Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar


Download 0.98 Mb.
bet14/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

4.Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar Iqtisodiy fanlar shartli ravishda ikki guruhga bo‗linadi:
1) Umumiqtisodiy fanlar, ya‘ni iqtisodiyotni yaxlit olib o‗rganuvchi fanlar; 2) Xususiy iqtisodiy fanlar – iqtisodning u yoki bu sohasini yoxud korxona iqtisodini o‗rganuvchi fanlar.
Iqtisodiyot nazariyasi butun bir kompleks fanlar, ya‘ni tarmoqlar iqtisodiyoti (savdo, sanoat, transport, qurilish iqtisodiyoti va r.k.), funksional iqtisodiyot (moliya, kredit, marketing, menejment, istiqbolni belgilash va boshqalar); tarmoqlararo iqtisodiyot (iqtisodiy geografiya, demografiya, statistika va boshqalar) kabi fanlarning metodologik asosidir.
Iqtisodiyot nazariyasining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bilimlar oldindan ko‗ra bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa harakatga olib keladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosat asosida yotishi kerak, bu orqali esa xo‗jalik amaliyoti sohasini yoritishi lozim. Harakat (amaliyot) bilishga, bilish-oldindan ko‗ra bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa to‗g‗ri harakatga olib keladi. Iqtisodiy siyosat ijtimoiy ishlab chiqarish, ne‘matlarni taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadlarga qaratilgan tadbirlari tizimidir. U jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini aks ettirmog‗i lozim va milliy iqtisodiyotni mustarkamlashga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak.

5.Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari


Odamlar yashash uchun iste‘mol qilishlari kerak; oziq­ovqat yeyishlari, kiyim­kechak kiyishlari, ma‘lum turar­joy sharoitlariga ega bo‗lishlari lozim. Odamlarga zarur bo‗lgan bu narsalar tabiatda tayyor holda mavjud bo‗lmaydi. Moddiy ne‘matlarning manbalari mavjud bo‗lsada, ularni iste‘molga yaroqli narsalarga aylantirish uchun insonga kuch­quvvat, aql­idrok berilgan. Aql­idrokni ishga solib, kasb­korni egallab, moddiy imkoniyatlardan o‗z rizqini hosil qilish insonlar YAIMasiga yuklatildi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko‗p. Ular iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, ma‘naviy va ratto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Ular orasida ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlar ustuvor ahamiyatga ega, chunki ularni qondirishning o‗zi inson uchun birlamchi zarurat, bu ishlab chiqarishning rivojlanishini ta‘minlaydi. Odamlar madaniyat, san‘at, siyosat va boshqa qandaydir ijtimoiy faoliyat bilan shug‗ullanishlaridan avval, ularning birlamchi ehtiyojlari - ovqatlanish, kiyinish, boshpanaga ega bo‗lish, Mehnat qilish ehtiyojlari yuzaga chiqishi tabiiy.

Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlar - kishilarning yashashi, Mehnat qilishi va ma‘lum iqtisodiy mavqega ega bo‗lishi uchun iste‘mol etilishi zarur mahsulotlar va xizmatlar majmuidir

Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topishi zarurati hamdir. Uning odatdagi jismoniy ehtiyojdan farqi shuki, uni Mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya‘ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj, avvalambor, yakka tartibda bo‗ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi. Ehtiyoj odamning jismoniy holati, Mehnati, didi va odatlariga ham bog‗liq.

Jamiyatdagi ehtiyojlar o‗zining turidan qat‘i nazar, jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan daraja; jamiyatning ijtimoiy­iqtisodiy tuzumi; hayot kechirishning tabiiy­geografik sharoiti; tarixiy­milliy an‘analar va odatlar bilan bog‗lanib ketadi.
Muhokama uchun matn: Iqtisodiyot qoloq bo‗lsa, ehtiyojlar doirasi tor bo‗ladi. Aksincha, iqtisodiyot yuksak bo‗lsa, ehtiyoj keng va xilma­xil bo‗ladi. Shu jihatdan o‗rta asrdagi ehtiyoj bilan hozirgi asr ehtiyojini solishtirib bo‗lmaydi. Yoki postindustrial bosqichdagi jamiyat ehtiyojlari bilan an‘anaviy iqtisodiyotlardagi kishilar ehtiyojlari hajmi va tarkibi o‗rtasida ham katta tafovutlar yuzaga chiqadi
Ehtiyoj inson hayotining ajralmas qismidir. Ammo, ehtiyoj inson uchun tug‗ma belgi emas, u nasldan­naslga o‗tmaydi ham. U jamiyatda insonning sub‘ektiv xususiyatiga bog‗liq holda yuzaga keladi. Shu sababli kishilarda u yoki bu ne‘matni afzal ko‗rish mavjud. Ehtiyojlar xilma­xilligidan bir odamning ehtiyoji boshqasinikiga o‗xshamaydi, chunki u qat‘iy ravishda yakkalashgan. Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojni guruhlarga bo‗lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi.

Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo‗linadi

Moddiy ehtiyojlar

Ijtimoiy­ma‘naviy ehtiyojlar

Mehnat ehtiyoji

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‗lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo‗lib, oziq­ovqat, kiyim­kechak, turar­joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iborat bo‗ladi. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi sharoitidir.

Ijtimoiy­ma‘naviy ehtiyojlar asosan xizmatlar (masalan, o‗qituvchi, vrach, san‘at arbobi xizmati)dan iborat bo‗lib, ular ma‘lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko‗rinishi yo‗q.

Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat Mehnatsiz nozu ne‘matlar yaratib bo‗lmasligidan emas, balki Mehnatsiz inson hayotining bo‗lmasligidan, Mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidandir. Mehnat ehtiyoji insonning o‗zida mujassamlashgan, uning moddiy shakli yo‗q, u ishlashga bo‗lgan ishtiyoqda ifoda etiladi. Mehnat ehtiyoji insonda Mehnat qilish, ijod etish qobiliyati borligidan kelib chiqadi.

Ehtiyojlar kishilarning yoshi, jinsi, oilaviy arvoli, kasbi, Mehnatining turi kabi omillarga bog‗liq. Jamiyatning umumiy ehtiyoji jamiyatda yashayotgan kishilarning yakka ehtiyojlaridan iborat ekan, umumiy ehtiyojga aholining soni va tarkibi ham ta‘sir qiladi. Keyingi 200 yil ishida yer yuzidagi aholi soni deyarli 5 marta ko‗paydi. Bu ehtiyojga ta‘sir etmay qolmaydi, albatta. Aholining yosh, jins, ma‘lumot va kasb jihatidan tarkibiga, uning sanoat, qishloq xo‗jaligi, ilm­ma‘rifat sohalarida band bo‗lishiga qarab jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar har xil miqdorda va turlarda shakllanadi.
Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to‗xtovsiz yangilanib borishidan iborat. Bunday jarayon barcha ijtimoiy­iqtisodiy tizimlarda mavjud bo‗lgan. Insoniyat paydo bo‗lgan davrdan boshlab shu kungacha ehtiyojlarning o‗sishi kuzatiladi. Ehtiyojni qondirishga intilish har doim iqtisodiy o‗sishni ta‘minlab kelgan. Ehtiyoj o‗sishining to‗xtashi jamiyat hayotining to‗xtashini bildiradi. Bu esa mutlaqo mumkin emas.

Ehtiyojlar yuksalishining to‗rt jihati

Muayyan
ehtiyoj saqlangan holda, uning kengayib, miqdoran ortib borishi.

Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo‗lib, uning ichki
tarkibi o‗zgarishi.

Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‗zgarishi. Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko‗rinishlari va shakllari o‗zgaradi.

Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o‗rinbosar ehtiyojlarning paydo bo‗lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xos. Bu o‗rinbosarlik mahsulotlarning sifatiga, narxiga va iste‘mol uchun qulayligiga bog‗liq.

Iste‘molsiz ehtiyoj yuzaga kelmaydi, chunki faqat iste‘mol jarayonida mahsulot va xizmatlarning naqadar foydaliligi, ya‘ni ehtiyojni qondira olish xususiyatlari amaliy sinovdan o‗tadi. Shundan so‗nggina yangi ehtiyoj tarqalib, ommaviy tus oladi. Ehtiyojni qondirish uchun ishlab chiqarish yuritiladi. O‗z navbatida ishlab chiqarish yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling