Fanidan test savollari


Download 199 Kb.
bet2/2
Sana10.05.2020
Hajmi199 Kb.
#104781
1   2
Bog'liq
akademik yozma nutq(1)

201.hadya, tuhfa, armug’on, sovg’a. Ushbu ma’nodoshlik qatoridagi so’zlardan qaysi biri bosh so’z (dominanta) hisoblanadi? A)hadya B)tuhfa C)armug’on D)sovg’a

202.Qaramoq, olaymoq, go’laymoq, boqmoq, termulmoq. Ushbu ma’nodoshlik qatoridagi so’zlardan qaysi biri bosh so’z (dominanta)hisoblanadi? A)qaramoq B)olaymoq C)termulmoq D)boqmoq

203.Qaysi qatordagi sinonimlar affiks sinonimlar hisoblanadi?

A)iste’mol qilmoq, tanovul- qilmoq B)gavdali- jussali

C)o’rinsiz-beo’rin D)esankiramoq-kalovlanmoq

204. 1.tilchi-tilshunos 2.gangimoq –dovdiramoq 3.barvasta-barzangi 4.dardchil-dardkash 5.obro’li-baobro’.

Ushbu sinonim qatordagi so’zlardan qaysilari affiks sinonimlar hisoblanadi? A)1,2,3 B)1,4,5 C)2,3,4 D)3,4,5



205. oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq. Ushbu sinonim qatordagi so’zlardan qaysilari badiiy uslubga xos hisoblanadi? A)oraz, uzor, ruxsor, chehra B)ruxsor, oraz, uzor C)bet, aft, bashara, chehra D)oraz, uzor, ruxsor, yuz

206.Qaysi qatorda zid ma’noli so‘zlar birgalikda yangi so‘z hosil qilgan?

A) yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora

B) yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan

C) uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg‘in-semiz D) katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past
207.Qaysi qatorda ma’nodosh so‘zlar sifat turkumiga mansub?

A) vazifa, topshiriq, majburiyatB) do‘st, o‘rtoq, birodar

C) shamol, to‘fon, yel D) ulug‘, buyuk, ulkan
207.Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so‘zlar berilgan?

A) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat B) kasallik, xastalik, bemor

C) oydin, ravshan, ochiq D) keksa, mo‘ysafid, qari
208.Zid ma’noli so‘zlar qo‘llangan gapni toping.

A) Sovuq shamol o‘qtin-o‘qtin esib, to‘qayni allaqanday vahimaga to‘ldirdi.

B) Bir no‘noqni bir epchil eplaydi.

C) Sherali qo‘rqmas va kamtar, kamgap vaqaysar bir bola edi.

D)Yolg‘onchining so‘zi rost bo‘lmas

209.Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanib boshqa hududda yashovchi o’zbek tili vakillari uchun xos bo’lmagan so’zlar qaday so’zlar hisoblanadi?

A)argolar B)jargonlar C)dialektizmlar D)varvarizm
210.yakan “pul”, danap “qiz bola”, qaychi “taftishchi”. Ushbu sotsial chegaralangan so’zlar qanday nomlanadi?

A)varvarizm B)vulgarizm C)argolar D)jargonlar


211. Qaysi qatorda neytral leksikaga mansub so’zlar berilgan? A)bug’doy B)takya C)volidayi muhtarama D)shoti

212.Hududiy chegaralangan so’zlar bu…? A)argolar B)jargonlar C)dialektizmlar D)varvarizm


213.Qaysi qatorda sotsial chegaralangan so’zlar qaysi qatorda berilgan? A)argolar B)jargonlar C)dialektizmlar D)A va B
214.lbora qo’llanmagan qatorni ko’rsating. A)Dilshod ko’chaga chiqish uchun kovushini to’g’irlab qo’ydi. B)Xursandchilikdan bolani ko’klarga ko’tardi. C)Gap tugamasdan do’sti to’nini teskari kiyib oldi. D)Siri ochilgach boshi egildi.

215.Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug’at turi bu…? A)imlo lug’at B)tarjima lug’at C)izohli lug’at D)etimologik lug’at


216.O’zbek tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida boyish manbalarini aniqlang? A) ilgari qo’llanib keyin istimoldan chiqib ketgan so’zlardan yangi tushunchani ijodalash uchun foydalanish B)Yasovchi qo’shimchalar yordamida so’z yasash dealiktal so’zlarni foallashtirish C)yaqin munosabatda bo’lgan xalqlar tilidan so’z olish D) A va B


217.Yangi imlo qoidasiga ko’ra har bir so’zi bosh harf bilan yoziluvchi birliklar qatorini belgilang? A)Mustaqillik kuni B)Barcha qatordagi so’zlar bosh harf bilan yoziladi C)Xotira va qadrlash kuni D)O’zbekiston qahramoni

218.Qaysi qatordagi so’zlarda “ng” bir tovushni ifodalagan? A)tanga, jang, menga B)zang, ko’ndalang, ingramoq C)durang, onangiz, nonga D)tonggi, ko’ngil, tebrangan


219. Qaysi javobda ma'nodosh so'zlar to'g'ri berilgan?

A) ataylab, jo'rttaga, azza-bazza

B) subut, burd, tob

C) sevinch, surur, buzur

D) jang, muhoraba, qutqu

220.Chapdast so'zining ma'nodoshi qaysi javobda to'g'ri berilgan?

A) chaqqon B) chapaqay C) chapani D) chaparosta
221.Axborot berish va ta'sir qilish qaysi uslubning rnuhirn xususiyati hisoblanadi?

A) so'zlashuv uslubi B) publisistik uslub

C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
222.Uslubiy jihatdan noto'g'ri qo'llangan so'z ishtirok etgan gapni toping.

1) Mashina devon tepasiga ko'tarildi.

2) Otning afzalini shayladi.

3) O'zbek xalqi ichidan o'nlab daholar yetishib chiqqan.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2
223.Qaysi qatordagi so'zlarda qo'sh undosh qo'llanishi kerak?

A) has .... os, qo'sh ... a

B) ud ... aburon, tasad ... uq

C) hij ... alamoq, uv ... at

D) mut... asil, jiz ... illamoq
224. Imlo qoidasiga ko'ra qaysi so'z to'g'ri yozilgan?

A) uzur B) mumiyo C) mayil D) mab'r


225.So'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilganda so'z tarkibida qanday fonetik o'zgarish yuz berishi mumkin?

A) tovush tushishiB) tovush almashishi

C) tovush orttirilishi va almashishi D) tovush almashishi va tushishi
226.Og'zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo'linmaydigan qismini toping. A) so'z B) asos C) tovush D) qo'shimcha
227.Oqlamoq so'zining asl (bosh) ma'nosi qaysi javobda ko'rsatilgan?

A) shon oqlamoq, mastavani oqlamoq B) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq

C) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoqD) do'stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq
228.1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra quyidagi so'zlarning qaysi biri xato yozilgan? A) parvoyim B)obro'yim C)avzoyim D) orzuyim
229.Nuqtalar o'rnida bo'g'iz tovushi yoziladigan so'zlarni toping.

1) xayr ... ohlik; 2) xayr- e... son; 3) hoyu ... avas; 4) mav ... um; 5) ma ... fiy

A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4 C) 1,3,5 D) 1,4

230. 1. Po'lat qilichingni ko'rganman o'tda.



2. Xalqlar birligi po'latday qudratlidir.

3. Bizning po'lat qudratimiz birligimizdadir.

4. Po'lat otni o'ynatib, traktorchi bo'laman.

Berilgan gaplarning qaysi birida po'lat so'zi ko'chma ma'noda qo'llangan?



A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 3,4

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling