Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Download 1.28 Mb.
bet23/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Degrezlik: omoch tishi, katmon, balkurak, obdasta yasash, shuniigdak, qozon quyish ishi kabilar bilan shug‘ullnish jarayoni. Bu ishlar dagraz (bosh usta; do‘konda taxnologik jarayonni boshqaruvchi; xomashyoni tayyorlovchi va tayyor mahsulotni sotuvchi), xalpa (yordamchi usta), damgar (cho‘yanni eritish vaqtida damni bosib, unga shamol xaydab baruvchi ishchi), eruvchi (yondo‘konga cho‘yanni bosib, ko‘mir o‘tida uni eritish bilan shug‘ullanuvchi kishi), quyuvchi (erigan cho‘yanlarni maxsus qoliplarga katma-kat quyuvchi
usta) tomonidan bajarilgan. Rixtagarlik: Matalsozlikning eng qadimgi turlaridan biridir. Bu kasb misgarlik va dagrazlik kasblari bilan tutash bo‘lgan, kayinchalik ichki mahnat taqsimoti
natijasida ulardan ajralib chiqqan. Rixtagarlar misgar tomonidan ishlangan qumg‘on, oftoba, choydish kabilarning misgarlar ishlay olmaydigan qismlarini ishlab chiqarishgan. Mis qiyqimi, pichoq qumg‘on, eski samovar siniqlari kabilar rixtagarlarning xomashyosi hisoblangan. Rixtagarlar bularni eritib, ulardan qumg‘ondasta, oftobadastga, choydishdasta, misjom qulog‘ini tayyorlaganlar. Mis idishlar chokini ulash, eski mis idishlarni yamash uchun maxsus qotishma - kavsharni hozirlab berganlar. Birinchi uzangi, mis yoki birinchi zambarakni ham rixtagarlar qo‘yganlar. Taqachilik: ot, xachir va eshakning oyog‘iga qoqiladigan taqani yasash bilan shug‘ullanuvchi kishilarning kasb-kori. Kandakorlar: misgar, rixtagar ustalar tomonidan tayyorlangan ro‘zg‘or buyumlari, qurollar va boshqa matall buyumlarni o‘yma naqshlar bilan bazatib, osori-atiqaga aylantirganlar. Misgarlik: Misgarlik atamasi mis idishlarni yasash kasbi ma’nosida, naqqosh misgarlik tarmini esa mis idishlarni bazash kasbi ma’nolarida qo‘llangan. Naqqosh misgarlar mis idishlarni ikki: o‘yma va so‘qma usulda naqshlaganlar. Mis idishlarga o‘yilgan va so‘qilgan badiiy naqshlar kompozitsiyasining ba’zan g‘oyat murakkabligi va ko‘rinishining go‘zalligi bilan ajralib turgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar.

  1. Metallga ishlov berishda qo‘llaniladigan qanday xalq hunarmandchiligi ish usullarini bilasiz?

  2. Kandakorlik qanday kasb turi?

  3. Naqqoshlikda qanday ish usullaridan foydalaniladi?

  4. Misgarlar kimlar?

  5. Taqachilar qanday buyumlarni yasaydilar?


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling