Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


I BOB MIKSOMITSETLAR YOKI SHILIMSHIQLAR (PROTOZOA, PROTICTISTA)


Download 291.43 Kb.
bet3/9
Sana23.04.2023
Hajmi291.43 Kb.
#1383388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203 Plazmodioforasimonlar –sinfi

I BOB MIKSOMITSETLAR YOKI SHILIMSHIQLAR (PROTOZOA, PROTICTISTA)
1.1 Shilimshiqlar tallomining tuzilishi.
Ularning boshqa tuban o‘simliklardan farqlari va o‘xshashligi.
Sinflarga bo‘linish asoslari, tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari va vakillarining rivojlanish tsikli.
Shilimshiqlar tallomining tuzilishi. Ularning boshqa tuban o’simliklardan farqlari va o’xshashligi. Sinflari: Protosteliysimonlar – Protosteliomycetes, Haqiqiy shilimshiqlar, yoki Miksogasterosimonlar – Myxogasteromycetes, Plazmodioforasimonlar – Plasmodiophoromycetes, Akraziyasimonlar, yoki hujayra shilimshiqlari – Acrasiomycetes. Ularning tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlari va vakillarining rivojlanish sikli.
Miksomitsetlar hozirgi vaqtda Protozoa (Olive, 1975) yoki Protictista (Whittaker, 1969) dunyosiga kiritilgan. Ularda fagotrof stadiyasi borligi tufayli shunday birlashtirilgan.
Shilimshiqlar sodda tuzilgan amyobasimon organizmlarga o‘xshash bo‘lib, zamburug‘lar singari geterotrof ya’ni saprofit va ayrimlari parazit oziqlanadigan 500 ga yaqin turdan iborat. Ularning vegetativ tanasi plazmodiy yoki ayrimlari bir yadroli pseydoplazmodiy deb ataladi. Plazmodiy ko‘p yadroli, yalang‘och sitoplazma uyumidan iborat bo‘lib, u amyobasimon faol harakat qila oladi. Plazmodiy doimiy shaklga ega bo‘lmaydi, lekin ular o‘z o‘lchamini bir necha santimetrga etkazishi mumkin. Plazmodiysi tashqi muhit ta’sirini bir butun holda sezadi. Plazmodiy yolg‘on oyoqlar chiqarish yoki o‘z moddasini boshqa tomonga harakatlantirish bilan yorug‘likdan qochib, ovqat va suv manbaiga qarab harakat qiladi. Ular minutiga 0,1-0,4 mm gacha harakatlanishi mumkin. Plazmodiyning tarkibi 70% suv va 25-30% oqsildan iborat.
Saprofit oziqlanadiganlarning plazmodiy rangi sariq, qizg‘ish, binafsha va boshqa tusda yoki rangsiz bo‘lishi mumkin. Shilimshiqlarning plazmodiysi sekin oqib borib qattiq ovqat bo‘lakchalarini va organik modda qoldiqlarini aylanasiga o‘rab oladi hamda ularni yutib hazm qiladi. Ayrim plazmodiyning diametri 1 metrga yetadi. Ular umrining ko‘p davrini plazmodiy holda o‘tkazadi. Ularning plazmodiysida hujayra po‘sti bo‘lmaydi.
Shilimshiqlar sporalar yordamida ko‘payadi. Sporalar hosil qilish oldidan plazmodiysi, aksincha yorug‘ va namsiz quruq yerga qarab siljib, substrat sirtiga chiqqach, yolg‘on oyoqlarini yig‘ishtirib oladi-harakatdan to‘xtaydi. Plazmodiyda zaxira moddalar (moy, glikogen, oqsil) to‘plangandan so‘ng, ular harakatlanib ochiq va quruq joyga chiqadi. Tanasidagi suvni yo‘qotib, mevatanaga aylanadi va ko‘p sonli, alohida qattiq sellyuloza po‘stga o‘ralgan sporangiylarga parchalanadi.
Sporangiylar peridiy deb ataladigan qalin, tizimsiz tuzilgan, qobiq va uning ichidagi sporalardan hamda kapilitsiy deb ataladigan spiral ipchalardan iborat. Sporangiylar qo‘ng‘ir, pushti, sariq rangli sharsimon yoki qo‘ng‘iroq shakllarda bo‘lib, ko‘pincha zich to‘da hosil qiladi. Sporangiyning to‘dasi etaliy deb ataladi.
Sporangiy yetilishi bilan qobig‘i parchalanib, ichidan qoramtir mikroskopik mayda chang-to‘zon kabi sporalar chiqib, tarqaydi. Sporalar qulay sharoitga tushganda bir yoki ikki xivchinli zoosporalarga aylanadi. Ular oddiy bo‘linish yo‘li
bilan ko‘payadi. Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin zoosporalar xivchinini yo‘qotib, bir yadroli sitoplazma uyumi amyoboid yoki miksoamyobaga aylanadi. Miksoamyobalarning yalang‘och hujayralari yolg‘on (soxta) oyoqlar chiqarib siljiydi va bir-biri bilan qo‘shiladi.
Miksoamyobaning bo‘linishidan hosil bo‘lgan nasllar har xil jinsli xususiyatga ega. Ularning gaploid yadrolari juft-juft bo‘lib qo‘shiladi va diploid miksoamyoba hosil bo‘ladi.
Shuningdek, miksoamyobalar sitoplazmasining qo‘shilishi iatijasida umumii plazmodiy yoki vegetativ tana vujudga keladi. Vegetativ tana yetilgandan s o‘ng yana sporalar hosil qilishga o‘tadi. Bundan oldin yadrolar reduksion bo‘linadi, chunki vegetativ tana shilimshiqlarning diploid fazasini, spora, zoospora, miksoamyoba esa gaploid fazani tashkil etadi. Plazmodiyning diploid yadrosi sporalarga aylanishi oldidan reduksion bo‘linadi.
Shilimshiqlar xlorofilsiz bo‘lib, ko‘pchiligi saprofit holda, chiriyotgan o‘simlik qoldiqlarida, daraxt po‘stloqlari va zax yerlarda yashaydi.
Umuman shilimshiqlar zamburug‘lar va hayvonlar oralig‘ida turuvchi organizmlar bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik sistematiklar ularni Protozoa olamiga kiritadilar. Chunki ularni oziqlanishi va vegetativ tanasi amyoboid bo‘lishi bilan hayvonlarga yaqinlashtiradi. Hozirgi vaqtda ularni ikkita bo‘limga -Myxomycota va Plasmodiophoromycota bo‘lib o‘rganiladi.
Haqiqiy shilimshiqlar - Myxomycota bo‘limi. Vegetativ tanasi plazmodiy. Oziqlanishi saprotrof. Ikkita sinfga - Myxomycetes va Protosteliomycetes bo‘linadi.

1.1-rasm. Fulago septika:
A-plazmodiyning ununiy ko‘rinishi; B-plazmodiyning bir qismini mikroskopda ko‘rinishi; G- etaliy; D-etaliy bir qismining kesmasi; E-pseydokapilitsiy; F-sporalar.

Download 291.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling