Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Matallar qanday xususiyatlarga ega?
2. 2-3 ta qotishmalar nomini ayting.
3. Tunuka qanday turlarga bo‘linadi? Ularning farqini ayting?
4. Tunukadan va simlardan qanday buyumlar tayyorlanadi?
5. Tunukadan buyum tayyorlovchi usta qanday nomlanadi?
6. Sim dab nimani aytiladi?
7. Simdan qanday buyumlar yasash mumkin?
8. Spiral prujinani va zanjir uchun halqalarni qanday usullar bilan yasaladi?
9. Simlarni bukishning turli usullarini tushuntiring va ko‘rsating.
10. Simlarni bukishda foydalaniladigan asboblar va moslamalarni ayting.
11. Boshqotirgichni yasash tartibini tushuntiring.
12. Sim bilan ishlashdagi xavfsizlik taxnikasi qoidalarini so‘zlab bering.
II dars-Amaliy-laboratoriya ishi:
Metall va qotishmalar turlari bilan tanishish
Jihozlar:
Metall tunuka va sim namunalari (qora va oq tunuka, yupqa va qalin tunuka,po‘lat va mis sim).
Ish bajarish tartibi:
1. Metall va qotishmalar namunalari tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqing.
2. Har bir namunaning rangini aniqlang.
3. Mazkur namunaning qora yoki rangli metall turiga mansubligini aniqlang.
4. Har bir namunadagi metall yoki qotishma nomini aniqlang.
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Fan: TEXNOLOGIYA (o‘g‘il bolalar)
Do'stlaringiz bilan baham: |