Fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 56.69 Kb.
bet6/9
Sana09.04.2023
Hajmi56.69 Kb.
#1347073
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek xalq musiqasi namoyondalari

IV. Kuylar:
1. Tanovor. xalq kuyi.
2. Qashqarcha. Xalq kuyi.
3. Qo‘shchinor 1. Xalq kuyi.
4. Qori navo. Xalq kuyi.
5. Andijon polkasi. Xalq kuyi.
6. SHarof 1. Xalq kuyi.
6. Dilxiroj. Xalq kuyi.
8. Norim-norim. Xorazmcha raqs.
9. O‘zbekcha vals. H.H.Niyoziy musiqasi.
10. Rohat. M.Mirzaev musiqasi.
11. Jonon. M.Mirzaev musiqasi.
12. Buxorocha raqs. Q.Komilov musiqasi.
Tanlangan asarlar bilan ish olib borish jarayonida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash mazmuni, ya’ni repertuar kundan-kunga boyib bordi. Muayyan ish tajribilarimiz davomida biz yana nimalarga ko‘proq e’tibor berish, xalq qo‘shiqlarining qaysi jihatlariga ko‘proq tayanish lozimligi haqida jiddiy mushohada yuritib bordik, o‘zimizga ma’qul bo‘lgan jihatlarini belgilab, ulardan foydalanishga harakat qildik. Quyida shulardan ayrimlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1. O‘rganish uchun tanlangan har bir qo‘shiqning mavzusi, uning mazmuniga e’tiborni qaratish, o‘quvchilarga bu haqda ma’lumot berish.
2. Har bir qo‘shiq qaysi janrda bo‘lishidan qat’iy nazar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lishi, tomoshabinlar va tinglovchilarni loqayd qoldirmasligi, badiiy pishiq, kishilar xotirasiga tez o‘rnashadigan, yoqimli musiqiylikka ega bo‘lishi.
3. Qo‘shiqlarni yuksak badiiy ijod namunasi bo‘lishi bilan birga, hamma uchun tushunarli bo‘lishiga, she’rda ifodalangan g‘oyaviy mazmunni, lirik his-tuyg‘ularni o‘quvchilar ongiga etkazish.
4. Kuylarning ijrochilik bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarini, ohanglardagi nozik tebranishlarini, avjini va boshqa holatlarni sinchkovlik bilan tushuntirib borish va murakkab joylari ustida qunt bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish.
Folklor qo‘shiqlarini turli bayram va tadbirlar, konsert dasturlariga kiritishda mavzular mutanosibligiga mas’uliyat bilan yondashgan holda, dars dasturida ko‘zda tutilganidek o‘quvchilarning imkoniyatlariga qarab, ijrosi uncha murakkab bo‘lmagan, engilroq, avj pardalari juda baland bo‘lmagan qo‘shiqlarga birinchi navbatda e’tibor berildi. Diapozoni keng, katta mahorat va tajriba talab qiladigan, el orasida mashhur mumtoz qo‘shiqlarni tajriba tariqasida repertuarga kiritdik va bunday qo‘shiqlarni kuylash istagini bildirgan o‘quvchi-havaskorlar bilan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish olib bordik. Ularning ijrolarini muntazam kuzatib bordik. Chunki bu o‘rinda eng yomoni taqlidgo‘ylik va havaskor ashulachilarning imkoniyatlarini bunday qo‘shiqlarni kuylashlari uchun etarli bo‘lmasligi bo‘lib, bu yaxshi oqibatga olib kelmasligi oldindan ma’lum edi.



Download 56.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling