Turli xil relyef sharoitidagi chorrahalarni vertikal rejalashtirish shakllari.
- Maydonlarni vertikal rejalashtirishda qor-yomg‘ir suvlarining oqib ketishini ta’minlash bilan birgalikda me’moriy-estetik masala ham о‘z yechimini topishi kerak. Maydonning vertikal rejasini qurishda unda joylashgan binolarning salobatini kо‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Relyef holati qandayligidan qat’iy nazar vertikal reja asosida maydondan suv qochirishni ta’minlashi shart.
- Bunda eng oqilona qurilgan vertikal reja bir yonli (bir nishabli) bо‘lib hisoblanadi. Ammo hududiy jihatdan yirik maydonlar bir nishabli usulini qо‘llash hududning ayrim joylarida suv yig‘ilib qolishiga sabab bо‘ladi. Bordi-yu, bunday maydonlarda avtomobil harakati bо‘lsa, unda harakat tezligining pasayishiga ham sababchi bо‘ladi. Shuning uchun bunday maydonlarda bir yonli nishablikning eni 30 m dan oshmasligi tavsiya qilinadi (15.7-rasm). Shu sababdan, hududiy jihatdan katta maydonlarda ikki yoki kо‘p nishabli kо‘ndalang shakllar tanlanadi. Maydon ikki nishabli qilib loyihalanganda suv ayirg‘ich chizig‘ini tо‘g‘ri tanlashga e’tibor berish kerak. Suv ayirg‘ich chizig‘i odatda markaziy binodan boshlab quriladi. Bu bilan binoning salobatli kо‘rinishi asoslanadi.
Nazorat savollari: 1. Shahar hududini vertikal rejalashtirish vazifasi nimalardan iborat. 2. Vertikal rejalashtirishda qanday talablar kо‘zda tutilgan. 3. Shahar yо‘llarini vertikal rejalashtirish uchun qanday birlamchi ma’lumotlar zarur. 4. Kо‘cha plani qanday mashtabda chiziladi. 5. Loyiha gorizontallari qanday masofada о‘tkaziladi. 6. Chorrahalarni vertikal rejalashtirish nimalarga bog‘liq. Эътиборингиз учун рахмат!
Do'stlaringiz bilan baham: |