Fanidan olimpiada
Download 69.19 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-sinf kalitli
11-sinf ona tili va adabiyot fanidan olimpiada uchun 30 talik test savollari . 1.Qaysi qatordagi tire qo‘shma gap qismlari orasiga qo‘yilmagan? A) Amma keldi – hamma keldi. B) Pul bor – changalda sho‘rva. C) Ikki ko‘chgan – bir talangan. D) Vaqting ketdi – naqding ketdi. 2.Kiritma gap tarkibida kirish so‘z qo‘llangan javobni aniqlang. A) ”O‘tkan kunlar” (siz bu romanni o‘qigansiz ,albatta) romanchiligimiz tarixida alohida o‘rin egallaydi. B) Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum bo‘la boshladi. C) Shokir sartarosh (tumanda uni hamma taniydi, siz ham uni tanisangiz kerak) o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. D) Bir yoqda olmalar, o‘riklar, giloslar, olchalar – mevali daraxtlar tutash havo gulzori yasaydi 3.Har bir yangi avlod yangi tarixni yaratadi, takomillashtiradi. fabn Gapdagi teng va tobe bog‘lanishlar sonini aniqlang. A) 1 ta teng, 7 ta tobe bog‘lanish B) 2 ta teng, 5 ta tobe bog‘lanish C) 1 ta teng, 6 ta tobe bog‘lanish D) 1 ta teng, 5 ta tobe bog‘lanish 4.Biz, ya’ni ko‘ngillilar sizni deb hech bir xavfli ishga, hatto qum o‘g‘irlashga ham qo‘l urmaymiz. Yordamchi so‘z turkumiga mansub birliklar sonini aniqlang. A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta 5.Qaysi gapda “yasama so‘z + fe’l” qolipida hosil qilingan qo‘shma fe’l ishtirok etgan? A) Aziza birdan ajinani ko‘rgandek dodlay ketdi. B) O‘sha jiyaningiz ketma-ket sakkiz marta aksa urar edi. C) Ortiqcha gapni yig‘ishtiring va ochiqroq gapiring. D) Charchagan dehqon beozorgina xurrak otardi. 6.Qaysi gapdagi mantiqiy urg‘u olgan so‘zning urg‘uli bo‘g‘ini ot turkumidagi so‘zga shakldosh A) Borini olib kelavering: bu yerda hammaga qog‘oz-qalam kerak. B) Bugun-erta uyga akam keladilar. C) Olgan narsalarimni egasiga bus-butun qaytarganman. D) Bizga keragi ham qop-qora parda. 7.Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan? A)G‘afurjon tashqariga chiqib boydan ketishga izn so‘radi. B)U raisga muammoni yotig‘i bilan tushuntirdi. C)Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda olib kelindi D)Bo‘ying sal cho‘zilsin, duradgorga shogirdlikka beraman. 8.Yulduzi issiq” iborasining ma’nosini aniqlang. A) omadli B) yoqimli C) xushsuxan D)kasal bo’lishga moyil 9.Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan otlar qatorini aniqlang. A) talafot, istehzoomuz, tatbiq B) tadqiqot, baht, imtihon C) halokat, ahil, monelik D) taqiq, ehtimol, naqarot 10.Qaysi qatorda ravish qo‘llanmagan? A) Bir yil avval o‘g‘lining og‘zidan birdan shu gap chiqib ketdi. B) O‘sha voqeadan so‘ng biz ahil, ajralmas do‘stlar bo‘lib qoldik. C) Xabar etgach, kampir darrov kalishini kiyib yo‘lga otlandi. D) Toshmurod haqiqatan ham anchagacha o‘zini ko‘rsatmadi. 11Qaysi so‘zlardagi imloviy xatolik unlini cho‘zish uchun qo‘llanadigan tutuq belgisining yo‘qligi bilan izohlanadi? A) mo‘tabar, mo‘jiza B) sanat, qala C) taqiqlanadi, tamagir D) maraka, ezozlamoq. 12. Quyida berilgan parchada ot turkumiga mansub nechta so‘z ega vazifasida qo‘llangan? O‘zbekiston – go‘zal diyor, Saodatga mehnati yor, O‘zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor. A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta 13.Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fe’llar berilgan? A) jimirlamoq, silkinmoq B) ko‘rinmoq, kiyinmoq C) taralmoq, yiqitmoq D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq 14.Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan ? A) Keyin bozorga olib boribdi. B) Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi. C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi. D) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti. 15.Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug'atning ilk namunasini yaratgan adib kim? A. Nosiruddin Rabg'uziy B. Yusuf xos Hojib C. Mahmud Koshg'ariy D. Alisher Navoiy 16.Ilk kitobi "Istar ko'ngil" bo'lgan ijodkorning asari berilmagan qatorni toping. A. "Sizni eslayman" B. "Qora ko'zginam" C. "Hamshaharlarim" D. "Jahongashta" 17."Musofir bo'lmasang, musulmon bo'lmaysan" maqoli "Sariq devni minib" asarida qaysi qahramon tilidan aytiladi? A. Hoshimjon B. Polvontog'a C) Otajon Azizovich D) Shokir 18.Bolaligida haydovchi bo'lishni orzu qilgan adibning asari to'g'ri berilgan qatorni toping. A. "Jamila" B. "Mening Dog'istonim" C. "Shahzoda Plombir" D. "Yovvoyi hayvonlar hayoti" 19. Olti ming misrali, to'rt bobdan iborat ilmiy-risola doston muallifi kim? A. Zavqiy B) Avaz O’tar C) Maxtumquli D) Ozodiy 20.Shekspirning Sautgemptonga bag'ishlangan asari qaysi? A. "Hamlet" B. "Lukreziya" C. "Xatolar komediyasi" D. "Venera va Adonis" 21.Go'ro'gli" dostonida Shohdorxon Gajdumbekka qanday unvon beradi? A. Yasovul boshliq B) Qo’rg’onbegi C) Qo’rboshi D) Mirg’azab 22.Qashqarlik Husayn Xalifa qaysi adibning ustozi edi? A. Yusuf Xos Hojib B. Mahmud Koshg'ariy C) Nosiriddun Rabg’uziy D) Bobur 23."To'y"balladasi kimga tegishli? A.Abdulla Qodiriy B) G’afur G’ulom C) Muqimiy D) Mirmuhsin 24.Bobur mirzo so'z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi"ushbu ta'riflar kim tomonidan aytilgan? A) Primqul Qodirov B)M.Elfinston C) R.Gode D)H.Nisoriy 25.“Istifoda” so‘zining izohini yozing. 26.Yuziga oyoq qo‘ymoq iborasing variantlarini yozing. 27.O‘zinigina o‘ylovchi kishini yaxshi odam deb bo‘lmaydi. Ega ishtirokiga ko‘ra ushbu gap… 28.Kim bilan gaplashging keladi? - Oy bilan. Biroq bir-birimizning gapimizni eshitmaymiz. U yerda kimdir o’tiribdi. Ushbu suhbat qaysi asardan? 29.Go'ro'g'li" dostonida Taka turkman yurtida kim bek edi? 30.Qaysi dostonning o'zbeklar orasida tarqalgan 100 tadan ortiq varianti mavjud? Download 69.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling