Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf
Download 1.28 Mb.
|
5 sinf texnologiya ogilbollar
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish b) Topshiriqlarni tekshirish c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish Yangi mavzu bayoni: Metallga ishlov barish stanoklari va ularning tuzilishi haqida tushuncha: Frezerlik stanoklari. Maktab ustaxonalarida gorizontal-frezer stanoklari qo‘llaniladi (15-rasm). U bilan vertikal va gorizontal yuzalarga silindrik, diskli,burchakli, uchli va fason frezalar yordamida ishlov berish mumkin.Stanokning stoli ko‘ndalang va vertical yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlana oladi. Elektr uskunalar staninaning pastki joyida joylashgan va quyidagilardan iborat: elektrodvigatel; magnit ushlagich; transformator; klemma kolodkalari; saqlagichlar; o‘chirib yondiruvchi element; tugmali boshqaruv elementlar. Tokarli-vint ochuvchi stanoklari. Maktab ustaxonalarida TB-4, TB-6, TB-7 rusumli tokarlik-vintqirqar stanoklar ishlatiladi. TB-6 rusumli stanok, TB-4 rasumli stanokning mukammallashgan varianti bo‘lgani uchun biz TB-6 va TB-7 stanoklarini ko‘rib chiqamiz. TV-6 tokar-vintqirqar stanok asosiy tokarlik operatstiyalarini hamda silindr va konussimon operatstiyalarini hamda silindr va konussimon yuzlarni ochish, toreslarni qirqish, umuman qirqish, parmalash va rezba ochish uchun mo‘ljallangan. Tokar vint ochuvchi stanoki TV-6 quyidagi asosiy qismlardan iborat: stanina, oldinga markaz, fartuk, orqa markaz, gitara (16-rasm).Oldingi markaz staninnaning chap tomonida ikkita vint bilan qotiriladi. Stanok himoyalash moslamasi bilan jihozlangan. Supportda ishlovchini strujkadan himoyalovchi ekran o‘rnatilgan. Agar ekran tushirilmagan bo‘lsa, unda stanok o‘chib qoladi. Patron va planshayba elektroblok bilan jihozlangan. Parmalash stanogi. Parmalash dastgohi parmalash asboblari va parmaning kasuvchi asbobi yordamida datallarni tashish hamda o‘yish ishlarini bajarishda qollaniladi (17- rasm). Turli shakldagi parmalash ishlarini amalga oshirish uchun tik parmalash, yotiq parmalash, agragatli parmalash va boshqa parmalash stanoklaridan foydalaniladi. Parmalash oparatsiyasi avtomat liniyalarda va ishlov berish markazlarida, sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar va sanoat robotlarida ham keng qo‘llanadi. Mana shu uskunalarning hammasida yuqori malakali parmalovchilar va sozlovchilar ishlaydi. Ular: ishlov beriladigan metallarning, kesuvchi asboblar tayyorlanadigan materiallarning xossalarini, parmalash dastgohlarining va boshqa uskunalarning tuzilishi hamda ishlash prinsipini yaxshi bilishlari, uskunalarni sozlash va ish rejimiga moslash ishlarini bajara olishlari, ana shu uskunalarning ishlashidagi nuqsonlarni bartaraf eta bilishlari, oddiy tuzatishlarni amalga oshira olishlari lozim. Mashinaning asosiy qismlari: Siz tanishib chiqqan stanoklar, ko‘chada harakatlanayotgan avtomobillar, parvoz qilayotgan samolyotlar, dengizda suzayotgan kemalar, dalada ishlayotgan traktor va kombaynlarning hammasi mashinalardir. Ular insonning kuchini oshiradi, mehnatini yengillashtiradi. Barcha mexanizmlar va mashinalar alohida qismlardan (uzellar va detallardan) tashkil topadi. Mashina qanchalik murakkab bo‘lsa, uning uzellari va datallari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ko‘plab mashinalarda bir xil detallar qo‘llanadi. Tishli g‘ildiraklar, shesternyalar teplovozlar, elektrovozlar, avtomashinalar, kombaynlar va boshqa mashinalarning dvigatallarida uchraydi. Mashina va maxanizmlarning bir bo‘lak ashyodan yasalgan qismlari detallar dab ataladi. Mashina va maxanizmlardagi detallar ikki guruhga bo‘linadi. Ko‘p mashinalarda qo‘llanadigan detallarni tipovoy datallar, ayrim mashinalardagina qo‘llanadigan datallarni esa maxsus datallar deyiladi. Tipovoy detallar (vintlar, gaykalar, boltlar va hokazolar) mashinaning qismlarini biriktirish uchun, (vallar, tishli g‘ildiraklar, yulduzchalar, shkivlar va hokazolar) harakatni uzatish uchun xizmat qiladi. Bolt—olti qirrali yoki kvadrat shakldagi boshchali o‘zak bo‘lib, uning bir qismi gaykani burab qo‘yish uchun rezbalangan bo‘ladi. Shpilka ikki uchi rezbalangan o‘zak bo‘lib, uning bir uchi valning asosiga burab kiritiladi, ikkinchi uchi mustahkamlanadigan datalning tashigidan o‘tkaziladi va unga gaykani burab qo‘yiladi. Ba’zi hollarda detallar ikki uchiga gayka buraladigan shpilka bilan mustahkamlanadi. Gayka—rezba ochilgan teshikli detallar va u rezbali biriktirishga xizmat qiladi. Vint—rezbali va boshchali o‘zak ko‘rinishidagi mustahkamlovchi detal bo‘lib, uning rezbali qismi datallardan birining ichidagi rezbaga burab kiritiladi. Val mashinaning datali bo‘lib, burovchi momentni o‘z o‘qi bo‘yicha ko‘chirish uchun, shuningdak, u bilan birga tanlanadigan detallarni tutib turish uchun mo‘ljallangan o‘zi bilan birga yoki o‘z atrofida aylanadigan detallarni tutib turishi va burovchi momentni uzatmasligi bilan valdan farqlanadi. Shkiv – tasmali uzatmaning keng to‘g‘inli g‘ildirak ko‘rinishidagi detalidir. Podshipnik-vallar, o‘qlar erkin aylanishini ta’minlaydigan tayanchning qismidir. Ishlash printsipiga ko‘ra sirpanish podshipniklari va dumalash podshipniklari bo‘ladi. Tishli g‘ildirak tishli maxanizmning zvenosidir. U tishlarning yopiq tizimiga ega bo‘ladi va detaldagi boshqa qismlarning harakatlanishini ta’minlaydi. Qismlardagi kuch-harakatning uzatilishi: Mashinalar, shu jumladan stanoklarda aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga uzatish uchun tishli g‘ildirak va yulduzchalar qo‘llanadi. Bulardan eng ko‘p qo‘llaniladigani silindrsimon tishli uzatma va konussimon tishli uzatmalar hisoblanadi (19-rasm). Aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantirishda bir-biriga tishlashtirilgan silindrsimon tishli g‘ildirak va tishli reykadan iborat reykali uzatmadan foydalaniladi (20-rasm). Aylanma harakatni masofaga uzatish uchun esa tasmali, zanjirli uzatmalar qo‘llanadi (21-rasm). Bunday uzatmalar ikkita shkiv (yulduzcha), tasma yoki zanjirdan tuziladi. Uzatmaning bu turi parmalash, tokarlik, frezalash kabi dastgohlarda keng qo‘llanadi. Detallarni, birikmalarning va uzatmalarning turlarini, shuningdak, sxemalardagi kinematik tasvirlarni yaxshi bilib olish mexanizmlar va mashinalarni muvaffaqiyatli o‘rganish imkonini baradi. Tokarlik-vintqirqar stanogini ishga tayyorlash. Keskichni o‘rnatish: Keskich ushlagichda shunday o‘rnatiladiki keskich uchi shpindel o‘qidan tepada turishi kerak. Keskich balandligini o‘lchash uchun burchakli shablondan foydalaniladi (22-rasm, d). Agar keskich uchi markazlar chizig‘idan past bo‘lsa, unda uning tagiga yumshoq po‘latdan planka qo‘yiladi (22-rasm, a). Keskichning to‘g‘ri joylanganligini orqa markaziga nisbatan tekshiriladi (22-rasm,b). Keskichning chiqib qolgan joyi uning qalinligidan bir yarim uzunlikdan oshmasligi kerak (22-rasm, a). Qo‘pol ishlov berilgan paytda keskich ishlov berilayotgan detal o‘qidan 0,5-1 mm baland joylanishi kerak. Qattiq materiallarga ishlov berilganda keskich markaziy chiziqdan 0,5-1 mm past joylanadi. Detalga nixoyaviy ishlov berilganda keskich uchi detalning markaziy chizig‘i bilan teng joylashtiriladi. Zagotovkani joylashtirib qotirish. Ko‘pincha zagotovkani uchburchakli o‘zi markazlovchi patronga joylashtiriladi. Patron maxsus kalit bilan qotiriladi. Maktabda botiriladigan torsli kalitdan foydalanish tavsiya etiladi. Kalit bilan qotirib bo‘lgandan keyin u o‘zi chiqib ketadi. Stanokni ishga tayyorlashda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi lozim. Qo‘l va kiyimlar stanokning ochiq aylanadigan qismiga, tasmali va tishli uzatmalariga tushib qolishidan saqlanish uchun dastgohning ana shunday barcha qismlari himoya to‘siqlari bilan o‘ralgan. Elektr dvigatali ishlab turgan paytda tasmani bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazish taqiqlanadi. Shpindel yoki patron aylanib turganida parmalarni o‘rnatish va almashtirish man qilinadi. Dastgohlarda parmalanayotgan detalni mashina yoki qo‘l tiskisiga mahkam o‘rnatish kerak. Dastgoh stolidagi qirindilarni faqat cho‘tka bilan sidirish lozim. Parmalash dastgohida ishlashda kiyimning hamma tugmalarini taqib olish, yanglarni kalta jiyaklar bilan bog‘lash, sochlarni tartiblab, ro‘molcha bilan tang‘ib olish zarur. Uvalanadigan matallarni parmalashda shaffof himoya ko‘zoynagini tutish zarur. Parmalash dastgohini to‘xtatish uchun aylanayotgan patronni qo‘l bilan ushlash mumkin emas. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling