Faneralardan xalq hunarmandchilik buyumlarini tayyorlashni o‘rganish
Download 229 Kb. Pdf ko'rish
|
2-labaratoriya
Faneralardan xalq hunarmandchilik buyumlarini tayyorlashni o‘rganish. FANER (frans. fournir — ustmaust qoʻymoq) — yupqa yogʻoch shponlar (qatlamlar)ni qatlamqatlam qilib yopishtirib tayyorlangan qurilish materiali. Faner shponlari yogʻoch gʻoʻlalarni tarashlab yoʻnish, arralab tilish va sidirib shilish usullarida tayyorlanadi. Gʻoʻlani sidirib shilish usuli keng tarqalgan. Bu usulga koʻra, bugʻlangan yoki qaynatilgan gula maxsus stanok shpindellariga qistirib aylantiriladi. Gʻoʻla oʻqiga parallel oʻrnatilgan uzun tigʻ (pichoq) aylanayotgan gʻoʻlaga yaqinlashtirilsa, undan yupqa qatlam (shpon) shilinib ajralib chiqadi. Hosil boʻlgan qatlam boʻlaklab qirqiladi va quritiladi. Qurigan shponlar qatlamqatlam qilib yelimlanadi. Faner qatlamlari qayin, qayragʻoch, qaragʻay, dub va b. daraxt gʻoʻlalaridan tayyorlanadi. Fanerning tunuka qoplangan, oʻtga va suvga chidamli xillari ham boʻladi. Ishlab chiqariladigan Fanerning standart qalinligi 1 — 19 mm, eni va boʻyi 725—2440 mm ni tashkil etadi. Faner qurilish, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik, mebel sanoati, televizorlar i. ch. va b. da qoʻllanadi (q. Yogʻochsozlik sanoati). Mozaika – turli yuzalarga materialning har xil rangdagi mayda bo‘lakchalaridan kompozitsiya tuzish usuli. Mozaikaning inkrustatsiya, intarsiya, blokli mozaika, marketri kabi turlari mavjud (4-shakl). Inkrustatsiya – yog‘och, metall, teridan tayyorlangan buyumlarning yuzalariga sadaf, qahrabo, metall, fil suyagi, qimmatbaho toshlardan qilingan shakllardan foydalanib tasvir yoki naqsh hosil qilish usuli. Intarsiya – yog‘och asosga rangi va tabiiy guli bir-biridan farq qiluvchi turli yog‘och bo‘lakchalaridan hosil qilinadigan mozaika turi. Blokli mozaika ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: 1) turli rangdagi va tabiiy gulli yog‘ochlar o‘zaro bir necha qatlam qilib yopishtiriladi; 2) hosil bo‘lgan qatlamdan to‘rt qirrali yog‘och bo‘laklar kesib olinadi va yasaladigan tasvirga moslab yig‘iladi, so‘ngra yelimlanadi; 3) yelimlangan bloklardan ko‘ndalang yo‘nalishda yupqa plastinkalar kesib olinadi; 4) shu plastinkalar bilan buyum yuzasi bezaladi. Marketri – oddiy yog‘och yuzalariga qimmat yog‘och shponlari bo‘lakchalarini yopishtirish orqali tasvir va naqsh hosil qilinadigan mozaika turi. Download 229 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling