Fanning maqsadi (FM)
|
FM1
|
- talabalarda matеmatik tafakkurni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayoni, jumladan, biologiyaga oid tadqiqotlarning nazariy va amaliy masalalarini yеchish bo`yicha yеtarli matеmatik bilimga ega bo’lish, ulardan foydalana olish va ularni qo'llay bilish ko`nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat
|
FM2
|
- talabalarga matematikaga oid amaliy bilimlarini berish, tegishli tushunchalar, tasdiqlar, matematikaga xos bo’lgan isbotlash usullarini o’rgatish
|
FM3
|
- talabalar olgan bilimlarini mutaxassislik masalalarini yechishga tadbiq eta bilish, ularda mantiqiy mushohada qilish, fazoviy tasavvur hamda abstrakt tafakkur kabi, inson faoliyatining barcha sohalari uchun zarur bo’lgan qobiliyatni shakllantirishdan iboratdir.
|
|
Fanni o‘zlashtirish uchun boshlang‘ich bilimlar
|
1
|
Natural sonlarni yozish, o‘qish, ular bilan to‘rt arifmetik amalni bajara olish va amallarni bajarish tartibiga oid bilimlar bazasiga ega boʻlishlari kerak
|
2
|
Haqiqiy sonlar va ular ustida amallar, koordinatalar metodlari, asosiy elementar funksiyalar, trigonometriya elementlari, algebraik ifodalarni soddalashtirish, ayniyatlarni va tengsizliklarni isbotlash, tenglama va tengsizliklarni yechish usullari o‘zlashtirilgan bo‘lishi zarur.
|
Taʼlim natijalari (TN)
|
|
Bilimlar jihatidan:
|
TN 1
|
to’plam va to’plam elementlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish va to’plamlar ustida amallar bajarish;
ratsional va irratsional sonlar ustida amallar bajarish;
|
TN 2
|
biologiyaga oid masalalarni tenglama tuzish usuli bilan yechish;
chiziqli tenglamalarni yechish usullarini o’zlashtirish;
|
TN 3
|
proporsiya va proporsional miqdorlar haqida tasavvurga ega bo’lish;
to’g’ri va teskari proporsional miqdorlaga doir misol va masalalar yechish;
foizlarga doir masalalarni yechish;
foiz formulalarini biologiyaga oid masalalarni yechishga tatbiq eta olish;
murakkab foizlar va unga doir moliyaviy masalalarni yechish;
|
TN 4
|
matrisalar to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
matrisalar xossalarini o’rganish va ular ustida amallar bajarish;
2- tartibli va 3- tartibli determinantlar to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
determinantni hisoblash va determinantning xossalarini o’rganish;
|
TN 5
|
Dekart koordinatalar sistemasi to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
masalalar yechishda Dekart koordinatalar sistemasidan foydalanishni o’rganish;
|
TN 6
|
funksiya to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
funksiyaning aniqlanish va o’zgarish sohalarini topish;
funksiya grafigini chizishni o’rganish;
elementar funksiyalar to’g’risida tuchunchaga ega bo’lish va ularning xossalarini o’rganish;
masalalarni yechishda elementar funksiyalarning tutgan o’rni bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lish;
|
|
|