Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet23/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

Mayatniksimon harakat.

  • Peristal’tik harakat.

  • Ritmik harakat.

    Bu harakatlar ichak devorida uzunasiga va aylanasiga joylashgan mus
    kullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi.
    Mayatniksimon harakatning ro’yobga chiqishida ham aylanasiga, ham uzunasiga yo’nalgan muskullar ishtirok etadi. Bu vaqtda aylanasiga yo’nalgan muskullar qisqarishi natijasida ichakda bir qator qisqarish halqalari paydo bo’ladi. SHu onda uzunasiga yo’nalgan muskullar qisqarishi tufayli ichakning har ikki halqasi oralig’idagi qismi kalta tortib kengayadi, muskul bo’shashganda esa, torayib uzayadi.
    Oqibatda uzunasiga yo’nalgan muskullarning qisqarib bo’shashishi natijasida aylana muskullar hosil qilgan halqalar goh oldinga, goh orqaga harakat qiladi. Agarda ichak devorida shu tariqada ro’yobga chiqayotgan harakatning bir necha marta takrorlanishiga nazar tashlansa, u go’yo mayatnik harakatini eslatadi. Mayatniksimon harakat deyilishiga ham sabab shu.
    Mayatniksimon harakat tufayli ichakda hazm bo’layotgan oziqalar doimo harakatda bo’lib, hazm shiralari bilan yaxshilab, batafsil aralashadi.
    Peristal’tik harakat - ichak bir qismining qisqarishi, shu onda navbatdagi oldingi bo’lagining bo’shashib-kengayishi bilan ifodalanadi. Bu vaqtda ximus ichakning qisqargan joyidan oldinga tomon, ya’ni shu paytda bo’shashib-kengaygan qismi tomon haydaladi. So’ngra ichakning ximus o’tgan shu bo’lagi qisqarib, ximusni kengayib turgan keyingi qismiga suradi. Natijada ximus shira bilan aralashib, siqilib pastga tomon haydalib boraveradi. Agarda ichakning shu harakat to’lkinlarining takroriy yuzaga chiqishiga nazar tashlansa, u go’yo chuvalchang harakatiga o’xshab ketadi.
    Bu harakatning chuvalchangsimon harakat deyilishiga ham sabab shu.
    Ritmik harakat ichak devorida aylanasiga joylashgan muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi va ichakning bir necha segmentlarga, bo’g’imlarga bo’linishiga sabab bo’ladi.
    Ritmik harakatlar tufayli ximus alohida-alohida bo’laklarga bo’linadi, atroflicha aralashadi, shuningdek, ichak devoriga juda taqalib keladi.
    Ichaklarda kuzatiladigan harakat jarayonlari markaziy nerv siste-masi tomonidan idora kilinadi. Jumladan, adashgan nerv qo’zg’alganda ichakning harakatlari ancha jadallashadi, simpatik nerv qo’zg’alganda esa ichak harakatlari sekinlashib, paysallashib qoladi.
    Biroq, ichakning devori markaziy nerv sistemadan impulslar kelmagan paytda ham mustaqil (avtomatik) ravishda qisqarib, harakat qila olish qobiliyatiga ega. Bu vaqtda ichakning harakati uning devoridagi nerv (Auerbax) tuzilmalarining va muskulli elementlarning qo’zg’alishi tufayli ro’yobga chiqadi.
    Ichakning harakati shartli reflektor yo’l bilan boshqariladi. Xilma-xil fizik, ximik, mexanik va emotsional ta’sirlar nerv sistemasi orqali ichak harakatini o’zgarishiga sabab bo’ladilar.

    Download 84.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling