Fan: odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Ish-3 Muskullarning nomlanishi va joylashuvi
Download 17.71 Kb.
|
7 ЛАБОРАТО
Ish-3 Muskullarning nomlanishi va joylashuvi.
1. Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo’yin, gavda, qo’l va oyoq muskullari. Bosh muskullari chaynov va mimika muskullariga bo’linadi. Chaynov muskullariga: -chakka, xususiy chaynov muskul, tashqi va ichki qanotsimon muskullar. Mimika muskullariga: -ko’zning aylana muskuli,yonoq muskuli,yuqori va pastki lablarning kvadrat muskullar,pastki labning uchburchak muskuli,og’iz burchagida joylashgan kulgu muskuli. Bo’yin va gavda muskullari: -bo’yinning teri osti muskuli,to’sh-o`mrov so’rg’ichsimon muskuli,narvonsimon muskullar,til osti suyagi muskuli. Ko’krak qafasi muskullariga: -ko’krakning katta va kichki muskullari,o’mrov osti muskuli, ko’krakning yon tomonda joylashgan tishsimon muskullar,qovurg’alar aro muskullar, diafragma. Qorin muskullariga:-qorinning tashqi va ichki qiyshiq, to’g’ri, ko’ndalang muskullari, belning kvadratsimon muskuli,oraliq, chov kanali muskullari. Orqa muskullariga:-trapetsiyasimon,orqaning serbar muskuli, rombsimon, kurakni ko’taruvchi, yuqorigi va pastki tishsimon umurtqa pog’onasini yozuvchi muskullar Qo’l muskullariga:-yelka kamari muskullari,qo’lning erkin muskullari Qo’l muskullari (elka, bilak va qo’l panjasi muskullari) Oyoq muskullariga:-son muskullari (to’rt boshli, ikki boshli, yarim pay, yarim pardasimon va oyoq panja muskullari) -boldir muskullari (boldirning oldingi va orqa yuzasidagi muskullar, barmoqlarni yozuvchi uzun muskullar, bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul, barmoqlarni bukuvchi uzun, kichik boldirning uzun va kalta muskullar). 2. Tana muskullri tasvirlangan plaatlar, atlasdan ularni rasmlarini ko’rsatib tushuntiriladi. 3. Talabalar tanadagi ayrim muhim muskullarni rasm daftarlariga chizadilar. Download 17.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling