Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar


Download 2.21 Mb.
bet13/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

2. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar.
Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar ro‘y berib, bu jarayonlar natijasida shu korxonasiga tegishli bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari tarkibiy va miqdoriy jixatdan o‘zgaradi. Balansga ta’rif berilganida uning ikki qismi - aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalarining xo‘jalik jarayoni natijasida o‘zgarishi balansda o‘zgarish ro‘y berishiga olib keladi. Sababi o‘zgarish natijasida xo‘jalik mablag‘ining o‘zaro ikki turi yoki, mablag‘ manbalari turlarining ikki yoki undan ortigi o‘zgarishi yoki ham mablag‘ va ham ular tashkil topish manbalari birdaniga o‘zgarishi mumkin.
Xo‘jalik jarayonlarining balansdagi o‘zgarishlarga ta’sirini 4 turga ajratish mumkin. Quyida ushbu o‘zgarishlarga misol keltiramiz.


  1. Jarayon. Kassadan safar xarajatlari uchun hisobdor shaxsga 500000 so‘m berildi. Bu jarayon natijasida balansdagi aylanma mablag‘lar bo‘limining pul mablag‘lari moddasida kamayish ro‘y berdi. SHu bo‘limning debitorlar moddasida esa, korxona uchun debitor bo‘lgan hisobdor shaxsning hisobdorlik summasi ko‘paydi. Ko‘rinib turibdiki, bu jarayon natijasida balansning aktiv qismidagi moddalarning birida kupayish, yana birida esa kamayish ro‘y beradi. Balans jami o‘zgarmaydi. Balansdagi bu o‘zgarish bir xildagi o‘zgarish bo‘lib, uni shartli ravishda qo‘yidagicha belgilaymiz: A + A
  2. Jarayon. Xodimlarga hisoblangan ish haqidan daromad soligi ushlab kolindai 2000000 sum. Bu jarayonning ma’nosi suki, xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashish summasi kamaydi. Ushlab qolingan daromad soligi byudjetga o‘tkazilishi lozimligi sasabli, byudjet bilan hisoblashish- summasi ko‘paydi.


Demak balans passivi bir moddasida kupayish, ikkinchi moddasida esa kamayish sodir etildi. Balansning jami o‘zgarmaydi. SHartli ravishda esa, bu o‘zgarish qo‘yidagicha aks ettiriladi: P+ P-



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling