Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 1.28 Mb.
bet49/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: po‘lаt, yog‘оch vа plаstik bоlg‘аlаr, mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Yog‘och qismlarini yig‘ishda iskanalar yordamida o‘yish-teshish ishlarini bajarishda duradgorlik bolg‘alari va yog‘och to‘qmoqlardan foydalaniladi.Duradgorlik bolg‘alari kvadrat, doira muhrali bo‘lib, uchki qismi har xil ko‘rinishda bo‘ladi (66-rasm, a-b). Ayrim bolg‘alarning uchki qismi mix sug‘urishga moslangan. Duradgorlik bolg‘alarining muhrasi tekis va silliq bo‘lishi, qavariq va ezilgan joylari bo‘lmasligi kerak. Qavariq va ezilgan muhrali bolg‘alar yog‘och sirtini ezib, tekisligini buzadi. Yog‘och qismlarini biriktirish, jipslash hollarida bolg‘a urilayotgan sirtlar ezilmasligi uchun ularning ustiga qattiq yog‘ochlardan ehtiyot taxtasi qo‘yiladi. Qismlarni mixlash yo‘li bilan biriktirishda mixning sirtga tik qoqilishiga, ularning egilib yog‘ochni ezib qo‘ymasligiga e’tibor beriladi. Mix kallagini yog‘ochga bolg‘alab botirilmasdan balki uning ustiga sumba qo‘yib qoqiladi. Aks holda bolg‘aning notekis tushishi oqibatida sirt ezilib qoladi. Iskana bilan o‘yish-teshish ishlarini bajarishda dastani ezib qo‘ymaslik uchun bolg‘a o‘rnida yog‘och to‘qmoqdan foydalanish ma’qul (65- rasm, v). Yog‘och to‘qmoqning muhrasi katta va tekis bo‘lib, iskana dastalarini, yog‘och sirtlarini ezmaydi, uning yordamida bolg‘alash qulay. O‘quvchilar o‘yish-teshish vaqtida bolg‘ani qo‘llariga urib olmasliklari uchun ko‘zlarini dastadan olmaydilar, tig‘ga esa e’tibor bermaydidar. Buning natijasida iskana rejadan chiqib, yog‘ochni o‘yib qo‘yadi. Shuning uchun buyumlarni yig‘ish, qismlarning jipsligini ta’minlash, iskanalar bilan ishlashda yog‘och to‘qmoqlardan foydalaniladi. Yog‘och to‘qmoqlar qayrag‘och, chinor, akastiya tut kabi qattiq pishiq yog‘ochlardan randalab yoki yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogida yo‘nib ishlanadi. Po‘lat va plastik bolg‘alar va to‘qmoqlar bilan metallga ishlov berish texnologiyasi bo‘limida tanishgansiz.


  1. Download 1.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling