Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf
Download 1.28 Mb.
|
5 sinf texnologiya ogilbollar
Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish b) Topshiriqlarni tekshirish c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish Yangi mavzu bayoni: Mahalliy hududda o‘sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog‘och turlarini o‘rganish Mamlakatimiz o‘rmonlarida daraxtning 100 dan ortiq turlari o‘sadi. Daraxtning hamma turlari ikkiga: ignabargli (qora qarag‘ay, qarag‘ay, tilog‘och, archa va hokazo) hamda bargli (eman, qora qayin, qayin, tog‘terak va xokazo) daraxtlarga bo‘linadi. 40- rasmda daraxtning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan. Xar bir turining yog‘ochligida o‘ziga xos guli (teksturasi) bo‘ladi (41- va 42- rasm). Bargli daraxt yog‘ochliklarining gullari ignabargli daraxt yog‘ochliklarining gullariga nisbatan xilma-xil va chiroylidir. Ishlov berish qiyinligi jihatdan yog‘ochlik: yumshoq (tog‘terak, jo‘ka, qarag‘ay va hokazo), qattiq (eman, qayin va hokazo), juda qattiq (oq akas, qora qayin va hokazo) yog‘ochlarga bo‘linadi. Yog‘ochlik yuqori darajada mustahkam bo‘lib, unga kesuvchi asboblar bilan yaxshi ishlov bersa bo‘ladi. Yog‘ochdan yasalgan detallarni osongina elimlash, mixlar va burama mixlar yordamida biriktirish mumkin. Yog‘ochdan yasalgan buyumlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli chiqadi. Lekin yog‘ochning kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, u namlik ta’sirida buziladi, quriganida qiyshayadi, tezroq qorayadi. Yog‘ochning ko‘zlari va qurt teshgan joylari ham uiing nuqsonlari hisoblanadi. Bu kamchiliklar sanoat ishlab chiqarishida yog‘ochdan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi, ammo ular bezakdor buyumlar tayyorlashda katta yordam berishi mumkin. Quyidagi qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan ba’zi bargli va igna bargli yog‘ochlarning turlari, tashqi belgilari va xossalari bilan tanishib o‘tamiz. Archa. Archa daraxtining pustlog‘i qalin, qoramtir kul rang bo‘lib, yog‘achi serbutoq bo‘lganligi uchun ishlash qiyin. Mayin qatlamli bo‘lgani uchun o‘zak nurlari ko‘rinmaydi. Kam smolali, nam ta’siriga chidamsiz. Archa qurilishda, stellyuloza-qog‘oz sanoatida, oddiy mobellar, tarralar tayyorlashda ishlatiladi. Tilog‘och. Tilog‘ochning po‘stlog‘i qalin, qoramtir-sarg‘ish rangli bo‘ladi. Yog‘ochi mayin qatlamli, yillik xalqalari aniq bilinadigan, qizg‘ish jigarrang, qarag‘ayga qaraganda puxta bo‘ladi. Ortiqcha smolali bo‘lgani uchun ishlash qiyin. Uni gidrotexnik inshoatlarda, yer osti qurilishlarida, shpal tayyorlashda foydalaniladi. Qurilish va vagonsozlikda eman yog‘ochining o‘rnida ishlatsa bo‘ladi. Shamshod och sariq rangli va taramli bo‘ladi. Juda qattiq va ishlov berish qiyin. Shamshod daraxti 3000 yilgacha yashaydi. O‘rik qizg‘ish rangdagi serjilo yog‘och. Tarmlari yaqqol ko‘rinadi qattiq va zich, ishlov berish qiyin. Taramlari kam seziladi. O‘rtacha qattik va zich yog‘och. Ishlov berish uchun qulay. 15-20 yilgacha yashaydi. O‘zbekistonda o‘sadigan boshqa daraxtlarning yog‘ochlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ulardan tegishli xususiyatlarini xisobga olgan xolda foydalaniladi. Yong‘oq. Yong‘oq daraxtining po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin, silliq. Keksa yong‘oq daraxtlarida tananing pastki qismida po‘stlog‘ning chatnog‘i bo‘ladi. Yog‘ochi qoramtir rangli, puxta-pishiq, qattiq, ishlash qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi, o‘ymakorlik, pardoz ishlarida foydalaniladi. Yog‘ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash Yog‘ochning sifatini kuzatish va sinab ko‘rish usullari bilan aniqlanadi. Kuzatish orqali yog‘och olinadigan daraxtning tanasi va butoqlari qanchalik to‘g‘ri, bir tekis yo‘g‘onlikda ekanligi hamda sog‘lomligi aniqlanadi. Ko‘p daraxtlarning tanasidan eng asosiy yog‘och olinadi. Daraxtning yog‘och olinadigan qismlari qanchalik to‘g‘ri, uzun va tekis yo‘g‘onlikda hamda sog‘lombo‘lsa, shunchalik yuqori sifatli bo‘ladi. Bunda yog‘och tanasidan yonga butoq va shoxlar ko‘p o‘sgan bo‘lsa, bunda yog‘ochning po‘st joylari ko‘p bo‘lishi natijasida yog‘och sifati pasayadi. Tanasi bukilib yoki buralib o‘sgan, to‘g‘ri yoki kalta bo‘lgan daraxtning yog‘ochi kerakli maqsadlarda foydalanish uchun yaproqsizligi sababli past sifatli xisoblanadi. Shu bilan birga bu daraxtlarning yog‘ochidan har turli mayda buyumlar yasash uchun qulay bo‘lgan holda shunday maqsadlarga sifatli yog‘och deb hisoblanadi. Bulardan tashqari yog‘ochning sifatini uning zax va namligiga, suvda va zararli mikroorganizmlarga hamda yog‘ochni kemiruvchi qurtlarga chidamlilik darajasi bilan ham belgilanadi. Tabiiy quritishda yog‘ochlar to‘g‘ri holda saqlanadi. Bunda: 1. Yog‘och saqlanadigan joy maydonining atrofi va usti nishab bo‘lib, yog‘insochin suvlari to‘planmasligi kerak. 2. Yog‘och materiallari tagida va atrofida poyraxa, arra tuponi, chirigan tarasha, yoki daraxt po‘stlog‘i va axlat bo‘lmasligi kerak. 3. Yog‘och saqlanadigan ombor, imoratlar maydonidan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lib, panjara yoki sim to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. 4. Yog‘och materiallar maxsus poydevorga o‘rnatilgan taglikka taxlanishi zarur. Ularning shu tarzda taxlangan tupi shtabel deb ataladi. 5. Shtabellar ostiga qo‘yiladigan yog‘och taglik antiseptik moddalar bilan bo‘lishi kerak. Yog‘ochning nuqsonlariga zararkunandalar etkazadigan, yog‘ochni quritish va saqlash davrida har xil bo‘ladigan hamda tabiiy nuqsonlarga bo‘linadi. Yog‘och zararkunandalari o‘sib turgan daraxtlarga va yog‘och buyumlarga zarar etkazuvchi yog‘och zamburug‘lari, yog‘ochxo‘r qo‘ng‘izlar hamda yog‘och kemiruvchi qo‘ng‘izlardan iborat. Yog‘och zamburug‘lari daraxtlarning yog‘och qismini ayniqsa o‘zagini hamda turli yog‘och qurilmalarini chiritadi. Ular yog‘och tanasini turli joylariga zarar etkazish natijasida hosil bo‘lgan o‘zgarishlar 42-rasmda ko‘rsatilgan. Yog‘ochning ushbu zararkunandalariga qarshi turli kimyoviy moddalar yordamida kurashiladi. Yog‘och va yog‘och materiallarni quritish va saqlash davrida hosil bo‘ladigan nuqsonlarga uning noto‘g‘ri quritilishi natijasida egilishi, buralishi, yorilish hamda quruq va shamollatiladigan joyda saqlamaslik natijasida cherish og‘och zamburug‘lari yog‘ochxo‘r va yog‘och kemirar qo‘ngizlardan himoya qilmaslik natijasida kelib chiqadigan shikastlanishidan iborat. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling