Qayd etish joizki, ko‘rilgan choralar ko‘p hollarda ijobiy natija bermoqda. Masalan, Toshkentdagi “BIO NATURAL FOOD” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan sut va sut mahsulotlari fizik-kimyo, hamda xafsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazilib, kamchiliklar ko‘rsatilgandan so‘ng takroran o‘rganilganda, ushbu kamchiliklarning bartaraf etilganligi, sinovdan o‘tkazilgan mahsulotlar me’yoriy hujjat talablariga muvofiq deb topilganligi aniqlandi. Do‘konlardan tanlab olingan jami 63 turdagi sut, kolbasa, ichimlik suvi kabi maxsulotlar laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi va sinovlar natijasiga ko‘ra 30 turdagi mahsulotlar me’yoriy hujjat talablariga mos emasligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |