’rgatish, texnika xavfsizligi qoidalari,

yog’och materiallarini tejamkorlik bilan ishlatishni o’rgatish.



Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda Qo`l rаndа vа pаrmаlаsh qurilmаlаrining tuzilishi, ulаrdаn хаvfsiz fоydаlаnish qоidаlаri xaqidagi ko’nikma va malakalarini

shakllantirish, ilmiy izlanishga, ijodkorlikka yo’naltirish.



Dars turi: bilimlarni shakllantiruvchi

Dars usuli: munоzаrа, sаvоl-jаvоb.

Dars jihozi: mаvzugа оid buklеt, slаydlаr, kompyuter

Dars jarayoni

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Uslub

Vaqt

I-bosqich

Tashkiliy qism



Darsni tashkil etish. O`quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish

suhbat

2 daqiqa

II-bosqich

O`tilgan mavzuni takrorlash



Uyga vazifani tekshirish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash



Savol-javob

8 daqiqa

III.-bosqich

Yangi mavzu bayoni



Yangi mavzu ustida ishlash

Tushuntirish

15 daqiqa

IV-bosqich

Mustahkamlash



Har bir berilgan savol asosida mavzuni mustahkamlash

Og`zaki

10 daqiqa

V-bosqich

Baholash



O`quvchilarning darsga ishtiroki hisobiga olinib baholanadi

Rag`bat kartochkalari

2 daqiqa

VI-bosqich

Uyga vazifa



Mavzuni mukammal o`rganish

Tushuntirish

3 daqiqa

I.Tаshkiliy qism. O‘quvchilаr bilаn sаlоmlаshish, dаvоmаtni аniqlаsh, nаvbаtchilаrni tаyinlаsh. O‘quvchilаrning dаrsgа tаyyorgаrlik dаrаjаsini nаzоrаt qilish.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

1. O‘lchash nima?

2. O‘lchash asboblari qaysilar ?

3. Rejalash nima?

4. Rejalash asboblari qaysilar?

5. Chiziqlar nima uchun ishlatiladi?

6. O‘lchov andozalari nima uchun ishlatiladi?

7. Rejalash andozalari nima uchun ishlatiladi?

8. Xatkash nima uchun ishlatiladi?

III.Yangi mavzu bayoni.

Zagotovkalarni parmalab teshish, uzunchoq teshiklar va chuqurchalar ochish uchun parmalar, uchli frezalar hamda zenkerlardan foydalaniladi. Parmalarning o‘lchami teshiklarning diametrlariga mos kelishi lozim, parmalarning tipi parmalash sharoiti, teshik tubining shakli va chuqurligiga qarab tanlanadi. Yog‘och tolalarining yo‘nalishiga perpendikulyar joylashgan patron teshiklar hamda bir tomoni berk bo‘lgan, nisbatan sayoz teshiklar keskichli parmalar bilan hosil qilinadi, qirindi plitalardan iborat zagotovkalarni parmalash uchun qattiq qotishma plastinkali kesish asboblaridan foydalaniladi. O‘qi yog‘och tolalari yo‘nalishida joylashgan teshiklar qoshiqsimon parma bilan parmalanadi. Zagotovkani yog‘och tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishda parmalash uchun tig‘li parmalar ishlatiladi. Chuqur teshiklar ochishda spiral parma, vintsimon parma va shtopor parmalardan foydalaniladi, bu parmalar bilan yog‘och tolalari yo‘nalishida ham, tolalarga ko‘ndalang yo‘nalishda ham parmalash mumkin. Spiral parmalar chidamli bo‘ladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Qo`l rаndа vа pаrmаlаsh qurilmаlаrining tuzilishiни aytib bering?

2. Qo`l rаndа vа pаrmаlаsh qurilmаlаrining tuzilishi, ulаrdаn хаvfsiz fоydаlаnish

qоidаlаriга nimalar kiradi?



3. Qo`l rаndа vа pаrmаlаsh qurilmаlаriдан хаvfsiz fоydаlаnish deganda nimani tushunasiz?

V. O`quvchilarni baholash: o`quv qurollari bor o`quvchilar-1 ball, o`tilgan mavzudagi ishtiroki bo`yicha-2 ball, yangi mavzuni mustahkamlashdagi ishtiroki bo`yicha-2 ball. (rag’bat kartochkalarni tarqatish orqali, dars davomida hisoblanadi)

VI.Uyga vazifa: O‘quvchilаrgа mavzuni o`rganib kelishni topshirish.





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling