Fan nomi: umumiy psixologiya. Shaxs
Download 16.69 Kb.
|
1.Rizayeva Dilfuza
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI O’ZMU IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI PSIXOLOGIYA. YOSHLAR PSIXOLOGIYA KAFEDRASI KATTA O’QITUVCHI: A.I.RASULOV FAN NOMI: UMUMIY PSIXOLOGIYA. SHAXS BAJARDI: RIZAYEVA Toshkent _2022 Kirish Qadimgi YUnonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‘rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi. Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi. SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi. ASOSIY QISM K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va darajasini yo‘qotishni bildiradi. SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi. SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi . Odatda shaxs ijtimoiy fanlarning o’rganish predmeti bo’lib, ular insoniyat tarixida shaxs shakllanishining umumiy qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish jarayonida inson hayotining ijtimoiy sharoitlariga bogliq holda shaxsning o’zgarishi bilan aloqador masalalarning mohiyatini ochib beradi. Shaxs muammosini tadqiq qilishga tibbiy, tabiiy, ijtimoiy fanlar va falsafa fani o‘ziga xos ahamiyatga ega. “Shaxs” kategoriyasi umumiy psixologiyaning eng muhim, tayanch tushunchasi bo’lsa, “shaxs psixologiyasi” bo’limi uning asosini tashkil etadi. Psixologiyaning bu sohasini bilish har qanday musutaxassisga samarali ishlash imkonini beradi. Shaxs psixologiyasi XX asrning birinchi o’n yilligida eksperimental fanga aylandi. Biroq nazariy tadqiqotlar ancha oldinroq amalga oshirila boshlangan. Shaxsni o’rganish tarixida uchta asosiy davrni ajratish mumkin: • Falsafiy-adabiy davr; • Klinik davr; • Sof eksperimental davr. Falsafiy-adabiy davr. Bu davr antik davrdan boshlanib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Bu davrda shaxs psixologiyasiga tegishli ma’lmotlar asosan faylasuf va yozuvchilar asarlarida o’z aksini topgan va ularda shaxsning axloqiy va ijtimoiy tabiati mhokama etilgan. Falsafiy-adabiy davrdagi shaxsning ta’rifi juda keng qamrovli bo‘lib, o‘z ichiga shaxsning biologiyasini, psixologiyasini, xulq-atvorini, madaniyatini va hatto mol-mulkini ham qamrab olgan. Frantsuz faylasufi Eten de Kondilyak o’zining “ Sezgilar haqidagi traktat”ida shaxsni turli sezgi parchalaridan yigishga harakat qilgan. F.M. Dostoevskiy har bir kishi uchun xos bo’lgan “yashirin odam” haqida yozadi. Uning fikricha, mazkur “yashirin odam” tashqariga chiqishga urinib ko’radi, shuningdek har bir kishining “niqobi” ham mavjud bo’lib uning haqiqiy qiyofasini yashirib turadi. XULOSA Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yendoshishning o’ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan boladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning okibati sifatida qaraladi. Ya’ni Ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga buysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o’rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri kay yusinda sodir bolishi Ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy bog’liq bo’lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bolishi ijtimoiy Yo’l-yuriklar muammosi bilan bog’liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bolishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”. Toshkent, 1997 yil. 2. Karimova V. “Ijtimoiy psixologiya asoslari”. Toshkent, 199 yil. 3. G’oziyev E. Azizov Sh. V. “Tashkiliy psixologiya” Toshkent, 1999 yil. 4. Ziyonet.uz Download 16.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling