Fan: Qurilish materiallari va buyumlari 1-savol
Download 83.5 Kb.
|
1 oraliq nazorati uchun savollar va javoblar курилиш материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- savol
Sovuqqa chidamlilik-materialni suvga toʻyingan holatda –15-17 0С muzlatib, qayta eritilganda (1 sikl) suqilishdagi mustahkamligi 25%, massasi 5% dan ortiq kamaymasa, bu material sovuqqa chidamli deb hisoblanadi.
Issiqlik oʻtkazuvchanlik. Materiallarning bir yuzasi issiq, ikkinchi yuzasi sovuq boʻlsa, undan issiq oqim oʻta boshlaydi. Materiallarning issiqlikni kam yoki koʻp oʻtkazishi issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. 3-savol: Togʻ jinslari paydo bo‘lishiga qarab qanday guruhlanadi? Tabiatda paydo boʻlishiga koʻra togʻ jinslari 3 ta guruhga boʻlingan: 1.Magmatik (otqindi) yoki birlamchi jinslar yuqori haroratli suyuq magmalarni sovishi va qotishi natijasida hosil boʻlgan; 2.Choʻkindi yoki ikkilamchi jinslar. Birlamchi togʻ jinslarining atmosfera, suv va shamollar taʼsirida tabiiy yemirilish, koʻchishi va choʻkishi natijasida hosil boʻlgan; 3.Metamorfik yoki shakli oʻzgargan jinslar. Birlamchi va ikkilamchi togʻ jinslarining yuqori issiqlik va bosim taʼsirida oʻzgarishdan hosil boʻlgan. 4- savol: Tabiiy tosh ashyolari fizik va mexanik xossalariga koʻra qanday sinflanadi? 1.Zichligi bo‘yicha: ogʻir (ρ > 1800 kg/m3) yengil (ρ < 1800 kg/m3) 2. Mustahkamligi b o‘yicha: -yengil tabiiy tosh ashyolarniki 0,4 - 20 MPa; -ogʻir tabiiy tosh ashyolarniki - 20; 30; 40; 50; 60; 80 va 100 MPa. 3. Sovuqqa chidamliligi boʻyicha markalari: -yengil tabiiy toshlar 10 - 20; - ogʻir tabiiy toshlar 15; 25; 35; 50; 100; 150; 200; 300; 400; 500. 4. Suvga chidovchanlik yumshalish koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Gidrotexnik inshootlar va poydevorlarda > 0,75 Tashqi devorlarni terishda ishlatiladigan toshlarda > 0,6. 5- savol: Sopol ashyolar ishlatilishiga koʻra qanday sinflanadi? 1.Devorbop (oddiy gʻisht, ichi gʻovak gʻisht, tosh) 2.Bino fasadi uchun (pardozbop gʻisht, sopol plitkalar) 3.Tashqi va ichki qoplamalar uchun (pol va devorlar uchun plitkalar) 4.Tombop (cherepitsa) 5.Issiq izolatsion (keramzit, serg‘ovak buyumlar) 6.Sanitariya texnika jihozlari (quvurlar, vanna, umivalnik) 7.Kislotaga va olovga chidamli buyumlar 8.Yengil betonlar uchun toʻldiruvchilar (keramzit, agloporit) Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling