Fan va innovatsiyalar vazirligi oriental universiteti pedagogika fakulteti
II.BOB. Kichik maktab yoshi o`quvchilarining psixologik xususiyatlari
Download 41.77 Kb.
|
Kichik maktab yoshida liderlik sifatlarining shakllanishi
II.BOB. Kichik maktab yoshi o`quvchilarining psixologik xususiyatlari
2.1. Kichik maktab yoshi o`quvchilarida liderlikning namoyon bo`lishi Bolalarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha boshlang’ich sinflarda o’qishi yillariga to’g’ri keladi. Bunday bolalar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan bo’ladilar. Bu rivojlanish ularning o’yin va amaliy faoliyatlarida namayon bo’ladi. Faol fikr qilish ular uchun harakterlidir. Bunday o’quvchilariga o’qituvchida aloxida diqqat bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashi dastlabki paytlarda o’quv vazifalarini bajarishni o’yin va amaliy faoliyatni bilan bog’lab olib borish kerak. Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u xakidaga fikr va baxolariga karab uzlariga uzlari baxo beradilar.O’quvchining uziga uzi beradigan baxosi asosan tugridan tugri o’qituvchining beradigan baxosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffakiyatlariga boglik.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda uz uziga beradigan baxolari turlicha –yukori , adekvat,past bulishi mumkin.Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiklik, tashki ta’sirlarga beriluvchanlik,itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffakkiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin.Bu davrda muvaffakkiyatga erishish motivlari tarkib topish bilan bir katorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mehnatsevarlik asosan o’qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada uz kilayotgan mehnati unga zavk bergan takdirdagina yuzaga keladi.Bolada mustaqillik xusuiyatining shakllanishi asosan kattalarga boglik.Agar bola xaddan ziyod ishonuvchan, itoatkor,ochik xususiyatli bulsa unda asta sekinlik bilan buysinuvchanlik mustaqil bo’la olmaslik xususiyati mustahkamlana boradi. Lekin bolani vaqtli mustaqillikga undash unda quloqsizlik yopiqlikni shakllanishiga olib keladi va hayotiy tajribalarni asosan kimlargadir taklid qilgan xolda uzlashtiradi Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. SHuningdek shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki,unda bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin .Ana shu his bolada mustaqil bulishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. 7-11 yoshli davrda bolalar o’zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani uz-uzini anglashi ham jadal rivojlana boradi. Kichik maktab yoshidagi asosiy psixologik o’zgarishlar. Bu yoshda xulq-atvorning axloqiy normalari intensiv shakllana boshlaydi. Kichik yoshdagi o’quvchilar bu normalarni o’zlashtirish uchun psixologik jihatdan tayyor bo’ladilar. O’qituvchi ulardagi ijobiy axloqiy sifatlarni rahbatlantirishi,, salbiylari shakllanishining oldini olishi zarur. Bu yosh davridagi bolalarning o’zaro munosabatlari asosan tashqi hayotiy shart-sharoitlar va tasodifiy omillar bilan belgilanadi (bir partada o’tirishi, bir uyda yashashi va h.k.). Lekin o’qituvchi ular uchun eng asosiy referent shaxs sifatida idrok qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida liderlik sifatlarini shakllantirishda ularning yosh, psixologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, layoqat, qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olish kutilgan natijaning qo‘lga kiritilishiga yordam beradi. Liderliklik layoqatiga egalik shaxsning jamoa faoliyati ni uyushtirish, ijtimoiy, shu jumladan,ma’naviyma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda tashkiliy masalalarni muvaffaqi yatli hal qilish, tadbirlarni metodik jihatdan maqsadga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash hamda tadbirlar jarayonida har bir ishtirokchi tomonidan muayyan vazifalarning bajarilishkga rahbarlik qilish ehtiyojining mavjudligini ifodalaydi. Jamoa faoliyatini uyushtirishda tashkilotchi shaxs o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish, mas’uliyatni chuqur his etish, dadil harakatlanish, berilgan so‘z (va’da)da qat’iy turish, har bir a’zoga nisbatan talabchan bo‘lish, jarayon natijasi uchun javobgarlik hissini tuyish kabi sifatlarni o‘zida namoyon eta olishi lozim. Boshlang‘ich ta’lim yoshi psixologik nuqtai nazardan mustaqillik, o‘z imkoniyatlarini baholash va o‘z-o‘zini boshqarish kabi sifatlar shakllanadigan davr sanaladi. Mazkur yosh davri bolalarining turli faoliyat ko‘rinishlario‘yin, mehnat va ta’lim jarayonlaridagi ishtiroklari ularda faollik, harakatchanlik, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z imkoniyatlarini baholash hamda o‘zlari mansub bo‘lgan mikroguruhda tengdoshlarining xatti-harakatlarini tahlil qilish layoqatlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim davrida sinf rahbarlari hamda fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini tizimli, doimiy kuzatib borishlari o‘quvchilarni o‘z xattixarakatlariga baho berishga o‘rgatadi. Sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin, mehnat va o‘quv faoliyatida erishayotgan eng oddiy muvaffaqiyatlari uchun ham rag‘batlatirib borishlari ularda o‘z imkoniyatini munosib baholash, o‘z kuchiga ishonish, mustaqillik, tashabbuskorlik va maqsadga intiluvchanlik kabi sifatlarni shayutaantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maktabdagi faoliyatlari davrida o‘qituvchilar tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘z atrofida tengdoshlarini ergashtira olish, topshirilgan vazifani bajarishda mas’uliyatli bo‘lish, bajarilgan ishlar natijasi haqida mas’ul sub’ektlarga o‘z vaqtida hisobot berib borish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tez anglash, xatolarni tan ola bilish va uni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatish va bu yo‘lda mustaqil harakat qilishga izchil ravishda o‘rgatib borish pedagogik jihatdan samarali hisoblanadi. Nazariy tahlil natijasida ma’lum bo‘lishicha, manbatarda ''tashkilotchilik" tushunchasining muqobillari sifatida "etakchilik", "liderlik", "sardorlik" va "yo‘lboshchilik" kabi atamalar ham qo‘llaniladi. Mazkur tushunchalar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik mavjud bo‘lib, jamoaning uyushgan holda faoliyat ko‘rsatishida individual shaxslarning ustuvor rolini ifodalashga xizmat qiladi. Download 41.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling