Fanidan nazorati sh I (Sirtqi ta’lim talabalari uchun)
Budjet tasnifinig analitik hisobdagi ahamiyati
Download 160.5 Kb.
|
BYUDJET HISOBI NAZORAT ISHI
Budjet tasnifinig analitik hisobdagi ahamiyati
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlami bir yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy fimksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi boMinmalari hisoblanadi. Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Budjet tasnifi: 1) budjet daromadlari; 2) budjet xarajatlarining vazifa jihatidan; 3) budjet xarajatlarining tashkiliy; 4) budjet xarajatlarining iqtisodiy; 5) davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjctdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to’ovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Budjet taqchilligi deganda muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lganligi tushuniladi. Budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organlari budjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar asosida budjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari, bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo‘yicha ochilgan kreditlar va berilgan mablag‘lar, budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi. Download 160.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling