Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Kommunikativ kompetensiya


Download 1.28 Mb.
bet27/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Kommunikativ kompetensiya:
texnologiyaga oid atamalarni xorijiy tillarda o‘rganish, so‘z boyligini oshirib borish; jamoa bilan ishlashda jamoa fikrini qo‘llab-quvvatlash, o‘z hissasini qo‘sha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Mis buyumlarining turlari:
Lavxo‘ri — ovalsimon yoki to‘rtburchak mis laganlarning lablari yon tomonga qayrilgan bo‘ladi. Bu laganlar o‘simliksimon, geomatrik va ramziy naqshlar bilan juda nafis qilib bezatilgan. Dulava — tuxumsimon yoki to‘rtburchak shakldagi mis laganlarning yon tomonga qayrilib yana davom etib pastga qayrilgan bo‘ladi. Bunday laganlar juda chiroyli qilib ishlangan.
Qoshiqchilik — qoshig‘i, tuxumsimon yoki to‘rtburchak mis laganlarning yon tomonga qayrilib yana davom etib pastga qayrilgan, lablari kungurali bo‘ladi. Yuz, qo‘l yuvishda dastsho‘y va oftobalar ishlatiladi. Suv kaltirish uchun satil, suv olish uchun sarxum, non isitish uchun nondon va boshqa ro‘zg‘or buyumlar shaklining o‘ziga xosligi har bir vohalarda o‘ziga xos tuzilishga ega.
Sarxum — katta xumlardan suv olishda ishlatiladigan mis idish shakli krujkaga o‘xshash, lakin uning hajmi katta bandi esa juda chiroyli bo‘ladi. Sarxumni qo‘yib yoki yasama usulda yasaladi va bazaladi.
Shabaka — mis idishlarga mayda qilib teshib ishlangan panjara. Toshkentda «Sumbarno» deb yuritiladi. Shabaka bu misgarlikda taxnikaviy uslub hisoblanadi. Ov do‘mbirasi — dovul, pul saqlanadigan qalamdon, shamdon, bezaklar saqlanadigan quticha (sandiqcha), qalam solinadigan mischilim, qirg‘ich, qoshiqchalar, manqal shu kabilar misdan yasalgan.
O‘sma jo‘shak — o‘sma ezish va qosh bo‘yash uchun hamda turli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladigan mis idishcha. Bu idishchani uchta oyog‘i hamda dastasi bo‘ladi. O‘sma jo‘shakni kandakor islimiy naqshlar bilan bazagan. O‘sma jo‘shak uzum bargi shaklida ham bo‘ladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling