Faneralardan xalq hunarmandchilik buyumlarini tayyorlashni o‘rganish


Download 229 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi229 Kb.
#1027016
Bog'liq
2-labaratoriya



Faneralardan xalq hunarmandchilik buyumlarini tayyorlashni o‘rganish.
FANER (frans. fournir — ustmaust qoʻymoq) — yupqa yogʻoch shponlar 
(qatlamlar)ni qatlamqatlam qilib yopishtirib tayyorlangan qurilish materiali. Faner 
shponlari yogʻoch gʻoʻlalarni tarashlab yoʻnish, arralab tilish va sidirib shilish 
usullarida tayyorlanadi. Gʻoʻlani sidirib shilish usuli keng tarqalgan. Bu usulga 
koʻra, bugʻlangan yoki qaynatilgan gula maxsus stanok shpindellariga qistirib 
aylantiriladi. Gʻoʻla oʻqiga parallel oʻrnatilgan uzun tigʻ (pichoq) aylanayotgan 
gʻoʻlaga yaqinlashtirilsa, undan yupqa qatlam (shpon) shilinib ajralib chiqadi. 
Hosil boʻlgan qatlam boʻlaklab qirqiladi va quritiladi. Qurigan shponlar 
qatlamqatlam qilib yelimlanadi. Faner qatlamlari qayin, qayragʻoch, qaragʻay, dub 
va b. daraxt gʻoʻlalaridan tayyorlanadi. Fanerning tunuka qoplangan, oʻtga va 
suvga chidamli xillari ham boʻladi. Ishlab chiqariladigan Fanerning standart 
qalinligi 1 — 19 mm, eni va boʻyi 725—2440 mm ni tashkil etadi. Faner qurilish, 
avtomobilsozlik, vagonsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik, mebel sanoati, 
televizorlar i. ch. va b. da qoʻllanadi (q. Yogʻochsozlik sanoati). 
Mozaika – turli yuzalarga materialning har xil rangdagi mayda bo‘lakchalaridan 
kompozitsiya tuzish usuli. Mozaikaning inkrustatsiya, intarsiya, blokli mozaika, 
marketri kabi turlari mavjud (4-shakl). Inkrustatsiya – yog‘och, metall, teridan 
tayyorlangan buyumlarning yuzalariga sadaf, qahrabo, metall, fil suyagi, 
qimmatbaho toshlardan qilingan shakllardan foydalanib tasvir yoki naqsh hosil 
qilish usuli. Intarsiya – yog‘och asosga rangi va tabiiy guli bir-biridan farq qiluvchi 
turli yog‘och bo‘lakchalaridan hosil qilinadigan mozaika turi. Blokli mozaika 
ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: 1) turli rangdagi va tabiiy gulli yog‘ochlar 
o‘zaro bir necha qatlam qilib yopishtiriladi; 2) hosil bo‘lgan qatlamdan to‘rt qirrali 
yog‘och bo‘laklar kesib olinadi va yasaladigan tasvirga moslab yig‘iladi, so‘ngra 
yelimlanadi; 3) yelimlangan bloklardan ko‘ndalang yo‘nalishda yupqa plastinkalar 
kesib olinadi; 4) shu plastinkalar bilan buyum yuzasi bezaladi. Marketri – oddiy 
yog‘och yuzalariga qimmat yog‘och shponlari bo‘lakchalarini yopishtirish orqali 
tasvir va naqsh hosil qilinadigan mozaika turi. 



Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling