Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha


Download 243.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi243.16 Kb.
#1469286
  1   2
Bog'liq
9-dinf



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“Dasturlash asoslarini o‘qitishning dolzarb masalalari” 
o‘quv kursining 
 
 
“9-sinf darsligi asosida amaliy topshiriqlarni bajarish metodikasi” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Xudayberdiyeva Muhayyo Karshiboyevna 
Toshkent 2022 


5-Mavzu: 9-sinf darsligi asosida amaliy topshiriqlarni bajarish 
metodikasi 
 
Reja: 
1. 
Kompyuterda masala yechish bosqichlari 
2. 
Dastur va dasturlash haqida
3. 
Pythonda xatoliklalar bilan ishlash 
4. 
Darsilkda berilgan xatoliklar bilan ishlash 
 
Kompyuterda masala yechish bosqichlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Dastur va dasturlash haqida. 
Dasturlash 

kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar 
uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash 
yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python) vositasida amalga 
oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi inson tiliga yaqinligi tufayli dastur 
tuzish jarayoni ancha oson kechadi. 
Dasturlash 1) elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har 
xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan 
shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning 
mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar 
uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan 
iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda “mashina tili”ga 
oʻtkaziladi. 
Dasturlash 

bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. 
Bevosita Dasturlashda dasturning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va 


mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni dasturchi bajaradi. Avtomatik 
dasturlashda esa dasturchi faqat dastur sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik 
kurinishda yozadi, dastur tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa 
mashinaning oʻzi maxsus dasturlash tili yordamida bajaradi. 
Dasturlash tili dasturlar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret 
mashina komandalari sistemasiga bogliq boʻlmasligi va iboralar strukturasi 
jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab 
ketadi. Iboralar ikki turga 

operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-
biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. 
Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat 
beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi 
(shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga 
boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. 
Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda 
funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik 
programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan 
tayyor holda foydalanish mumkin. 
Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy 
masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik 
modellar uchun simula, takomillashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri 
uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini 
avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili 
ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina 
komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori 
darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi. 
Dasturlashning dastur tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi 
„tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. 
Dasturlar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. 
Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor; 2) matematik 
dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda 

biron-bir 
funksiya fo(x) ning ekstremumini (qarang Ekstremum) topish masalasi tushuniladi.
Dasturlash tillari ishlatilish maqsadiga ko‘ra turlarga bo‘linadi: 
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari: 
• 
Pascal; 
• 
Delphi; 
• 
C#; 
• 
C++; 
• 
Visual Basic; 
• 
ActionScript; 


• 
Python; 
• 
Ruby; 
Pastki qavat tillari: 
• 
Assemler; 
• 
C; 
Skript tillar: 
• 
Python; 
• 
Java Script; 
• 
VB Script; 
• 
Lua; 
Veb-dasturlash uchun dasturlash tillari va texnologiyalari: 
• 
PHP; 
• 
ASP; 
• 
Peri; 
• 
Django; 
• 
MySQL. 

Download 243.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling