Fanidan olimpiada


Download 69.19 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi69.19 Kb.
#1608691
  1   2
Bog'liq
11-sinf kalitli






11-sinf ona tili va adabiyot fanidan olimpiada uchun 30 talik test savollari .

1.Qaysi qatordagi tire qo‘shma gap qismlari orasiga qo‘yilmagan?

A) Amma keldi hamma keldi. B) Pul bor changalda sho‘rva.

C) Ikki kochgan bir talangan. D) Vaqting ketdi naqding ketdi.

2.Kiritma gap tarkibida kirish soz qo‘llangan javobni aniqlang.

A) Otkan kunlar” (siz bu romanni o‘qigansiz ,albatta) romanchiligimiz tarixida alohida orin egallaydi.

B) Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum bola boshladi.

C) Shokir sartarosh (tumanda uni hamma taniydi, siz ham uni tanisangiz kerak) o‘g‘lini uylantirmoqchi bolibdi.

D) Bir yoqda olmalar, oriklar, giloslar, olchalar mevali daraxtlar tutash havo gulzori yasaydi

3.Har bir yangi avlod yangi tarixni yaratadi, takomillashtiradi. fabn

Gapdagi teng va tobe bog‘lanishlar sonini aniqlang.

A) 1 ta teng, 7 ta tobe boglanish

B) 2 ta teng, 5 ta tobe boglanish

C) 1 ta teng, 6 ta tobe bog‘lanish

D) 1 ta teng, 5 ta tobe bog‘lanish

4.Biz, ya’ni ko‘ngillilar sizni deb hech bir xavfli ishga, hatto qum o‘g‘irlashga ham qo‘l urmaymiz.

Yordamchi soz turkumiga mansub birliklar sonini aniqlang.

A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta

5.Qaysi gapda yasama soz + fe’l” qolipida hosil qilingan qo‘shma fe’l ishtirok etgan?

A) Aziza birdan ajinani korgandek dodlay ketdi.

B) O‘sha jiyaningiz ketma-ket sakkiz marta aksa urar edi.

C) Ortiqcha gapni yig‘ishtiring va ochiqroq gapiring.

D) Charchagan dehqon beozorgina xurrak otardi.

6.Qaysi gapdagi mantiqiy urg‘u olgan sozning urg‘uli bog‘ini ot turkumidagi so‘zga shakldosh

A) Borini olib kelavering: bu yerda hammaga qogoz-qalam kerak.

B) Bugun-erta uyga akam keladilar.

C) Olgan narsalarimni egasiga bus-butun qaytarganman.

D) Bizga keragi ham qop-qora parda.

7.Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi

qatnashgan?

A)Gafurjon tashqariga chiqib boydan ketishga

izn soradi.

B)U raisga muammoni yotig‘i bilan tushuntirdi.

C)Bugun bir qop somon, o‘n-on beshta xoda

olib kelindi

D)Bo‘ying sal chozilsin, duradgorga

shogirdlikka beraman.
8.Yulduzi issiq” iborasining ma’nosini aniqlang.

A) omadli B) yoqimli C) xushsuxan D)kasal bo’lishga moyil

9.Imloviy jihatdan to‘gri yozilgan otlar qatorini aniqlang.

A) talafot, istehzoomuz, tatbiq

B) tadqiqot, baht, imtihon

C) halokat, ahil, monelik

D) taqiq, ehtimol, naqarot

10.Qaysi qatorda ravish qo‘llanmagan?

A) Bir yil avval o‘g‘lining og‘zidan birdan shu gap chiqib

ketdi.

B) O‘sha voqeadan so‘ng biz ahil, ajralmas do‘stlar bo‘lib

qoldik.

C) Xabar etgach, kampir darrov kalishini kiyib yo‘lga

otlandi.

D) Toshmurod haqiqatan ham anchagacha ozini ko‘rsatmadi.

11Qaysi sozlardagi imloviy xatolik unlini cho‘zish uchun qollanadigan tutuq belgisining yoqligi bilan izohlanadi?

A) mo‘tabar, mojiza

B) sanat, qala

C) taqiqlanadi, tamagir

D) maraka, ezozlamoq.

12.

Quyida berilgan parchada ot turkumiga mansub nechta soz ega vazifasida qo‘llangan?

Ozbekiston gozal diyor,
Saodatga mehnati yor,

Ozgacha bir hikmati bor,

Halollikka aytar alyor.

A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta

13.Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fellar berilgan?

A) jimirlamoq, silkinmoq

B) korinmoq, kiyinmoq

C) taralmoq, yiqitmoq

D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq

14.Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi

qatnashgan ?

A) Keyin bozorga olib boribdi.

B) Halima tatilda ham kop oqishni kanda qilmadi.

C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.

D) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.

15.Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug'atning ilk namunasini yaratgan

adib kim?

A. Nosiruddin Rabg'uziy

B. Yusuf xos Hojib

C. Mahmud Koshg'ariy

D. Alisher Navoiy

16.Ilk kitobi "Istar ko'ngil" bo'lgan ijodkorning asari berilmagan qatorni toping.

A. "Sizni eslayman"

B. "Qora ko'zginam"

C. "Hamshaharlarim"

D. "Jahongashta"

17."Musofir bo'lmasang, musulmon bo'lmaysan" maqoli "Sariq devni minib" asarida qaysi qahramon tilidan aytiladi?

A. Hoshimjon B. Polvontog'a C) Otajon Azizovich D) Shokir

18.Bolaligida haydovchi bo'lishni orzu qilgan adibning asari to'g'ri berilgan qatorni toping.

A. "Jamila"

B. "Mening Dog'istonim"
C. "Shahzoda Plombir"

D. "Yovvoyi hayvonlar hayoti"

19. Olti ming misrali, to'rt bobdan iborat ilmiy-risola doston muallifi kim?

A. Zavqiy B) Avaz Otar C) Maxtumquli D) Ozodiy

20.Shekspirning Sautgemptonga bag'ishlangan asari qaysi?

A. "Hamlet" B. "Lukreziya"

C. "Xatolar komediyasi" D. "Venera va Adonis"

21.Go'ro'gli" dostonida Shohdorxon Gajdumbekka qanday unvon beradi?

A. Yasovul boshliq B) Qo’rg’onbegi C) Qo’rboshi D) Mirgazab

22.Qashqarlik Husayn Xalifa qaysi adibning ustozi edi?

A. Yusuf Xos Hojib B. Mahmud Koshg'ariy C) Nosiriddun Rabg’uziy D) Bobur

23."To'y"balladasi kimga tegishli?

A.Abdulla Qodiriy B) Gafur G’ulom C) Muqimiy D) Mirmuhsin

24.Bobur mirzo so'z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi"ushbu ta'riflar kim tomonidan aytilgan?

A) Primqul Qodirov B)M.Elfinston C) R.Gode D)H.Nisoriy

25.Istifoda” sozining izohini yozing.

26.Yuziga oyoq qo‘ymoq iborasing variantlarini yozing.

27.O‘zinigina o‘ylovchi kishini yaxshi odam deb bo‘lmaydi.

Ega ishtirokiga kora ushbu gap

28.Kim bilan gaplashging keladi? - Oy bilan. Biroq bir-birimizning gapimizni eshitmaymiz. U yerda kimdir o’tiribdi. Ushbu suhbat qaysi asardan?

29.Go'ro'g'li" dostonida Taka turkman yurtida kim bek edi?

30.Qaysi dostonning o'zbeklar orasida tarqalgan 100 tadan ortiq varianti mavjud?



Download 69.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling