Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi


Download 2.21 Mb.
bet76/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

3. Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
Korxonalarda tayyor mahsulot hisobi vazifalarini aniq tashkil qilish maqsadida ular omborda va buxgalteriyada hisobga olib boriladi. Pirovard, iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulot texnik nazorat bo‘limi tomonidan tekshirilgandan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu xujjatlarda topshiruvchi tsex topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. Qabul xujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yoki xizmatlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim xujjatlari asosida mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni xar bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi :kartochkasi ochiladi (№ M-17-shakl). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq ombor xodimi xujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va xar bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan xujjatlarni qabul kilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruk-nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi).
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi bilan tasdiklanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida xar oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu erda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiylashtirilgan dastlabki xujjatlar ombor varaqalariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi xujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»
2820-«Kurgazmadagi tayyor mahsulot»
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot»
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korxonaning omborida mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa hisobvaraqlarnyng krediti bilan korrespondentsiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-kdydnomada yuritiladi. Bu kaydnoma turtta bo‘limdan iborat bulib ular quyidagilardir:
1-bo‘lim «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi xarakati» deb nomlanadi va unda mahsulotning hisobot oyi boshlanishiga qoldigi, omborga kdbul qilingani xaridorlarga junatilgan va hisobot oyi oxiriga krldigi hisobda qabul qilingan baho hamda haqiqiy tannarxda ko‘rsatiladi.
2-bo‘lim «Junatilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib, unda junatilgan mahsulotlarning analitik hisobi xaridor korxonalar nomiga yozilgan har bir to‘lov talabnomasi bo‘yicha alohida yuritiladi.
3-bo‘lim «Tulangan va tulanmagan schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar» deb nomla­nib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling