Fanidan Mustaqil ta’lim
Ayni vaқtda zoogeografiya ko’pgina boshқa tabiiy fanlar bilan ҳamkorlikda ushbu vazifalarni muvaffaқiyatli ҳal etmoқda
Download 308.41 Kb.
|
REFERAT
Ayni vaқtda zoogeografiya ko’pgina boshқa tabiiy fanlar bilan ҳamkorlikda ushbu vazifalarni muvaffaқiyatli ҳal etmoқda.
Zoogeografiyani registrastion (ro’yxatga olish), solishtirma va kauzal zoogeografiya kabi bo’limlarga ajratish қabul қilingan. Registrastion zoogeografiya imkon darajasida muayyan zoogeografik majmua tarkibidagi barcha turlarni ro’yxatga olish bilan shuғullanadi. Faunistik majmua tarkibidagi barcha turlar ro’yxatga olinganda zoogeografik ma’lumotlar to’liқ va aҳamiyatli bo’ladi. Solishtirma zoogeografiyada turlar ro’yxati aniқlangandan so’ng, bir faunaning tur tarkibi қo’shni yoki birmuncha uzoқda joylashgan boshқa faunaning tur tarkibi bilan solishtiriladi. Buning natijasida ҳar bir faunaga xos bo’lgan xususiyatlarni, ya’ni faunaning yoshi, uning o’tmishda va ҳozirda boshқa faunalar bilan aloқasini aniқlash imkoniyatlari yaratiladi. Muayyan ҳududning u yoki bu faunistik majmua bilan egallanishiga sabab bo’luvchi muҳit omillarini kauzal (lot.sausa–sabab) zoogeografiya o’rganadi. Bunday omillarga iқlimiy sharoitlar, rel’ef, o’simliklarning tiplari va boshқalarni misol қilish mumkin. Ҳayvonot dunyosiga ta’sir etuvchi omillarni kauzal zoogeografiyaning ҳayvonlarni tarқalishiga muҳitning ta’sirini tekshiruvchi bo’limi, ya’ni ekologik zoogeografiya o’rganadi. Ҳayvonot dunyosining tarқalishiga sabab bo’lgan barcha omillarni ҳozirda mavjud bo’lgan sharoitlar bilan tushuntirish juda қiyin. Chunki faunaning shakllanishi va rivojlanishi uzoқ muddatni talab etadi. Kauzal zoogeografiyaning bo’limi sanalgan tarixiy yoki genetik zoogeografiya o’tmishda ҳayvonlarning tarқalishiga sabab bo’lgan omillarni tushuntirish bilan shuғullanadi. O’tmishdagi bunday sabablarga materiklarning o’zaro boғliқlik darajalarini, iқlimiy xususiyatlarni va o’simliklar қoplamining o’zgarishini va boshқalarni misol қilish mumkin. Zoogeografiya fani o’z oldida turgan vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan bir necha yo’nalishlarga ajratiladi. Shunday yo’nalishlardan biri zoogeografik tadқiқot yo’nalishidir. Zoogeografik tadқiқot yo’nalishining bir nechta turlari farқ қilinadi. Jumladan, areallarning tiplari, ularning tarkibi va paydo bo’lishini arealografiya, faunaning tur tarkibini қiyosiy jiҳatdan baҳolashni faunistika, aloҳida sistematik birliklarning (tur, avlod, oila, turkum va boshқalar) tarқalishini geografik zoologiya, landshaftdagi barcha ҳayvon majmualarini geozoologiya, ҳayvonlarning tarқalishiga muҳitning ta’sirini tekshirishni ekologik zoogeografiya yo’nalishlari o’rganadi. Zoogeografiya yo’nalishlaridan yana biri rivojlanish yo’nalishdir. Zoogeografiyaning rivojlanish yo’nalishlarini қuyidagi turlari farқ қilinadi: kelajakda aloҳida turlar va yirik taksonlar arealini o’rganishni yana davom ettirish; ҳayvonlar guruҳining geografiyasini o’rganish, ya’ni aloҳida ҳududda muayyan ҳayvon jamoalarining mavjudligi va paydo bo’lish қonuniyatlarini, bu jamoaning tur tarkibi, soni va undagi organizmlar massasining o’zgarishiga olib keluvchi sabablarni o’rganish; kelajakda faunistik majmualarning ҳududiy taқsimlanishini aniқlash, ularning shakllanish yo’llari va sabablarini, dinamikasini, ichki tuzilishini, tarkibidagi o’zgarishlarni va insonning ta’sirini o’rganish; ҳayvonlar va landshaftning o’zaro munosabatlarini o’rganish. Zoogeografiya o’z oldiga қo’ygan vazifalarni bajarishda boshқa fanlarning yutuқlari va tadқiқot uslublaridan ҳam foydalanadi. Ҳayvonlar sistematikasining yutuқlari zoogeografiya rivojlanishida muҳim o’rin tutadi. 1936 yilda atoқli olim V.G. Geptner “sistematikasiz zoogeografiya ҳam bo’lishi mumkin emas” deb ta’kidlagan edi. Xuddi shunday, mikroevolyustion jarayonlarni o’rganish zoogeografik ғoyalarni tushunish uchun material bo’lib xizmat қiladi. Shu asosda zoogeografiya evolyustion nazariyaning ma’lumotlari va ғoyalaridan foydalanadi. O’tmishda ҳayvonlarning er yuzida tarқalishini aniқlashda eng қulay asos bo’lib xizmat қiladigan paleozoologiya va o’simliklar geografiyasi (fitogeografiya) kabi soҳalar zoogeografiyaning taraққiyotida muҳim aҳamiyatga ega. O’simliklar geografiyasi va zoogeografiya yaxlit fan sanalgan biogeografiyaning o’zaro chambarchas boғliқ bo’lgan қismlaridir. O’simlik va ҳayvonlarning tarқalishi deyarli bir xil omillar ishtirokida amalga oshadi, ularning evolyustiyasi bir xil қonunlarga bo’ysunadi. Ayni vaқtda zoogeografiya ekologiya, iқlimshunoslik,landshaftshunoslik, geologiya, paleogeografiya, tarixiy geologiya, paleoiқlimshunoslik, tarix, arxeologiya va boshқa fanlar bilan uzviy aloқada rivojlanmoқda. Zoogeografiya nisbatan yosh fan bo’lishiga қaramasdan, undagi ma’lumotlar muҳim nazariy va amaliy aҳamiyatga ega. Zoogeografiya ҳayvonot dunyosining er yuzida tarқalishi to’ғrisida tushuncha ҳosil қilish, turli faunalar o’rtasidagi o’zaro farқlarning sababini aniқlash, o’tmishda ҳayvonlarning kelib chiқish markazlaridan tarқalishini boshқargan va boshқarayotgan қonuniyatlarni ochib berish kabi nazariy aҳamiyatga ega. Zoogeografiyaning amaliy aҳamiyati ovchilik xo’jaligini va dengiz baliқchiligini yuritish, қishloқ va o’rmon xo’jaligi zararkunandalariga қarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiқish, ҳayvonlarning sonini boshқarish va ularni iқlimlashtirish, tabiatni muҳofaza қilish, turlarning kelajakdagi taқdirini oldindan aytib berish (bashoratlash), tibbiyot va boshқa soҳalarda yaққol namoyon bo’ladi. Zoogeografiya biogeografiyaning ajralmas қismi bo’lib, fan sifatidaXIX asrda shakllandi. Ammo zoogeografiya soҳasiga tegishli bo’lgan turli mazmundagi fikrlarning paydo bo’lishi ancha ilgari boshlangan. Zoogeografiyaning rivojlanish tarixini olimlar turli davrlarga bo’ladilar. Jumladan, biolog va zoogeograf olim M.A.Menzbir (1882) birinchi bo’lib, zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to’rtta, amerikalik biogeograf L.Styuart (1957) esa uchta davrga ajratishni taklif etishgan. Ayni vaқtda zoogeografiyaning rivojlanish tarixi va uni davrlarga bo’linishini oydinlashtirishda ko’pincha biogeograf olimlardan A.G.Voronov (1963) va G.V.Naumov (1969)ning ishlariga tayaniladi. Ular zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to’rtta davrga bo’lib o’rganishni taklif etishgan. Mazkur davrlar zoogeografiyaning rivojlanish yo’nalishlariga mos keladi. Ҳar bir davrda turli yo’nalishlarga baғishlangan қator tadқiқotlar amalga oshirilgan. 1777 yil nemis olimi E.Цimmerman o’zining “Specimen zoologiae geographicae” (“Zoologik geografiya mutaxassisi”) nomli kitobini chop etdi. Unda ҳayvonlar migrastiyasi to’ғrisida bir қator ma’lumotlar bayon etilgan ҳamda birinchi bo’lib “zoogeografiya” va “geografik zoologiya” terminlari ko’llanilgan. Shu sababli E.Цimmermanni zoogeografiya fanining asoschisi sifatida e’tirof etishgan. Tabiatshunos olim Ch. Darvinning “Turlarning paydo bo’lishi” (1859) asari tadқiқotchilarning ҳayvonlar geografiyasiga bo’lgan қiziқishlarini ortishida muҳum o’rin tutgan. Zoogeografiyaning rivojlanishida angliyalik tadқiқotchi F.Skleeterning (1858) xizmati aloҳida aҳamiyatga ega. Angliyalik olim A.R.Uollesning (1876) “Ҳayvonlarning geografik tarқalishi” asari evolyustion zoogeografiyaning rivojlanishida muҳim asos bo’lib xizmat қiladi. Zoogeografiyaning fan sifatida shakllanishida R.Lidekker, P.S.Pallas, A.Vagner, N.A.Severstov, A.F.Middendorf, E.A.Eversman, Yu.I.Semashko, G.I.Radde, B.K.Nikolskiy, N.A.Bobrinskiy, V.G.Geptner, Ya.A.Birshteyn, I.I.Puzanov, F.Darlington va boshқa olimlarning xizmatlari katta. Biosferaning muҳim tarkibiy қismi sifatida ҳayvonot dunyosining biosferadagi o’rni va yashash muҳitlarini ҳar tomonlama o’rganish nazariy va amaliy aҳamiyatga ega. Insonning o’zi ҳam biosferaning ajralmas қismi ekanligini inobatga olganda, mazkur masalaning dolzarbligi yanada yaққol namoyon bo’ladi. Inson modda va energiya almashinuvi jarayonida ҳayvonot dunyosi bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. Biosferaning ҳar bir komponentini va ular orasidagi munosabatlarning moҳiyatini tushunish kelajakda ekologik barқarorlikni ta’minlashda muҳim aҳamiyatga ega. Biosferaning yillik maxsuldorligi, biomassasi va uning Er yuzida taқsimlanishini ilmiy asosda o’rganish oziқ-ovқat tanқisligi kabi dolzarb muammolarni ilmiy asosda ҳal etish imkonini beradi. Dengizlar, okeanlar va er yuzining қuruқlik қismida ҳayvonlarning tarқalishini aniқlash, ulardan oқilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiқish biologik resurslarni muҳofaza қilish va қayta ko’paytirish uchun asos bo’lib xizmat қiladi. Ҳayvonot dunyosi oziқa zanjirining asosiy tarkibiy қismi ҳamda moddalarning biogen migrastiyasi amalga oshishida muҳim zveno sifatida aloҳida o’rinni egallaydi. Bu jiҳatdan olganda, er yuzasining turli mintaқalarida uchrovchi ҳayvonlarning tur tarkibi va zichligining turlicha ko’rsatkichga ega bo’lishi ҳar bir mintaқada modda va energiya almashinuvi jadalligining ҳam turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi. Ҳar birimiz biosferada, jumladan o’zimiz yashayotgan ҳududda ҳayvonot dunyosining tarқalishi, tur tarkibi, yashash muҳitlari va ҳayvonot dunyosining aҳamiyati to’ғrisidagi tegishli ma’lumotlarga ega bo’lishimiz zarur. Bu esa insoniyatning biosferadagi o’z o’rnini belgilashda, ҳayvonot dunyosini muҳofaza kilish va undan oқilona foydalanishda muҳim aҳamiyat kasb etadi. Download 308.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling