Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf
Download 1.28 Mb.
|
5 sinf texnologiya ogilbollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish b) Topshiriqlarni tekshirish c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish Yangi mavzu bayoni: Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi, o‘yuvchi va nov iskanalarga bo‘linadi (64- rasm, a, b, v). Yo‘nuvchi iskanalar yordamida yo‘nish yo‘li bilan taxtalarning chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari hamma vaqt o‘yuvchi iskanalar yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan qat’iy nazar ularning eni turli o‘lchamda tayyorlanadi. Iskanalar bir tomondan charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18-350, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik burchagi 25- 350 atrofida bo‘ladi. Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, yong‘oq kabi pishiq yog‘ochlardan tayyorlanib, uchiga metall xalqa kiydiriladi. Iskanalarning dastalari tayyorlashda plastmassadan ham foydalaniladi. Iskana bilan ishlaganda dastgohni shikatlamasligi uchun ishlanayotgan buyumning ostiga ehtiyot taxtasi qo‘yib ishlanadi. Bolta (65-rasm) bilan yog‘ochni chopiladi, unda teshiklar, ariqchalar ochiladi va yog‘och konstruksiyalarning ayrim detallari moslanadi. Bolta bilan yog‘ochni yorish, chopish va yo‘nish mumkin. Yo‘nish deganda yog‘ochdan payraxa ajratish tushuniladi. Yog‘ochni yo‘nilganda undan payraha ko‘rinishidagi yupqa tarasha olinadi. Bolta bilan yo‘goch tolalariga ko‘ndalag urib, uni bo‘lib tushirilsa bu operatsiya chopish deyiladi. Chopishda bolta bilan tolalarga ko‘ndalang yo‘nalishda zarb beriladi va ular kesiladi. Xodalarga odatda bir, ikki, uch, to‘rt qirrali va dumaloq bo‘ladigan qilib ishlov beriladi. Yangi mavzuni mustahkamlash. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Iskanalar qanday turlarga bo‘linadi? 2. O‘yuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi? 3. Yo‘nuvchi iskanalarni tig‘i qanday shakllarda bo‘ladi? 4. Kesuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi? 5. Iskana bilan ishlashda qaysi xavsizlik qoidalariga rioya qilish shart? Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling