Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet24/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

Yo’g’on ichaklarning hxarakati ingichka ichaklar harakatiga o’xshash.
Ko’r va chambar ichaklarda peristal’tik harakat bilan birgalikda uning aksi - antiperistal’tik harakat ham kuzatiladi. SHu tufayli ichakning bu qismida oziqalar juda yaxshi aralashtiriladi.
Qishloq xo’jalik hayvonlari yo’g’on ichagining oxirgi qismida ritmik harakatlar ancha kuchli ravishda kuzatiladi. Bular ichak bo’shlig’ini vaqtincha mutlaqo bekitib qo’yadi. Bunday harakatlar yo’g’on ichakning go’ng-tezak shakllanadigan qismida, ayniksa ko’zga yaqqol tashlanadi. Yo’g’on ichak harakatining ro’yobga chiqishida ichak shillik pardasining mexanik ta’sirlar yordamida ta’sirlanishi katta ahamiyatga ega. Yo’g’on ichak avtomatiyasi ingichka ichaklarnikidan ancha zaif.
1-ish. Ajratib olingan ingichka ichakning o’z-o’zidan qisqarishi.
(Magnus tajribasi).
1. Quyon orqasi bilan jarrohlik taxtachasiga bog’lanadi va hushidan ketkiziladi (og’riqsizlantiriladi).
2. Qorin devori 8-10 sm. uzunlikda kesilib, qorin bo’shlig’i ochiladi. Ingichka ichak topilib, uning tutqichlari va qon tomirlari bog’lanadi.
3. Ingichka ichakdan 4-5 sm uzunlikda kesib olinadi va 37-38 S li iliq Ringer-Lokk suyuqligiga solinadi.
4. Ichakning bir uchi shu Ringer-Lokk suyuqligiga tushirilgan shisha egri naychaning uchiga bog’lanadi. Ikkinchi uchi esa Engel’man richagiga bog’lanadi. Suyuqlik rezina ballonchasi bilan egri shisha naychasi orqali 0,2ml yuborilib turiladi.
5. Ichak harakati elektrokimografga yozilib boriladi. SHundan keyin esa, tomizgich yordamida Ringer-Lokk eritmasiga adrenalin, atsetilxolin va pilokarpin eritmalaridan alohida-alohida tomizilib, ichak harakatlari yezib olinadi. SHuni aytish kerakki, har bir eritma solingan Ringer-Lokk eritmasi yangilanib turiladi, chunki har bir ta’sir bir-biri bilan aralashib ketishi mumkin.
Tajriba oxirida qaydnomadagi ichak harakatining egri chizig’i kesilib, daftarga yopishtiriladi va xulosa qilinadi.

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling