Fan va innovatsiyalar vazirligi
An’naviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari
Download 56.69 Kb.
|
O\'zbek xalq musiqasi namoyondalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. www.tdpu.uz
2.2 An’naviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari
Zaminimizdagi musiqa san'atining rivoji uch ming yilga borib taqaladi. O‘tgan bu zalvorli davrlar mobaynida musiqiy madaniyatimiz juda ko‘p marta o‘zining uzoq rivojlanish davrini bosib o‘tdi va xalqimiz ma'naviy boyligining negizi sifatida ezgulik va taraqqiyot uchun xizmat qildi. Shuning uchun ham biz juda boy, rang-barang, ko‘lami keng, usluban xilma xil, qiymati chin mahnoda bebaho darajali ulug‘vor musiqiy merosga egamiz. O‘rta asrlarda faqat mumtoz ijodkorlik qatlamida «O‘n ikki maqom»dek muhtasham tizim, uning negizida shakllanib bizgacha yetib kelgan Buxoro va Xorazm maqom turkumlari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, an'anaviy ijrochilik va surnay yo‘llari, xalq bastakorlik ijodkorligi, musiqiy dostonchilik san'ati musiqiy madaniyatimizning sarchashmalari sifatida bahramand qilib kelmoqda. Milliy cholg‘ularimizning toifalari ko‘pligi, turfa yakka va jo‘rnavozlik ijro an'analarining o‘ziga xosligi bo‘yicha milliy musiqa san'atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Buxoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar. Ana shunday xalqchil va ustozona qatlamlar orqali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan juda qisqa muddatlarda O‘zbekistonda yanada yangicha, ko‘p ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti uzil - kesil shakllandi, o‘z qiyofasiga ega bo‘ldi, jadal ravnaq topdi. Bunda xalq musiqamiz, ayniqsa, maqomchilik an'analari faqat hayotbaxshlikni ta'minlabgina qolmay, balki mahsuldor zamin bo‘lib xizmat qildi. Buyuk istiqlol tufayli musiqiy madaniyatimiz eski siyosiy - mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo‘ldi. Shu bilan birga, u ko‘hna mumtoz an'analarimizning to‘la tiklanishiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma'naviy barkamol darajada tarbiyalashga misli ko‘rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz aynan mustaqillik davrida ko‘hna maqom ijrochiligi va an'anaviy ijodkorligida yuzaga kelgan yangicha ijodiy salohiyatning tiklanishini kuzatishga muyassar bo‘lmoqdamiz. Diniy-falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular, avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g‘ayri tabiiy tuyulsa ham, bu yo‘nalishga to‘siq bo‘lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik tamoyillarning amaldagi yaqqol ifodasi bo‘lsa kerak. Chunki mumtoz sharq shehriyatida bitilgan ilohiy, tasavvufona mavzular o‘tmish musiqamizda o‘zining ohanrabo, ta'sirchan ifodasini topgan va qadrlangan. Bunday ashulalarning o‘z tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavandalari, muxlislari bor. Buni albatta, hisobga olish zarur bo‘ladi.m Kezi kelganda shuni ham e'tirof etish kerakki, Ovro‘paga turdosh zamonaviy musiqa ijrochiligi bo‘yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli cholg‘ular, akademik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko‘plab iqtidorli yosh musiqachilarimiz voyaga yetmoqda. Ularning aksariyati respublika va chet mamlakatlarda nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kiritishayotgani quvonarli holdir. Xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning xalq ma'naviy hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Musiqiy madaniyat xalq ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo‘lib, uning ma'naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham o‘zining ma'naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. XULOSA O’zbek xalq cholg’ulari, xususan, ko’p ovozli orkestr ijrochiligi yo’lida hali juda ko’p qilinadigan ishlar bor. Xozirgi cholg’ularimiz va ijrochilgimiz ham o’z – o’zidan paydo bo’lib qolgan emas. O’zbek xalq cholg’ularini yanada sifatini yaxshilash, ijrochilik maxoratini oshirish, yangi uslubiyat va repetuarlarni boyitish, biz kabi ijodkor yoshlardan izlanish, o’z ustida tinmay mehnat qilishni taqazo etadi. Inson hayotida qo’shiq – kuyning hamisha o’z o’rni, o’z vazifasi mavjud – u ermak uchun to’qilmagan, bekorchilikdan eshitilmaydigan ma’naviy manbaadir. Qo’shiq va kuylar insonlarni yashashga xattoki kurashga chorlagan, mehnatga, muxabbatga ruhlantirgan, dard-u qayg’usiga malham, baxt- u quvonchiga sherik bo’lgan mo’jizakor ohang sexridir. U xalq orzu – umidlarining ifodasi, xalq ruhiyatining ko’zgusi hisoblanishi shundan. Lekin, afsuski hozirda yoshlar tarbiyasida musiqa san’atidan foydalanishning dolzarbligi ayanchli holdir. Xulosa o’rnida aytishimiz mumkun, San’at ilohiy tushuncha, u insoniyat dunyoga kelgan kundan boshlab uning ong- u shuuriga, yuragiga singib boradi. Bu yorug’ olamni ko’zimiz bilan ko’rgan kundan boshlab, qulog’imiz ostida jarang sochgan ona allasi ohangining sexri bilan biz ona Vatanni, ona Tabiatni, Oilani, Ota– ona singari tushunchalarni anglay boshlaymiz, qalbimizda mehr – oqibat, do’stlik, muhabbat, g’amxo’rlik hislari paydo bo’la boshlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Raximov va boshqalar «Uzbekiston Vatanim manim» 2 kitob. T.,1998 yil. 2. Nurmatov va boshqalar1-3 sinf «Musiqa» darsliklari. T., 2002 yil 3. O. Ibroximov 4 sinf «Musiqa» darsliklari T., 2003yil 4. A. Mansurov 5 sinf «Musiqa» darsliklari T., 2001yil 5. D. Karimova 6 sinf «Musiqa» darsligi T., 2004 yil Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz2. www.pedagog.uz3. www.ziyonet.uz4. www.edu.uz5. tdpu-intranet.PedDownload 56.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling