Fanidan ma’ruzalar matni
Download 2.8 Mb.
|
Corel DRAWda ishlash
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI KIRISH Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lishi uchun kompyuter savodxon bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslubiyotini bilish va ishlash ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar, jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extijlaridan, Fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta ko’rish nazarda tutiladi” deb ta’kidlangan. Respublikamizdagi Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Butun jahon axborot tarmogi bo`lgan - Internetni o’quv jarayoniga tadbiq etishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Buning huquqiy asoslari Prezidentimizning "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish tugrisida"gi farmonida, Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 23 maydagi "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash" haqidagi dasturlarida ko’rsatib o`tilgan. Mamlakatimizdagi Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining zamonaviy texnika vositalari va kompyuterlar bilan ta’minlanishi davom etayotgan bo`lsada, ulardan foydalanish va foydalanuvchilarning imkoniyat darajalarini ko’tarishni davr talabi taqozo etmoqda. SHuning uchun ham o’quv yurtlarimizda Informatika va Axborot texnologiyalari fanlarining o’qitishga va yangi texnikadan samarali foydalanishni amalga oshiruvchi pedagoglarning malakalarini oshirishga juda yuksak e’tibor berilayapti. Ta’lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning o`qitilish mazmunini qayta taxlildan o’tkazish, ta’lim bosqichlari bo’yicha uning o’zviyligi va o’zluksizligini ta’minlash asosida tubdan islox qilish va amaliy xayotga bog`lash nuqtai nazardan yondashuv zarur bo`ladi. Akademik litsey va kasb hunar kollejlari o’quv rejasiga umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan “Informatika” predmeti ham bundan mustasno emas. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling