Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet30/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

Harakat (faoliyat) toki

Agarda to’qima shikastlansa(masalan, muskul kesilsa), so’ngra uning kesilgan va kesilmagan qismiga elektrodlar o’rnatilib, galьvonometrga ulansa, bu qismlar orasida potentsiallar ayirmasi hosil bo’ladi. Bu­ni galьvonometr strelkasining harakatga kelishidan bilish mumkin. Hosil bo’lgan bu tok tinchlik yoki shikastlanish toki deyiladi. Bu tok bir fazalidir. CHunki muskuldagi kesilgan joy kesilmagan joyga nisbatan elektromanfiy bo’lib qoladi.
Fanning hozirgi ma’lumotlariga ko’ra, hujayraning fiziologik tinchlik holatida uning po’sti va ichi o’rtasida doimo potentsiallar farqi bo’ladi. SHuning uchun ham to’qima shikastlanganda yuzaga keladigan elektr tokini tinchlik toki deyilsa, to’g’ri bo’ladi.
To’qima shikastlanmasdan turib, odatdagicha qo’zg’algan vaqtida ham unda elektr hodisalari kuzatiladi. Bunda to’qimaning qo’zg’algan joyi qo’zg’almagan qismiga nisbatan manfiy zaryadli bo’ladi. Bunga ha­rakat toki deyiladi. Harakat toki muskul qisqarganda, nerv tolala­ridan impulьs o’tayotganda va bezlar shira ishlab chiqarganda hosil bo’ladi.
Qo’zg’almay turgan to’qimaning ikki nuqtasiga elektrod o’rnatib, ular galьvonometr bilan birlashtirilsa, galьvanometrning strelkasi tebranmaydi. CHunki bu vaqtda elektr toki hosil bo’l­maydi. Agar to’qima qo’zg’atilsa, qo’zg’alish to’qima bo’ylab tarqalib, elektrod turgan joy manfiy zaryadlanib, galьvanometr strelkasi bir tomonga siljiydi. Keyin qo’zg’alish ikkinchi elektrod turgan joyga borib, u yerda manfiy zaryad hosil qiladi va galьvanometr strelkasining ikkinchi tomonga sil­jishiga sabab bo’ladi. Ya’ni juda qisqa vaqt davom etadigan ikki fazali tebranish kuzatiladi.
To’qima qo’zg’alganda hosil bo’ladigan elektr hodisalarini o’rganish katta ahamiyatga ega.CHunki elektr hodisalariga qarab, to’qima va organlarning holatini o’rganish mumkin. Masalan, miya, yurak, ko’z, muskullarda kuzatiladigan elektr hodisalarini o’rganish shu or­ganlarda paydo bo’ladigan turli-tuman kasalliklarning tabiatini tushunib olishga yordam beradi.
To’qimalarda kuzatiladigan elektr hodisalarining kelib chikish sabablari haqida olimlar hali qat’iy bir fikrga kelganlari yo’q.
Rus olimi V.Yu.CHagovets 1896 yilda bioelektr hodisalarning ion tabiati haqidagi fikrini bayon qildi. U o’zining nazariyasida to’qimaning qo’zg’algan joyida manfiy zaryadning hosil bo’lishi shu joyda karbonat kislataning ko’proq hosil bo’lishiga bog’liq deb tushuntiradi. V.Yu.CHagovets fikricha karbo­nat kislota tezda dissotsiatsiyaga uchrab, har xil tezlikda harakat qiladigan tarkibiy qismlarga, ya’ni musbat zaryadlangan N+ kationiga va manfiy zaryadlangan NSO3 anioniga parchalanadi. Bu vaqtda xasil bo’lgan N+ ka­tioni NSO3 anioniga qaraganda tezroq diffuziyalanib, to’qima bo’ylab tarqaladi. NSO3 anioni sekin diffuziyalanganligi sababli shikastlangan yoki qo’zg’algan joyning manfiy zaryadlanishiga sabab bo’ladi. Oqibatda to’qimada potetsiollar farqi vujudga keladi.
Yu. Bernshteyn 1902 yilda membrana ion nazariyasini ilgari suradi. Bu nazariyaga ko’ra, hujayrada kation­larni o’tkazib, anionlarni ushlab qoluvchi maxsus yarim o’tkazuvchi parda bor. SHu sababli hujayra tashqaridan musbat, ichkarisidan manfiy zaryad­langan bo’ladi. Hujayra shikastlanganda membranasining o’tka­zuvchanligi o’zgaradi. Oqibatda manfiy zaryadlangan anionlar hujayra sir­tiga chiqadi va uni manfiy zaryadlaydi.
SHu nazariya asosida, 1952 yilda A.Xodjkin, B.Katts va A.Xaksli o’zlarining membranaion, yani kaliy natriy ion nazariyasini yaratadilar. Lekin bu nazariya ham bioelektrik hodisalarning maz­munini to’liq yorita olmaydi.
Umuman olganda bioelektrik hodisalar mazmunini to’la tushuntirib beradigan nazariya hozircha yo’q.
1-ish: Baqani olib, nerv-muskul preparati tayyorlanadi. SHu preparatni shishacha ustiga qo’­yib, axillova payi oldidan ko’ndalangiga ozroq ke­siladi. Keyin shisha tayoqcha yordamida nerv bir oz ko’tarilib, kesilgan joyga tegiziladi. Bu vaqtda nervning tok bilan ta’sirlanishi nati­jasida muskul qisqaradi. Bu tok muskulning jarohatlangan va jaro­hatlanmagan qismlari orasidagi elektr potentsiallarining har xil­ligi natijasida hosil bo’ladi.



Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling