Fanidan mustaqil ish topshiriqlari


Download 32.8 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi32.8 Kb.
#112361
Bog'liq
sahna 23-VARIANT


BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH

FANIDAN MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1-topshiriq.
Quyidagi savollarga javob yozing.


  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatini tashkil qilish.



  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo’g’irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiy ijodiy qobilyatlarini shakillantirishning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki bolalar bu jarayonda, qo’l mehnatiga organadilar, chizish, bo’yash malakalari oshadi, tassavur qilish, fantaziyasi, yasayotgan qahramoninig yaxsh va yomon hislatlari haqida o’ylab fikirlash ko’nikmalari shakillanadi va ortadi. Qo’girchoq teatri persanajlarini yasab yana uni sahnalashtirish orqali rol ijro qilishi nutqini o’stiradi. Xotirasini eslab qolish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Bu jarayonga tayorgarlik

Bolallarni ijodiy mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l mehnati hisoblanadi. Qo‘l mehnati jarayonida bolalar asosan turli hil matolardan keraksiz materiallardan foydalangan holda qo’girchoqlarni yasaydilar. Bu jarayonda bolalar qo‘lqopli qo‘g‘irchoqlar, qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar soya qo’gircholarini yasashda faol ishtirok etdilar va bu borada tarbiyachi ko‘rsatmalari asosida muayyan bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Qo‘irchoq yasashga o‘rgatishda quyidagilar muhim o‘rin tutadi:

yasalayotgan qo‘g‘irchoq turi va uning o‘ziga xosligi haqida dastlab og‘zaki tushuncha berish;

kerakli jihozlar, ulardan to‘g‘ri va ehtiyotkorona (qaychi yoki ignadan) foydalanish haqida tarbiyachi eslatmasi;

bolalarning o‘yinchoq yasashlari uchun kerakli materiallarning tayor bo’lishi;

asosiy ishni boshlash, har bir harakatlar ketma-ketligi oldidan tarbiyachining amalda ko‘rsatmasi;

har bir bolaning xatti-harakatini kuzatish;

tayyor qo‘g‘irchoqlar namuna sifatida ko‘rsatilishi; tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda yasab ko‘rsatishi;

qo‘g‘irchoq bolaning qiziqishlariga mos kelishi, har xil o‘yinlarda foydalana oladigan, ijodkorlikka undaydigan bo‘lishi lozim; qo‘g‘irchoqning tashqi ko‘rinishi yasalyotgan qahramon obriziga mos bo’lishi maqsadga muvofiq.

Ish jarayonida estetik didni rivojlsntirushga e’tibor qaratish. Mehnatning natijasidan quvonishga estetik zavqlanushga, mas’uliyatli bo‘lishga, o‘rtoqlari bilan hamkorlik qilishga o‘zaro yordamlashishga o’rganadi. Uning tashqi qiyofasi tasviridan bola zavqlanishi lozim. Qo‘g‘irchoqqa berilgan ranglarning turli-tumanligi, kiyimining bejirimligi, bolada didni, dizaynerlikni, rassomlik qobilyatlarini rivojlantiradi. Shularni hisobga olgan xolada maktabgacha yoshdagi bolalarni qo’g’irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiy ijodiy qobilyatlarini shakillantirishning tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligi ayon bo’ladi. Bolalani ham qo’l mehnatiga ham ijodi fikirlashga o’rgatadi. Bolani ahloq odobini, estetik didini rivojlantiradi.


  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatini tashkil qilish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida saxnalashtirish faoliyatini tashkil qilishda kuning ustalgan vaqtida musiqa, tasviriy san’at va boshqa mash g’ulotlar davomida. “Atrof olam” kabi haftalik mashg’ulotlarga singdirilgan holda tashkil qilinadi. Har bir tarbiyalanuvchiga alohida e’tibor qaratish maqsadida teatrlashtirilgan faoliyatning barch bosqichlarini kichik guruhlardan boshlab o’tkazish maqsadga muvafiqdir. Mashg’ulotlar faqatgina teatrli tadbirlarda tayorlanish uchun emas balki o’rganish ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi lozim.

Mashg’ulotlarning mavzusi shakli va usullari yagona maqsadga qaratilgan bo’lishi va o’zida nutqni shakillanritish va teatrlashtirilgan ijrochilik faoliyati ko’nikmalari;

Ijodkorlik muhitini shakillantirish;

Bolalarning ijtimoiy- xissiy rivojlanishi kabi maqsadlarni qamrab oladi.

Shuning uchun bolalarni Mashg’ulot davomida matin bn tanishtirish ertak yoki biror asarni o’rganish;

mimika harakat imkoniyatlari bn tanishtirish va bularning barchasini mashg’ulot davomida takrorlash imkonini beradi. O’yin jarayonida aniq bir xissiyotni ifoda etish ko’nikmasini shakillantiradi. Fikirlashga yangi obrizlar yaratishga yo’naltiradi. Bolalarda ko’p hollarda nutq, eslab qolish va diqqat yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Bolani xissiy chiniqtirish, emotsional holatini tiklash, badiiy tafakkur va his qulishni tarbiyalashning eng yaxshi yo’li o’yi fantaziya to’qib chiqarish buni barchasini sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish orqali erishishimiz mumkin.

Qo’g’irchoq tomoshalarni ko’rish va tomosha haqida suhbatlashish, dramatizatsiyalashgan o’yinlar, qisqa ertaklarni takroran ijro etish ijroning ifodaliligini shakillantirishi mashqlari bolalarni ijtimoiy hissiy rivojlantiruvch mashqlarning barchasini teatilashtirilgan mashg’ulotlar qamrab olgan.



Bolalar ijodkorligi teatrlashtirilgan faoliyat orqali yuzaga chiqadi rivojlanadi. U bola shaxsini rivojlantiradi adabiyot, musiga teatrga nisbatan qiziqish uygo’tad. Ubola shaxsini rivojlantiradi. Adabiyot,teatr, musiqaga nisbatan qiziqishini oshiradi.

2-topshiriq.

Mavzuga oid 10 ta tayanch tushuncha izohi bilan yozing.

  1. Teatr - (yun. theatron — tomoshagoh) — 1) sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. 

  2. Personaj -  (lot. persona — shaxs) — sanʼat va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs.

  3. Fantaziya- xayol — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xrlatlarning vujudga kelishidan iborat psixik faoliyat.

  4. Estetika-  (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. 

  5. Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi.

  6. Adabiyot -  (arab. – adab so‘zining ko‘pligi) Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui voqelikni so‘z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi.

  7. Mimika - (yun. — takdid) — yuz mushaklarining ifodali harakati. Insonning maʼyuslik, xursandlik, gʻazab, xafalik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. M. oddiy kishilarda tabiiy tarzda roʻy beradi.

  8. Ertak — xalq ogʻzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. 

  9. Dizayn (ing . design — loyiha, chizma, rasm) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. D. faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, i. ch., jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va b. kiradi.

  10. Musiqa – 1. Emotsional-g`oyaviy mazmunni ovozdagi badiiy obrazlarorqali ifodalovchi san`at turi. Masalan Vokal musiqa simfonik musiqa. 2. Shu san`atning cholg`u bilan ijro etiladigan tugal asari, kuy. Masalan: ashula musiqasi.

3-topshiriq.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta guruh bolalari uchun kasbga oid teatr ssenariysini tuzing.

Teatr tomoshasi ssenariyi

Mavzu: “Barcha kasblar muhim”

Maqsad: teatr tomoshalari orqali “Barcha kasblar muhim” mavzusida bolalarning bilimlarini faollashtirish.

Vazifalar :.

Bolalarning aktyorlik mahoratini rivojlantirish;

Nutqni, xotirani rivojlanishi;

Ota-onalarni bolalar bilan ijodiy faoliyatga jalb qilish;

Bolalarni mehnatga va turli kasb egalarining mehnat buyumlariga hurmatini oshirishga o'rgatish.

Dastlabki tayyorgarlik:

bolalar bilan eskiz va she'r so'zlarini o'rganish; ota-onalar yordami bilan bolalarning rollari uchun kostyumlar tayyorlash; teatr tomoshasi uchun zarur bo'lgan ashyolarni tayyorlash.

Tadbirning borishi:



KIRISH: Bolajonlar guruhimizga mehmonlar kelibdi, ular bn salomlashaylik.
Bolalar bir ovozdan mehmonlar bn salomlashadilar.

TARBIYACHI: Bizning Vatanimiz kundan kunga chiroy ochib bormoqda. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev tashabbuslari bn ko’plab viloyatlarda obod mahalla Davlat dasturi asosida ishlar olib borilyapti. Mahallalarda yo’llarni obod qilish, yangi imoratlar, maktablar, bog’chalar, qurilmoqda. Bu jarayonda juda ko’p kasb egalari ishlashmoqda. Bizning bugungi mavzuyimiz ham “Barcha kasblar muhim”ligi haqida. Dunyoda ko'plab kasblar mavjud, ammo ularni sanab bo'lmaydi. Bugungi kunda ko'plab kasblar muhim va zarurdir. Siz ham katta bo’lib o’z kasbbingizni puxta egallang.

TARBIYACHI: Kasb so'z nima degani o’zi

Bola: Kasb - bu odamdan ma'lum tayyorgarlik, bilim va ko'nikmalarni talab qiladigan mehnat turi.

Tarbiyachi: Barakalla. Kim qaysi kasb egasi bo’lmoqchi?


  1. B : Men dizayner bo'laman!

  2. B: Men bankir bo’laman

  3. B: Men quruvchi bo'laman!

  4. B: Men o'qituvchi bo’laman

  5. B: Men rassom bo'lishni xohlayman!

  6. B: Men qutqaruvchi bo'laman!

  7. B: Men sotuvch bo’laman!

  8. B: Men o't o'chiruvchi bo’laman.

  9. B: Men xo'jayinman!

"Barcha kasblar muhim" teatrlashtirilgan tomosha

Ishtirokchilar:

Tarbiyachi

o't o'chiruvchi

militsianer

shifokor


sotuvchi

quruvchilar,

bolalar o'g'il va qiz

oshpaz


tikuvchi

Rikvizit: uy, bolalar rolga mos kostyumlarida kiyinishadi, qo'llarida kasblarga oid buyumi bor.

Tarbiyachi: Kutilmaganda uyda yong'in chiqdi.

Birdan kimdir derazadan olovni ko’rib qoladi

Bolalar bir ovozdan : "Yordam berila yong’in", deb baland ovozda baqirishdi va keyin o't o'chiruvchining 101 raqamini terishdi.

O't o'chiruvchi: Qo'rqmang bolalar! Biz sizga yordam beramiz. Olov bilan olishib, suv bilan o’churamiz!

TARBIYACHI : Tez yordam mashinasi keldi.

Shifokorlar: Bu erda nima bo’lyapti? Yaralanganlar bormi! Biz hammaga yordam beramiz. Bemorlarni davolaymiz. Yodni surtamiz, bint bilan bog’laymiz.

Militsiya xodimi: Sizga nimadir solsa havf 102 tering shu payt. Bolalar esingizda bo’lsin gugurt o'ynichoq emas!

Bolalar: Endi nima qilamiz. Qayerda yashaymiz qayerda o'ynaymiz. Bizga, quruvchi ustalarning yordami kerak.

Quruvchilar: Biz uyingizni tamirlaymiz, bo'yaymiz. Hammssini boplaymiz.( bolg’a va arralari bn ishga kirihib ketishadi) Mana sizning uyingiz avvalgissidan ham a’lo. Nega xafasiz? Nima gap?

Bolalar: Axir, uyimizdagi hamma narsalar yonib ketdi. Barcha o'yinchoqlar ... Endi o'ynashga o’yinchog’imiz ham yoq? Do'konga boraylik unda!

Sotuvchi: Salom! Bolalar nima bo'ldi?

Bolalar: Biz gugurtini o’ynadik. Qo’limizni kuydirib oldik. O'yinchoqlarimiz olovda yonib ketdi. Sotuvchi opa bizga yordam bering.

Sotuvchi: Bu o'yinchoqlar sizlarga. Ularni ehtiyot qilib, o'ynang.

Tikuvchi: Xarir matodan tikdim parda. Bolalar xonangiz bo’lsin - deb sarishta

Bolalar: Keling bizga yordam bergalarni hammasini mehmonga chaqiramiz!

Oshpaz: Oppoq un oldim so’ng undan xamir qordim. Do’stlarimiz kelguncha pishirdim shirin kulcha! Keling marhamat!

TARBIYACHI: Ko'rdingisizmi bolalar sizlarga yordam bergan insonlar o’z kasblarining ustalari ekan. Bizning teatrlashtirilga tomoshamizning maqsadi quyidagicha edi: Barcha kasblar muhim

Bolaljonlar va aziz ota onalar bugungi teatrlashtirilga tomoshamizda ishtirokingiz va yordamingiz uchun tashakkur.



Hayotda ushbu asosiy so'zlarni hech qachon unutmang: Qaysi kasbni tanlashingizdan qat'i nazar, doimo inson bo'lib qoling!

E'tiboringiz uchun barchangizga rahmat!
Download 32.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling