Fan nomi: Yosh fiziologiyasi va gigiena asoslari Yunalish: ”iat” 17-13-gurux Topshiruvchi: Jalolov a savol


Download 465.51 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi465.51 Kb.
#112338
Bog'liq
Инсондаги шартсиз рефлексларни келиб чиқишини нерв тизими марказлари билан боғлаб, рефлекс ёйларини ёритинг ва чизиб чиқинг(1-u)


Fan nomi: Yosh fiziologiyasi va gigiena asoslari Yunalish: ”IAT” 17-13-gurux Topshiruvchi: Jalolov A

Savol:

Insondagi shartsiz Reflekslarni kelib chiqishini nerv tizimi markazlari bilan bog'lab, refleks yoylarini yoriting va chizib chiqing



Javob:

Reflekslar — organizmning markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari ta’siridan retseptorlar qo’zg’alishiga javob reaksiyasi. REFLEKSLARning tuzilish mexanizmi reflektor yoydan iborat. Bunda retseptorlar ta’sirotni qabul qilib, sezuvchi (afferent) nervlarga, ular miya markaziga, markaziy nerv sistemasi qo’zg’alishi miyadan harakat organlariga uzatuvchi (efferent) nervlarga, ulardan effektorlar — muskullar, bezlar hamda ichki a’zolarga o’tkazadi. REFLEKSLAR a’zolar ishini va ularning o’zaro ta’sirini tartibga keltirishda (qarang Gomeostaz), organizm bir butunligini sak,lash hamda yashash sharoitiga moslanishda katta ahamiyatga ega.

REFLEKSLAR haqidagi dastlabki tasavvurlarni fransuz filosofi va tabiatshunosi REFLEKSLAR Dekart ilgari surgan. 18-asrda REFLEKSLAR va reflektor apparat to’g’risidagi ta’limotga shveysariyalik A. Galler, chex Y. Proxaska, shotland Ch. Bell, fransuz F. Majandi va boshqa o’z hissasini qo’shdi. 19-asrning 2-yarmiga kelib, reflektor (avtomatik, ixtiyorsiz), shuningdek, ixtiyoriy harakatlar to’g’risidagi ma’lumotlar to’plandi. I. M. Sechenov o’z asarlarida "hayotdagi barcha ongli va ongsiz aktlar butun mohiyati bilan REFLEKSLARdir" degan edi. Bu tushunchani I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati to’g’risidagi ta’limotda rivojlantirdi. I. P. Pavlov barcha REFLEKSLARning kelib chiqishi, mexanizmi va biologik ahamiyatini hisobga olib, tug’ma REFLEKSLARni shartsiz Reflekslar va hayot davomida orttirilgan REFLEKSLARni shartli Reflekslarta ajratdi.

REFLEKSLAR turiga qarab, millisekunddan bir necha sekundgacha davom etadi. Qo’zg’alish reflektor yoyda faqat bir yo’nalishda — afferent neyrondan efferentga tomon o’tkaziladi. Bu xususiyat neyronlararo qo’zg’alishni uzatish paytida ajralib, sinaptik tutashishni vujudga keltiruvchi kimyoviy moddalar (mediatorlar)ta bog’liq. REFLEKSLAR aloxidaalohida kechmasdan, ma’lum funksional hamda biologik ahamiyatga ega bo’lgan murakkab reflektor aktlarga birlashadi (Mas, og’riqni sezish natijasida hosil bo’ladigan reflektor reflekslar da bir muskul qisqarsa, ikkinchisi bo’shashadi, nafas hamda yurak faoliyati o’zgaradi va h.k.). Ichki a’zolar kasalliklari natijasida patologik REFLEKSLAR ro’y berishi mumkin. Mas, o’pka arteriyasi ichki pardasining ma’lum kiyem iga yot tana ta’sirida yurak ishi to’xtaydi (shartsiz patologik REFLEKSLAR), obhavo yomon paytda toqqa ko’tarilayotganda yurak toj tomirlarida spazm roRy beradi, xuddi shu holat obhavo yaxshi vaqtda ham xuddi o’sha joyda takrorlanishi mumkin (shartli patologik REFLEKSLAR). Shartli patologik REFLEKSLAR takror ta’sirot bilan mustahkamlanmasada, uzoq vaqtgacha saqlanadi.

Markaziy nerv tizimining faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi. Barcha psixik jarayonlar (o’rganish, eslash, tafakkur, nutq va boshqalar) shartli reflekslar bilan bog’liq. Har qanday reflekning moddiy asosini refleks yoyi tashkil etadi. Muayyan ta’sirlovchiga ixtisoslashgan retseptorlar bo’lishi, nerv impulslarini bir yo’nalishda o’tkazish, neyronlar o’rtasida sinaptik bog’lanish, ishchi a’zoda funksional javobning vujudga kelishi reflektor yoyi uchun xos bo’lgan xususiyatlar hisoblanadi.



Reflektor yoyining markaziy qismi keladigan va chiqadigan impulslarni nazorat qilish tizimiga ega. Sut emizuvchilarning markaziy nerv tizimida eng sodda reflektor yoyi monoseptik yoy hisoblanadi. Odatda, umurtqali hayvonlar markaziy nerv tizimi dagi reflektor yoylari miya bo’limlaridan ham tashqariga chiqadigan nerv hujayralarining murakkab tutashuvidan iborat.


Download 465.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling