Fan: Operatsion tizimlar 11-maruza. Jarayonlar va oqimlarni rejalashtirish. O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A. Sh


Download 352.9 Kb.
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi352.9 Kb.
#1395793
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza OT3

Fan: Operatsion tizimlar 11-maruza. Jarayonlar va oqimlarni rejalashtirish.

O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A.Sh.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi

REJA

  • Jarayonlar va oqimlarni rejalashtirish
  • Paketli tizimlarda rejalashtirish.
  • Interfaol tizimlarda rejalashtirish.
  • Real-vaqt tizimlarida rejalashtirish.
  • Oqimlarni rejalashtirish

Jarayon va oqimlarni boshqarish ost tizimi

Kompyuterning ishlashiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan ko'p masalali OTning asosiy ost tizimlaridan biri bu jarayonlar va oqimlarni boshqarish ost tizimi bo'lib, u quyidagilarni bajarishga xizmat qiladi:

  • jarayonlar va oqimlarni yaratish va yo'q qilish
  • jarayonlar va oqimlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni qo'llab-quvvatlash
  • protsessor vaqtini bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan bir nechta jarayonlar va oqimlar o'rtasida taqsimlash

Jarayon va oqimlarni boshqarish ost tizimi

  • OT xotirada har bir jarayonga qanday resurslar ajratilganligini qayd etadigan maxsus axborot tuzilmalarini saqlaydi.
  • OT resurslarni jarayonga faqat o’zi foydalanishi yoki boshqa jarayonlar bilan birgalikda almashinib foydalanishi uchun ajratadishi mumkin.
  • Resurslarning bir qismi jarayon yaratilganda unga taqsimlanadi, ba'zilari esa so'rov bo'yicha ish vaqtida dinamik ravishda taqsimlanadi. Resurslar jarayonga uning butun umri davomida yoki faqat ma'lum bir davr uchun ajratilishi mumkin.
  • Jarayonni boshqarish ost tizimi asosiy funksiyalarni bajarish davomida OTning boshqa resurslarni boshqarish uchun mas'ul bo'lgan ost tizimlari bilan ozaro aloqada ishlaydi: masalan, xotirani boshqarish ost tizimi, kiritish-chiqarish ost tizimi, fayl tizimi.

Jarayon va oqimlarni boshqarish ost tizimi

  • Oqimlarni sinxronlashtirish jarayon va oqimlarni boshqarish ost tizimining muhim funksiyalaridan biridir. Oqimlar asinxron tarzda yaratilgan va ishlayotgan bo'lsada, ular o'zaro ta'sirlanishi mumkin, masalan, ma'lumotlar almashinuvida. Bu mexanizm oqimlar tezligini moslashtirish, shuningdek, poyga sharoitlarini (bir nechta oqimlar bir xil faylni o'zgartirishga harakat qilganda), ozaro bloklash yoki resurslarni almashishda yuzaga keladigan boshqa ziddiyatlarni oldini olish uchun juda muhimdir.
  • Jarayon tugagandan so'ng, jarayonni boshqarish ost tizimi jarayon ishlagan barcha fayllarni yopadi, jarayonning kodlari, ma'lumotlari va tizim axborot tuzilmalari uchun ajratilgan tezkor xotira maydonlarini bo'shatadi. Tugatilayotgan jarayonga havolalarni o'z ichiga olgan barcha turdagi OT navbatlari va manbalar ro'yxati qayta tuzatiladi.

Download 352.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling