Fan: Ona tili nazariyasi. Bajardi: 107-guruh talabasi Buzrukova Sokina


Download 6.97 Kb.
bet3/3
Sana26.03.2023
Hajmi6.97 Kb.
#1296434
1   2   3
Bog'liq
Fan Ona tili nazariyasi. Bajardi 107-guruh talabasi Buzrukova -fayllar.org

Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda: 1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi. 2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi. 3. O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o’quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashna xizmat qiluvchi maqbul metodlarini tanlash.

Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;

tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;

hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;

faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;

hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;

Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod» yunoncha so’z bo’lib «yo’l» ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o’quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo’nalashtirish yo’llarini anglatadi.



http://fayllar.org
Download 6.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling