Fan va Tehnalogiya Universitetining maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs 111-gurux 11talabasi Nizomova Mohira Mamadaliyevna


Download 0.69 Mb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1108917
  1   2   3   4
Bog'liq
1-kurs 111-gurux talabasi Nizomova Mohira Mamadaliyevna

Fan va Tehnalogiya Universitetining maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs 111-gurux talabasi Nizomova Mohira Mamadaliyevna


Mavzu: Tafakkur va tilning o’zaro bog’liqligi

Reja


1 Tafakkur xaqida tushuncha
2 Tilning o’zaro boyligi

Tafakkur- muhim psixologik jarayonlardan biri hisoblanadi. Tafakkur bilan nutq bir-biriga uzviy bog`langan . Shu xususiyatlari bilan ham inson boshqa mavjudotlardan farq qiladi. Har bir narsani inson avval tafakkur qiladi keyin idrok qiladi. Agar ko`z ko`rgan narsalar idrok orqali anglansa Ko`zga ko`rinmaydigan narsalar esa tafakkur orqali tushinilinadi. Qur`oni Karimda ham ‘’ tafakkur qilmaysizlarmi’’ degan jumla keltirilgan. Bu shubhasiz tafakkurni inson hayotidagi o`rni kattaligini bildiradi. Inson o`zini anglashi ham tafakkurdan boshlanadi.Barcha nazariyalar, ta`limotlar, qarashlar barchasi tafakkur mahsuli hisoblanadi.Insonning bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi. Fikr yuritishning sinteziga aylangan yuqori darajadagi bilish jarayoni – tafakkur hamda emotsional bilish organlarining mahsuli, ya’ni sezgilar, idrok va tasavvur materiallariga asoslangan holda namoyon bo‘ladi. Binobarin, tafakkur o‘zi uchun zarur materiallarni emotsional obyektlardan oladi, shu bilan birga, u fikr yuritishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.Tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof muhit bilan bevo- sita bog‘lanadi, so‘ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh miya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyati- ga ega bo‘ladi. Mazkur aks ettirishning adekvatligi insonning amaliy faoliyatida, tabiatni o‘rganish va jamiyatni rivojlantirish jarayonida tekshirib boriladi, ong va aql-idrok yordamida uzluksiz ravishda nazorat qilib turiladi.

Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va oldindan bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir1. Insonning bilish faoliyati vo- qelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi.

  • Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va oldindan bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir1. Insonning bilish faoliyati vo- qelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi.
  • Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular o`rtasidagi bog`lanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yo`l bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va to`laroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo`lmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bog`lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Masalan: bizga ma`lumki, agar yorug`lik nuri shisha prizma orqali o`tkazilsa bu nur spektorni etti rangiga ajralib ketadi. Bu ranglarni biz idrok qilamiz (ko`zimiz bilan ko`ramiz). Lekin fizikadan bizga shu narsa aniqki, bu nurlardan bo`lak yana boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar infraizil, ul’trabinafsha nurlar deb ataladi. Bu nurlarni biz ko`rmaymiz. Bunday nurlarni borligi tafakkur yordami bilan kashf qilingan. Biz tasavvur qilishimiz mumkin bo`lgan ko`pgina hodisalar bor. Biz bu hodisalar to`g`risida faqat fikr yurita olamiz. Tafakkur voqelikni umumlashtirib aks ettirishdir. Biz ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz, tasavvur qilamiz, ammo umuman stol va stul to`g`risida fikrlashimiz mumkin. Umumlashtirish natijasida bir hukmning o`zida ayni vaqtda yakka bir narsa to`g`risidagina fikr qilib qolmasdan, balki shu narsa bilan birga narsalarning butun bir turkumi to`g`risida ham fikr qilish mumkin.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling