Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Download 1.28 Mb.
bet22/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Yangi mavzu bayoni:

Metallga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq hunarmandchiligi elamantlari:
Xalq hunarmandchiligi asosida metallarga badiiy ishlov barish mexanik usulda (o‘ymakorlik, zarb qilish) hamda himoyalovchi bezak qatlami bilan qoplash (sirlash, zarhallash, kumush bilan hallash) usullari bilan amalga oshiriladi. Qadimdan o‘ymakorlik metallarga badiiy ishlov berishning keng tarqalgan metodlaridan biri hisoblanadi. O‘ymakorlikda muayyan shakllar va naqshlar zagotovkaga o‘yib tushirilidi. Zarb qilish – buyumga sovuqlayin ishlov berish, ya’ni shtamp yoki o‘yma tasvirga bolg‘a bilan zarb berish yo‘li bilan bo‘rtma tasvir hosil qilish jarayoni. Zarb qilish mexanizatsiyalashtirilgan yoki qo‘lda ishlov berish orqali amalga oshirilishi mumkin. Zarb qilinadigan material sifatida odatda oltin, kumush, mis, alyuminiy kabi metallardan foydalaniladi. Sirlash juda qadimdan qo‘llanilib kelingan bezash elementi bo‘lib, u metal yuzasiga tez erivchan, murakkab tarkibli shishani qoplash yo‘li bilan amalgam oshiriladi. Sirlashda qo‘llaniladigan emallar issiq va sovuq, shaffof va rangli bo‘lishi mumkin. Metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumot: Ma’lumki, har bir kasb-hunarning o‘ziga xos atamalari, nomlari mavjud. Mazkur atama va nomlar bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy ma’lumotlarni o‘rganish shu kasb-hunarni paydo bo‘lnshi va rivojlanishi hamda jamiyatda tutgan o‘rni, ahamiyati haqida fikr yuritishga asos bo‘la oladi. O‘tmishda metallsozlik kasbining degrezlik, temirchilik, pichoqchilik, chilangarlik, taqachilik, qulfgarlik, anjomasozlik, ignachilik, mixgarlik, misgarlik, mo‘xrkanlik, zargarlik singari sohalari bo‘lgan. Bu sohalarning yuzaga kalish tarixi juda qadimiy bo‘lib, ular maxsus tarminlar bilan ataladigan o‘ziga xos xomashyolari, ishlab chiqarish kurslari, taxnologiyalari bilan ajralib turgan. Metallardan yasaladigan buyumlarni - modiiy hayot vositalarini ishlab chiqarish uchun darkor bo‘lgan ish qurollari; kundalik hayotda ishlatiladigan buyumlar, ro‘zg‘or asbob-anjomlari; turar-joy qurish uchun zarur bo‘lgan metall buyumlar; mudofaa qurollari; bezak ashyolarini ishlab chiqarganlar. Xalq hayotida aloxida ahamiyat kasb etgan yuqorida qayd qilingan ayrim tarmoqlari shu sohalari bilan shug‘ullanuvchi kishilar turadigan joy, maskanlarda toponimlar shaklida saqlanib kolgan. Quyida shular xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling