Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Kommunikativ kompetensiya


Download 1.28 Mb.
bet38/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Kommunikativ kompetensiya:
texnologiyaga oid atamalarni xorijiy tillarda o‘rganish, so‘z boyligini oshirib borish; jamoa bilan ishlashda jamoa fikrini qo‘llab-quvvatlash, o‘z hissasini qo‘sha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Duradgorlik dastgohi:
Duradgorlik dastgohlarida yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma’lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi xar hildir. Shulardan biri 43- rasmda ko‘rsatilgan. Duradgorlik dastgohlari turlicha bo‘lsada, ularning hammasida yog‘och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog‘och qopqoq bo‘ladi. Asosda stol o‘rnatilgan bo‘ladi. Stolning asosiy qismlari bo‘ylama va ko‘ndalang tiskilardan, ponalar o‘rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar qo‘yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish o‘rniga individual asbob uskunalar, yog‘och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o‘rnatiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg‘a kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratib o‘rnatiladi. Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak (44-rasm). Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi (45-rasm). Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov eriladigan detal mustahkamlanadi yoki bo‘shatiladi. Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin:
Dastgoh yonida turing va qo‘llaringizni cho‘zib, kaftlaringizni dastgoh ustiga qo‘ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo‘llaringizni bukishga to‘g‘ri kelmasa emak, dastgohning alandligi to‘g‘ri o‘rnatilgan.Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va keyingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni dastgohdagi uyalarga faqat to‘qmoq yordamida o‘rnatish lozim. Dastgoh qopqog‘ini kesuvchi va zarb beruvchi asboblar shikastlashidan saqlash kerak.
Qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari:
Yog‘ochlargi qo‘lda ishlov berish asboblari juda ko‘p bo‘lib ularning ayrimlari xaqida o‘xtalib o‘tamiz. Iskanjalar buyumni ishonchli tutib tura olishi, ularning siqib turuvchi qismi deformastiyalanmagan bo‘lishi talab qilinadi. Bolg‘a, kuvalda va boshqalar muhrasi tekis bo‘lishi, chuqurcha yoki yorilgan joylari bo‘lmasligi, mustahkam tutqichga ega bo‘lishi kerak. Bolg‘a va kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yog‘och turlaridan ishlanadi. Yumshoq, mo‘rt yog‘ochdan ishlangan tutqichlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Bolg‘a va kuvalda silliq, oval kesimli, tutib turiladigan tomoni yo‘g‘onlashib boradigan shaklda bo‘lishi kerak. Tutqich yuzasi silliq, tekis bo‘lishi, yoriq va payraxalari bo‘lmasligi kerak. Egov, iskana, arra va boshqa shu kabi asboblar keyingi qismiga yorilib ketishning oldini oluvchi metallar halqali tutqichlar o‘rnatiladi. Tutqich uzunligi asbob o‘lchamiga mos kelishi ta’minlanadi. Asbob og‘irligi va o‘lchami unda ishlovchi o‘quvchining yosh xususiyatlariga
mos bo‘lishi lozim. Qayd etilgan asboblardan tutqichi bo‘lmagan, nosoz bo‘lgan holda foydalanish ta’qiqlanadi. MetalLga ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko‘zoynaklari taqiladi. Ishlab chiqarish ustalari himoya ko‘zoynaklaridan foydalanishni nazorat qilishlari kerak.
Arralar to‘g‘ri kerilgan va charxlangan bo‘lishi kerak. Arra tutqichlari mustahkam o‘rnatilgan, silliqlab tozalangan bo‘lishi kerak. Randalash asboblari tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega bo‘lishi kerak. Kolodkaning keyingi qismi tumtoqlangan tutqichi silliqlangan bo‘lishi kerak. Randalash asbobi yo‘nish qismi to‘g‘ri charxlangan, yog‘och kolodkaga mustahkam va zich o‘rnatilgan bo‘lishi, yorilgan joylari va chuqurchalari
bo‘lmasligi kerak.


  1. Download 1.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling