Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf
Download 1.28 Mb.
|
5 sinf texnologiya ogilbollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duradgorlik go‘niyasi
- Porsi go‘niya
Yangi mavzu bayoni:
Rejalash deganda chizmadagi shakl va o‘lchamlarni rejalash asboblari yordamida yasaladigan buyumning zagotovkasiga ko‘chirishni tushunish lozim. Qandaydir biror buyumni tayyorlashdan oldin uning zagotovkasini rejalash, ya’ni ishlov beriladigan chegaralarini chiziqlar bilan belgilab olish lozim. Duradgorlikda masshtabli lineyka, go‘niya, porsi go‘niya, xatkash kabi nazorat o‘lchov va rejalash asboblaridan foydalaniladi. Rejalashni kalamda rejalash asboblari (masshtabli chizg‘ich, duradgorlik go‘niyasi,) yordamida chizmaga, eskizga, texnik rasmlarga muvofiq bajariladi. 45-rasmda rejalash asboblaridan ayrimlarining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Duradgorlik go‘niyasi (46-rasm, a, b) bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashadngan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchak ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchaklarni tekshirishga mo‘ljallangan. Masshtabli chizg‘ich (46-rasm, v) o‘lchamlarni aniqlash va ularni zagotovkalarga qo‘yish, ishlov berilgandan keyingi o‘lchamlarni tekshirish uchun, shuningdek, to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Porsi go‘niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining burchaklari; javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya lineykasi kundaga 450 burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Xatkash -aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-teshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli, ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri burchakli detallarni (46-rasm, a, b) rejalashda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak: 1. Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi o‘lchash boshlanadigan chiziq ustida turishi lozim. 2. O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshla- nadigan chiziqqa nisbatan noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Rejalash - mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan buyumning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur. Rejalashni dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya bilan bajariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart. Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyorlanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar belgilanadi. Ana shu tomonni baza tomon deyiladi yog‘ochni tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdorda detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq xisoblab chiqish lozim. Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga keltirish uchun yog‘ochning ma’lum qatlami kesuvchi asbob yordamida olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi. Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza tomondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2-3 belgi qo‘yilgan (47- rasm). Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib qalamda kontur chizig‘I chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish uchun esa uning asosini zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng qo‘l bilan qalamni o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi (48-rasm). Yog‘ochni o‘lchash va rejalash asboblariga chizg‘ichlar, matr, ruletmetr, go‘niyalar, xatkash transporti va o‘lchov andozalari kiradi. Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bo‘lingan xolda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi. Uzunligi bir metr chiziqlarni metr deb ataladi. Ruletmetr uni olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun o‘rama shaklida yasaladi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling