Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Download 1.28 Mb.
bet33/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Duradgorlikda bir necha xil daraxt turlaridan foydalaniladi. Quyida shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:
Terak. Baqa va mirza terak turlari mavjud bo‘lib, ular bir-birlaridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Baqa terakning po‘stlog‘i oq-ko‘kish rangli, silliq bo‘lib, tananing pastki qismida chatnog‘i bo‘ladi. Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mirza terakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi to‘g‘ri, baqa terakka nisbatan kam shox bo‘ladi, undan yaxshi sifatli xoda olinadi. Shumtol. Shumtol yog‘ochi och-qizg‘ish rangli, puxta, pishiq, egiluvchan bo‘lib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalaniladi va yaxshi pardozlaniladi. Mayin tolali, yillik xalqalari aniq bilinadi, tabiiy guli chiroyli. Bug‘langan holda yaxshi egiluvchan bo‘ladi. Shumtol mebel sanoatida, faner tayyorlashda, kemasozlik,
vagonsozlik, samalyotsozlik korxonalarida ishlatiladi. Qarag‘ay. Qarag‘ayning po‘stlog‘i qalin, to‘q jigar rang, yog‘ochi oq-qizg‘ish rangli, to‘g‘ri qatlamli, engil, puxta, smolali bo‘lib, namga chidamli. Buk (qora qayin). Qora qayin sarg‘ish-qizg‘imtil tovlanadigan oqish tusli, radial qirqimi bo‘yicha chiroyli tabiiy gulli, namga chidamsiz, qattiq qovushoq yog‘ochdir. Shuning uchun undan egib ishlanadigan mebellar, randalangan faner, chizmachilik asboblari tayyorlanadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi. Nok qizg‘ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir tekis zichlikka ega, qattiq va silliq yog‘och. Ishlov berish qulay. Nok 150-300 yilgacha yashaydi. Dub (Eman). Eman yog‘ochi to‘q-jigar rangli, yillik xalqalari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tolali bo‘ladi. Mexanikaviy xossalari juda yuqori, ishlash qiyin, zichligi katta. Suvda chirimaydi, namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shuning uchun undan yer osti qurilishlarida, mashinasozlikda, mebellarni fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi. Chinor. Chinor daraxtining po‘stlog‘i qizg‘ish sariq tusli, silliq, yupqa bo‘ladi. Yog‘ochi pishiq-puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, qizg‘ish-qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling