Fanidan tajriba ishlarini


Download 1.8 Mb.
bet4/8
Sana27.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1299459
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
КИА ва ИЧТ ТМЖ 3 курс лаборатория

Laboratoriya ishi №3
Mavzu: Kimyoviy gazaniqlagich yordamida kislorod, is gazi, zaharli va potrlatish ishlaridan chiqadigan gazlar hamda portlash xavfi bo’lgan aralashmalarni aniqlash.

1.1. Kimyoviy gazaniqlagichlarni qo’llashdan maqsad.


Kimyoviy gazaniqlagichlar ГХ ixcham uskunalar bo’lib vaqt oralig’ida epizodik ko’rinishda ishlaydi. Ular texnologik va kon qutqaruv ishlarini olib borishda kon lahimlarida shaxta atmosferasidagi gaz komponentlari (kislorod, is gazi, zaharli va portlash xavfi bo’lgan aralashmalar)ni ekspress-aniqlash va boshqarish uchun mo’ljallangan.
O’lchov asboblari endogen yong’inlarni boshlanish davrida aniqlashda, portlashda chiqadigan zaharli gazlarning kon lahimlarida tarqalishini kuzatish (boshqarish), qazib olingan hamda yong’in chiqish xavfi bo’lgan uchaastklarda yong’inni qidirish va izolyatsiya sifatini tekshirishda qo’llanilishi mumkin.
Konstruktiv jihatdan kimyoviy gazaniqlagichlarga quyidagi gazlarni aniqlovchi o’lchov asboblari turlari kiradi:
ГХ СО-0,25 va ГХ СО-5 – uglerod oksidi;
ГХ СО2-2, ГХ СО2-15 va ГХ СО2-50 – is gazi;
ГХ SО2-0,007 – oltingugurt dioksidi;
ГХ Н2S-0,0066 – serovodorod;
ГХ NО+NО2-0,005 – azot oksidlari;
ГХ О2-21 – kislorod.
1.2. Kimyoviy gazaniqlagichlarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Har bir gazaniqlagich o’z navbatida o’ziga tegishli indikatorli trubkadan (СО-0,25; СО-5; СО2-2; СО2-15; СО2-50; SО2-0,007; Н2S-0,0066; NО+NО2-0,005; О2-21) va o’rganilayotgan gazli aralashmani trubka orqali so’rib olinadigan AM-5 tipidagisilfonli aspirator.
ГХ СО-0,25 va ГХ СО-5 tipidagi kimyoviy gazaniqlagichlar qo’shimcha ТП markali gaz namunasidagi og’ir uglevodorodlar (propan va butan)ni ushlab qolishga mo’ljallangan himoyalovchi trubka bilan jihozlangan.
AM-5 aspiratori (1.1-rasm) prujinali mexanizm siqilib bunda silfondagi havo prujinalar siqilgandi klapan orqali chiqib ketadi, pujinalar o’z holatiga qaytganda esa havoni so’rib oladigan qo’lda ishlaydigan havo so’ruvchi nasosdan iborat.
Razinali silfon (6) prujinalar (7) bilan aspirator ishlasini ta’minlovchi va ushlab turuvchi zanzirlar (8 va 13) dan iborat. Zanjir (13) vint (14) va vtulka (16)ga biriktirilani va u bir marta so’rish uchun kerek bo’ladigan havo hajmi 100 ± 5 sm3 ga qarab sozlanadi. Zanjir (8) tortilganda klapan (11)ni ko’tarib indikatorli trubkadan o’tayotgan havoni to’suvchi richak (9) ga biriktirilgan.
Silfon oxirigacha siqilganda silfon kamerasidagi havo klapan (11) orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Silfonning tubi (10) olib qo’yiladigan (съемное). Trubka (2) o’lchash ishlarini olib borishda indikatorli trubkani aspiratorga ulaydigan uya (gnezdo) bo’lib hisoblanadi. Teshikli podveska rundik havosidagi gazlar komponentlarini aniqlashdan oldin indikatorli trubkaning yopishib qolgan oxirlarini ajratish uchun xizmat qiladi.

1.1 – rasm. – АМ-5 tipidagi aspirator: 1 – qopqoq (крышка); 2 – so’ruvchi teshik; 3 – shutser; 4 – filtr;
5 – podveska; 6 – silfon; 7 – prujina; 8, 13 – zanjirlar; 9 – richag; 10 – tub; 11 – klapan; 12 – egar (седло); 14 – vint; 15 – kontrgayka; 16 – vtulka; 17 – vint.
Indikatorli va himoyalovchi trubkalar ikkala tomondan cheti germetik bekitilgan shisha trubka. Indikatorli trubkalar aniqlanayotgan gaz bilan o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi kimyoviy modda bilan to’ldirilgan bo’ladi; himoyalovchi trubka esa uglevodorodlarni o’zida olib qoluvchi sorbent bilan to’ldirilgan bo’ladi.
Gazaniqlagichlarning ishlash prinsipi trubkadagi kimyoviy moddadan ma’lum gaz aralashmasini o’tkazganda kimyoviy modda (наполнитель)ning rangining qanchalik balandlikkacha o’zgarishiga bog’liq ravishda o’lchashga asoslanadi.

1.3. O’lchov asbobining ishga yaroqliligini tekshirish


Aspirator har bir o’lchash oldidan uning ishga yaroqliligini tekshirib ko’rish lozim. Aspiratorning germetikligi operativ tekshirish vizaul amalga oshiriladi, bunda aspirator oxirigacha siqilib ochilmagan indikator uyaga (в гнезо) joylashtirilib qisqa muddat ushlab turiladi.
Bir minut ichida silfonning balandligi o’zgarmasa unda aspirator germetik deb hisoblanadi. Trubka qo’yilmasdan aspiratorning silfoni o’z holiga qaytish vaqti silfon to’liq siqilib qo’yib yuborilib tekshiriladi. Agar aspirator silfoni trubkasiz 2 sekunddan ortiq vaqda o’z holiga qaytsa filtr (4) ni va so’ruvchi teshik (2)ni tozalash zarur.
Davriy ravishda har oyda bir marta gazoanalitik laboratoriyalarda bir marta co’rishda so’rilayotgan havo hajmi va germetiklik ko’rsatkichi ИС-1 markali hajm o’lchash uskunasi yordamida amalga oshiriladi.
1.4. O’lchashni olib boorish tartibi.
Trubkalarning chetlarini sindirishda (ajratishda) shisha bo’laklarining ko’zga kirishini oldini olish maqsadida aspirator iloji boricha uzoqroq tutiladi. O’lchashda yaroqlilik muddati o’tmagan va tashqi buzilishlarsiz trubkalar ishlatiladi.
Gazni analiz qilishdan oldin aspirator 1-2 marta puflab tashlananishi zarur, undan keyin trubka qo’yiladigan teshik yopiladi va zudlik bilan silfon siqiladi, keyin esa teshik ochilib silfon bo’shatiladi. Shundan so’ng tegishli bo’lgan indikatorli trubkaning ikkala tomoni ochilib (sindirilib) podveskadagi teshikka shudday joylashtiriladiki budna prokladka filtri va indicator massasi buzilmasligi kerak, trubka aspiratordagi joyiga strelka bilan ko’rsatilgan tomoni bilan o’rnatiladi va gazli aralashma undan o’tkaziladi. Bir marta o’lchash uchcun aspirator silfoni oxirigacha siqilib qo’yib yuboriladi va o’z holiga to’liq qaytguncha kutib turiladi.
Aniqlanayotgan gaz namunasi turiga bog’liq ravishda har bir o’lchov asbobida unifikatsiyalangan bir qator gazoanalizatorlar uchun indikatorlar futlyarida ko’rsatib qo’yilgan. U 100 dan 1000 sm3 gacha bo’lib ular aspiratorning 1 – 10 marta harakatlanishiga to’g’ri keladi.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zaharli gazlarga tekshiilganda dastlab aspiratorda bir marta o’lchov amalga oshiriladi, ya’ni trubkadan 100 sm3 gaz namunasi o’tkaziladi. Agar kimyoviy indikator moddasining rangining o’zgargan qismi 2- bo’lakdan o’tsa keying o’lchovlar to’xtatilib, darhol xavfsiz joyga chiqiladi yoki himoyalovchi nafas olish apparati kiyiladi (samospasatel, respirator), chunki bu holatda gaz konsentratsiyasi ruxsat etilgan normadan yuqori.
Kimyoviy indikator moddasining rangining o’zgargan qismiga bo’liq ravishda trubka shkalasiga qarab o’rganilayotgan gazdagi ma’lum komponentning miqdori aniqlanadi.
Aniqlangan komponentlar quyidagi ko’rinishdagi jadvalga kiritiladi va hisobot tayyorlanadi.
Yanada aniqroq natijalarni olish uchun oxirgi ko’rsatkichlar atmosfera bosimiga bog’liq bo’lgan 1.1-jadvalda keltirilgan to’g’irlovchi koeffitsiyentga ko’paytiriladi.
1.1-jadval
Atmosfera bosimiga bog’liq bo’lgan to’g’irlovchi koeffitsiyent

Atmosfera bosimi, kPa

To’g’irlovchi koeffitsiyent

Atmosfera bosimi, kPa

To’g’irlovchi koeffitsiyent

91

1,09

103

0,96

92

1,07

104

0,95

93

1,06

105

0,93

95

1,04

107

0,92

96

1,02

108

0,91

97

1,01

109

0,90

99

1,00

111

0,89

100

0,98

112

0,88

101

0,97

113

0,87

O’lcham olish joyidagi atmosfera bosimini aniqlashda barimetrtan foydalanish mumkin yoki yuqoridagi atmosfera bosimiga har 100m chuqurlikka 1,2 kPa qo’shib boorish yo’li orqali aniqlash ham mumkin. Bunda hisoblash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
Рг.в.= Рп + 0,012 Н,
bunda Рг.в – kon lahimidagi atmosfera bosimi, kPa;
Рп – yer yuzidagi atmosfera bosimi, kPa
Н – kon lahimining chuquligi, м.

1.5. Hisobot tarkibi



  1. Laboratoriya ishining mavzusi.

  2. Asboblarning qisqa ta’rifi: maqsadi, ishlash prinsipi, tuzilishi va texnik xususiyatlari.

  3. Asbobning ishga yaroqliigini tekshirish, sozlash, gaz konsentratsiyalarini aniqlash.

  4. Asboblarning ishga yaroqliligini tekshirish.

  5. O’lchovlar natijalari.


Sana

Gazlarning miqdori, %

О2

СО2

СО

СО


















Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling