Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


Download 1.09 Mb.
bet69/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

Uyga vazifa: 1. Quyidagi matnni ko‘chirib yozing.
2.Matnni hozirgi o‘zbek tiliga o‘giring.
3.Tarixiy qatlamga oid so‘zlarni toping.
4. Semantik o‘zgarishga uchragan so‘zlarni izohlang.
Ol amati anig‘ yoq Tүrүk qag‘an Өtүkәn yish olursar, әltә buң yoq, ilgәrү Shantuң yaziqa tәgi sүlәdim, Tүpүtkә kichik tәgmәdim, qurig‘aru Yinchү өg(үz) kәchә Tәmir qapiqqa tәgi sүlәdim, yirg‘arү Yәr Bayiqu yәriңә tәgi sүlәdim, buncha yәrkә tәgi yoritdim. Өtүkәn yishta yig idi yoq әrmish, әl tutsiq yәr Өtүkәn yish әrmish, bu yәrdә olurup, Tabg‘ach bodun birlә tuzultum altun, kүmүsh, isigti, qutay buңsiz ancha bәrү Tabg‘ach bodun sabi sүchig ag‘isi yishmaq әrmis, sүchig sabim yimshaq ag‘im arip, iraq bodunug‘ ancha yag‘utir әrmis.
Adabiyotlar: G‘.Abdurahmonov, A.Rustamov. Qadimgi turkiy til. Toshkent, 1982, 89-bet (Kultegin bitigtoshi).
5-6-mashg‘ulоt. So‘z yasalishi
Rеja:
Darsda: 1.So‘z yasalish tariхi.

  1. Diaxron va sinxron so’z yasalishi

Eski o’zbek tiliga oid so`zlarning katta qismini yasama so’zlar tashkil qiladi. Yasama so’zar ikki xil yo`l bilan: morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) hosil qilinadi.
Morfologik usul bilan so’z yasalishi. Morfologik usul bilan so’z yasalishi uzoq tarixga ega bo`lgan asosiy usuldir.So’z yasalishiga asos bo`lgan o`zak morfema ism yoki fe’l turkumiga oid bo`lishiga qarab yasovchi morfemalar ham ismlardan yoki fe’llardan so’z yasovchi tarzida ikkiga bo`linadi.
So’zt yasovchi affikslar tarixan ko`p bo`lmagan. Tekshirilayotgan davr tilida ular qo`llanish darajasiga ko`ra bir xil emas, ba’zilari unumli, ba’zilari esa unumsizdir.
Ismlardan sifat yasovchi affikslar. Ism turkumiga oid so`zlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qo`llangan:
-lig`/-lig,-luq/-lug`,-lµk/-lµk. Ushbu affiks variant­lari­ning ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha:
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo`lgan bir bo`g`inli, shuningdek, barcha yoki so`nggi bo`g`inida shu unlilardan biri bo`lgan ko`p bo`g`inli qattiq negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qo`shiladi: ag`izliq, yazliq, bag`lig`, tatliq, yashliq, qanliq, biliglig, qorg`anliq, atliq, yarag`lig`, evlik, yamag`liq, kecho`lik.
Lablangan unlili bir bo`g`inli, shuningdek, barcha yoki so`nggi bo`g`inda lablangan unlisi bo`lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo`shiladi: boyluq, qayg`uluq, otluq, anduhluq, kµchlµk, yµzlµk, olturushluq, kЈrklµk, tµrlµg,qutluq, otlug` otluq, yamg`urluq, tµklµk, uyluk, yosunluq, sµtlµk, kµlgµlµk, kµchlµk, sµyµklµk.
Ba’zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq o`zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qo`shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko`proq kuzatiladi. Sintaktik (kompozitsiya) usul bilan yasalgan sifatlar sifat turkumiga mansub leksik birliklarning katta qismini tashkil qilgan. Ular sifat va boshqa turkumlarga mansub so`zlarning bir-biri bilan turli kombinatsion vositalar yordamida birikuvi, juftlashuvi, takrorlanuvi va tiziluvi orqali hosil bo`lgan. Ular tarkibiy qismlarining birikuv tarziga ko`ra qo`shma va murakkab sifat yasaladi.
Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar turg`un bo`lmaydi va uko`proq uslubiy vazifa bajaradi: qara y¯zl¯k bashi (Navoiy), qara tamg`aliq ay (Lutf.).



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling