Fan: O‘zbek tili Tayyorladi: Kaxxorova Bahor Qabul etdi: Berdieva Zebo Uralovna mavzu


Download 41.72 Kb.
bet2/5
Sana17.11.2023
Hajmi41.72 Kb.
#1782547
1   2   3   4   5
Bog'liq
venera

b)fe’l ko‘makchilar sifatdosh yoki ravishdosh shakllaridagi fe’llardan birining nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi natijasida yuzaga keladi. Ular: ko‘ra, yarashaqarab, qaramasdan, qaramay, boshlab,
tartib,qaraganda,qarata, degan, osha, deydigan kabi so‘zlardan iborat.
Ko‘makchilar o‘zgarmaydi, ya’ni turlanmaydi yoki boshqa turkumlardan yasalmaydi. Ayrim kelishikdagi so‘zlarni boshqaradi. Shunga ko‘ra, ko‘makchilar quyidagi guruhlarni tashkil qiladi:

  1. Bosh kelishikdagi so‘z(ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:bilan, uchun, kabi, singari, sari, orqali, sayin, bo‘ylab, bo‘yicha, uzra, yanglig‘, tufayli, chog‘li, osha, bo‘yicha kabilar. Bu guruhga mansub ko‘makchilar quyidagi munosabatlarini ifodalaydi:

Bilan ko‘makchisi birgalik, hamkorlik, qurol, vosita, jarayon yoki harakatning sodir bo‘lish holati kabi ma’nolarni va harakat nomlari bilan birga kelib, bir harakat ketidan ikkinchisining tez boshlanishi ma’nosini bildiradi. Bilan ko‘makchisi badiiy adabiyotda birlan, birla, -ila, -la tarzda ham ishlatiladi. Bunday holda u o‘zakdan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi: Sen-la ko‘nglim har on bo‘lur shod.
Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’no-larni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. yashash uchun kurashmoq. 
Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda -chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek,uchunko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi.
Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil.
Sayin ko‘makchisivaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning muayyan vaqt ichida yoki harakatning bir yo‘la sodir bo‘lishi, davomiylik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda.Do‘l borgan sayin kuchaymoqda edi.
Sari ko‘makchisiish-harakatning yo‘nalishini ifodalaydi. Bunda sari ko‘makchisi tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘lishi mumkin: kucha sari – kucha tomon, yorug‘lik sari – yorug‘lik tomon.

Download 41.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling