Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Download 1.28 Mb.
|
5 sinf texnologiya ogilbollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars uslubi
- Uyga vazifani so‘rash
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish; Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster” Darsda jihozi: Rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash Darsga tayyorgarlik ko‘rish O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish. Uyga vazifani so‘rash: Savol – javob o‘tkazish b) Topshiriqlarni tekshirish c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish Yangi mavzu bayoni: Qirqimlarni toppish: Detall va ularning kostruktiv qirqimlari eshik lo‘kidoni misolida o‘rganamiz. Eshik lo‘kidonining o‘lchamlari va konstruktsiyasi lo‘kidon eshikni yopiq holda mahkam tutib turishini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. 30- rasmda eshik lo‘kidonining va undagi elementlarning namunaviy konstruktsiyasi berilgan va ularning nomlari tasnifda keltirilgan. Konstruktiv elementlarni ishlab chiqish hamma detallar o‘rnatiladigan asosdan boshlanishi kerak. Eshik zichlab yopib qo‘yilishini nazarda tutib lo‘kidon sterjenining diametrini eng kamida 10—12 mm qilinadi. Uning uzunligi eshik kesakisidagi qotiruvchi o‘yiqning chuqurligani va uning ikkita mahkamlovchi qoplagichini, shuningdek, bukilishini hisobga olgan holda taxminan 30 mm bo‘lishi kerak. Bukilgan sterjenning uzunligini va qotirishda eng kami 25—30 mm tik yo‘nalishda harakatlanishini, shuningdek, ostki cheklagich rolini bajaradigan eshik lo‘kidoni burchakning o‘lchamini hisobga olib asosning uzunligini 120 - konstruksiyasining umumiy 125 mm qilinadi. Uning eni esa sterjenning o‘lchamiga va uni ko‘rinishi. tutib turadigan qoplagichlarning konstruktsiyasiga qarab belgilanadi. Ko‘pincha tayyor holdagi qoplagichlarning uzunligi 40 mm atrofida bo‘ladi, bunda sterjenning diametri, qoplagichning asosga mahkamlanadigan quloqlari hisobga olinadi. Shuning uchun asosning eni ham shuncha bo‘lishi kerak (31- rasm). Sterjenni tutib turadigan qoplagichlar shakldor bo‘lishi, sterjenni zich ushlab turishi va quloqlari bilan asosga mahkam o‘rnatilishi kerak. Asosiy kuch yuqoridagi qoplagichga tushishini nazarda tutib, uning enini ostki qoplagichga nisbatan kengroq va qolgan o‘lchamlarini bir xil qilish lozim (33-rasm). stki cheklagichning konstruktsiyasini tokchasining eni 15 mm, uzunligi asosining kengligiga baravar odatdagi 0° li burchaklik sifatida tasavvur qilish mumkin (34-rasm). Eshik lo‘kidonidagi hamma Detallarning konstruktsiyalari ishlab chiqilgach, ularning asosdagi o‘rinlarini hamda o‘rnatilish yo‘llarini topish lozim. Bunda sterjenning yuqoriga va pastga bemalol harakatlanishidan tashqari, kerakli holatlarda to‘g‘ri qotirilishini ham hisobga| olish shart. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling