Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


rasm. Hasharotlar mexanoretseptor


Download 144.45 Kb.
bet8/16
Sana17.06.2023
Hajmi144.45 Kb.
#1553915
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Hashoratlarning ichki tuzilishi

2 rasm. Hasharotlar mexanoretseptor
sensillalarining tuzilishi.
1 - sezgir tukcha, 2 - kutikula, 3 - kutikula naycha,
4 - ko'rinishi o‘zgargan xivchin, 5 - sezgir hujayraning
periferik о ‘simtasi, 6 - sezgir hujayra, 7 - sezgir hujayraning
markaziy o‘simtasi.
va tuxum qo‘ygichlarda, ayniqsa oyoq va tana bo‘g‘imlarida ko‘p bo‘ladi. Ular juda xilma-xil mexanik ta’sirlarni qabul qilib, harakatlanish (yurish, suzish, uchish) jarayonida tana holatini aniqlash va boshqarish vazifasini bajaradi. Havo oqimi (shamol)ga sezgir mexanoretseptorlar odatda ancha ingichka va tana qoplag'ichi bilan harakatchan qo‘shilgan. Eshitish funksiyasini xordotonal sensillalar, ya’ni skolpoforlar deb ataladigan mexanoretseptorlar bajaradi. Ular har xil chastotali tebranishlar, jumladan tovush tebranishlarini ham qabul qilishga ixtisoslashgan. Ayrim hasharotlar (chivinlar) mo‘ylovlarida joylashgan xordotonal organlar yuqori chastotali tebranishlarga ham sezgir bo‘ladi. Xordotonal sensillalar tebranishni uzoqdan, ya’ni tebranish manbai bilan kontaktsiz qabul qila olish bilan trixoid sensillalardan farq qiladi. Shuning uchun ular asosan hasharotlaming maxsus eshitish organlari - timpanal organlar tarkibiga kiradi.
Hasharotlaming timpanal organlari oldingi oyoqlar boldirida (temirchaklar, chirildoqlar, buzoqboshilar), ko'krakda (suv qandalalari), qorinda (chigirtkalar.jizildoqlar, ayrim qattiqqanotiilar), qanotlarda (to‘rqanotlilar) joylashgan. Timpanal organlar, ayniqsa sayroqi hasharotlarda yaxshi rivojlangan. Ulaming soni 2-4 dan bir necha o‘ngacha va hatto yuzdan ortiq (jiziidoqlar) bo'lishi mumkin.
Temirchaklaming timpinal organlari oldingi oyoqlaming boldir qismida joylashgan ikkita tor tirqish bilan boshlanadi 3-rasm. Bu tirqishlar nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladi. Bo‘shliqning ichki tomonida ikkitanog‘orapardasi joylashgan. Nog‘ora pardaning oralig‘idan traxeya naylari о‘tadi. Bu naylar tovushni kuchaytiruvchi rezonatorlar vazifasini o‘taydi. Timpanal organning asosiy qismi uch guruh skolpoforlardan iborat: Skolpoforlar nog‘ora pardaga va rezonator traxeyalarga tegib turadi.

Download 144.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling